Pushti rodiola ildizpoyasi bilan ildizi (tilla ildiz) - rhizomata cum
radicibus rhodiolae roseae
Pushti rodiola - Rhodiola rosea L.; semi-zakdoshlar - Crassulaceae
oilasiga kiradi.
Pushti rodiola ko’p yillik, bo’yi 30-50 sm ga yetadigan o’t o’simlik.
Ildizpoyasi yo’g’on, undan bir nechta poya o’sib chiqadi. Poyasi tik
o’suvchi, shoxlanmagan, Bargi qalin, tuxumsimon, biroz tishsimon qirrali,
poyada bandsiz ketma-ket o’rnashgan. Gullari
mayda, sariq, och qizg’ish yoki qizg’ish, poya
uchida qalin qalqonsimon to’pgulni tashkil etgan.
Guli 5 bo’lakli, onalik tuguni yuqoriga
joylashgan. Mevasi - ko’sakcha.
Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |