Kimyoviy tarkibi.
Mahsulot tarkibida 3-4% xom filitsin bor.
XI DF ga ko’ra, mahsulotda xom filitsin miqdori 1,8% dan kam
bo’lmasligi kerak. Xom filitsindan floroglutsinning hosilalari (floroglutsidlar)
bo’lmish sof holdagi kristall modda - filiks kislota (sof filitsin), flavaspidinva
albaspidin birikmalari ajratib olingan.
Mahsulot tarkibida 3,5% gacha sof holdagi filiks kislota, 2,5% flavaspid
kislota va 0,05% gacha albaspidin bo’Iishi mumkin. Bulardan tashqari, efir
moyi, flavonoidlar, 6% gacha yog’, kraxmal, 8% gacha oshlovchi va achchiq
moddalar bo’ladi.
Ishlatilishi
. Erkak paporotnik o’simligining preparatlari organizmdagi
lentasimon gijjalarni haydaydi. U preparatni iste’mol qilgandan so’ng bir
yarim-ikki soat o’tgach ich suradigan tuz ichiladi. Surgi sifatida kanakunjut
moyini hamda yog’ va yog’liq ovqatlar iste’mol qilmaslik kerak, aks holda
dorivor. preparatning zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalari yog’da erib,
tanaga shimilib ketadi va odamni zaharlaydi.
Dorivor preparatlari. Quyuq ekstrakt - efirda tayyorlanadi, jelatin
kapsulasida iste’mol qilinadi.
75
Do'stlaringiz bilan baham: |