Geografik tarqalishi.
Erkak paporotnik barcha salqin o’rmon-larda,
butalar orasida, nam joyiarda, Kavkazning tog’li o’rmon-larida, O’rta
Osiyoning tog’li tumanlarida, nam va salqin yerlarida uchraydi.
Mahsulot, asosan, Moskva, Vladimir, Yaroslav viloyatlarida va
Boshqirdistonda tayyorlanadi.
Mahsulot tayyorlash.
O’simlik ildizpoyasini kuzda kovlab olib,
ildizlardan, ildizpoyaning qurib qolgan qismidan (orqa qismi) va
bargbandlaridan tozalanadi. Yo’g’on ildizpoyalarini ko’ndalangiga kesib,
bargbandlarining yo’g’onlashgan qismini esa ildizpoyadan ajratib (tez qurishi
uchun) bir necha kun usti berk yerda yoki quritgichlarda 40° da quritiladi.
Bargbandining yo’g’onlashgan qismi alohida quritilib, qayta aralashtiriladi.
Ko’pincha ildizpoya ekstrakt tayyorlash uchun zavodlarga ho’lligicha
yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |