topinambur (heliantus tuberosus L.) O’simligi biologiyaSI



Download 92 Kb.
Sana24.01.2022
Hajmi92 Kb.
#406848
Bog'liq
1) TOPINAMBUR (


1) TOPINAMBUR (HELIANTUS TUBEROSUS L.) O’SIMLIGI
BIOLOGIYaSI
Topinambur (Helianthus tuberosus) murakkabguldosh- lar (Asteraclae) oilasiga mansub bo’lib, ko’p yillik tuganakli o’simlik hisoblanadi.Bo’yi 1,5-2 metrga etadigan o’simlik. Poyasi serbarg, g’adir- budur tukli, yuqoriga qarab shoxlagan. Barglari yirik, sertuk, uzun bandli, barg plastinkasi tuxumsimon, chetlari arrasimon qirqilgan, poyasi qarama-qarshi joylashgan. Gullari savatchaga to’plangan bo’lib, yakka-yakka joylashgan. Savatchaning o’r- tasida naychasimon chetlarida soxta tilsimon gullar joylashgan. Gullarning rangi tiniq to’q sariq rangda bo’ladi. Bu o’simlik urug’ bermaydi. Iyul-avgust oylarida gullaydi Geografik tarqalishi. Vatani asosan Shimoliy Amerika.Hozirgi kunda Topinambur Amerika, Fransiya, Angliya, Nor- vegiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina va O’rta Osiyoda katta maydonlarda yetishtirib kelinmoqda.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Yer ostki poyalarining uch-
laridagi mevalarning shakli noksimon. Asosiy mevasi ildiz
markazida hosil bo’lib, ularning shakli har xil kartoshkaga
o’xshaydi. Mahsulotning o’ziga xos hidi va mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi. Yer osti va yer usti qismlarida A, B1, B2
va C vitaminlari mavjud. Tuganaklarida 16-18 % inulin hamda
qand moddalari, 16 xil aminokislotalar va pektin moddasi ham
mavjud.
Ishlatilishi. Topinambur o’simligi oshqozon va ichak
funksiyalarini faollashtiradi, unda uchraydigan, kasallik qo’z-
g’atuvchi bakteriya, virus va zararkunandalarga nisbatan chi-
damlilikni oshiradi. Tuberkulyoz, osteoxondroz, buyrak ka-
salliklari, gri pp, angina, onkologik kasalliklarni oldini olishda
va davolashda eng samarali o’simlik hisoblanadi. Yer nok
to’xtamay qo’llash qondagi shakar miqdorini pasaytiradi. Qon-
ning immunologik ko’rsatkichlari yaxshilanadi va infeksion
kasalliklarga moyillik kamayadi

Topinambur, yernok (Helianthus tuberosus L.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimlik, tuganak mevali yemxashak ekini. Vatani — Shim. Amerika. Yevropaga 17-asr boshlarida keltirilgan. Rossiyada 18-asrda tarqalgan. Oʻzbekistonda silosbop ekin sifatida ekiladi. Poyasining koʻrinishi kungaboqarnp eslatadi. Yer osti poyalarida 20—70 ta noksimon (ernok nomi shundan), choʻzinchoq, urchuqsimon va sirti silliq yoki burushikdi tuganak hosil boʻladi. Ildizi popuksimon, tuproqqa 2–3 m kirib boradi. Boʻyi 1,2—2,5, baʼzan 4 m gacha. Barglari bandli, tuxumsimon, gullari savatchatoʻpgulga yigʻilgan. Mevasi pista, 1000 dona pistasi vazni 7—8 g .
T.ning yer usti poyasi —6°, yer osti poyasidagi tuganaklar —20° ga chidaydi. Shoʻrlanmagan tuproqlarda oʻsadi, oziqaga talabchan. Oʻsuv davri 120—200 kun. T. ayni paytda texnik va oziq-ovqat oʻsimligi hisoblanadi. Tuganagi oziqovqatga ham ishlatiladi. Tarkibida 2,3% oqsil, 0,2% moy, 17,9% azotsiz moddalar, 1,3% kul va boshqa, shuningdek, 16—18% inulin [undan qand (fruktoza), spirt ishlab chiqariladi], V,, S vitaminlar, 100 kg palagida 22,5 ozuqa birligi va 1,8 kg gʻazm boʻluvchi protein bor. T.dan tibbiyotda har xil doridarmonlar tayyorlanadi. T. yetishtirish uchun 25—50 g li tuganaklari ekiladi (yiriklari faqat bahorda kesib ekilishi mumkin). Ekish sxemasi: 70x70, 60x60, chuq. 10—15 sm. Poyasi yoz oʻrtasida oʻriladi, kuzda tuganagi kavlab olinadi. Koʻkati oʻrilmasa tuganak hosildorligi yuqori boʻladi. Hosildorligi: koʻk massa boʻyicha 350 — 500 s/ga, tuganagi boʻyicha 200—250 s/ga. Tuganagi yer ostida yaxshi sakdanadi, shu sababli uni zaruratga qarab kavlab olinadi.
Kasalliklari: ildiz chirish, nekroz. Zararkunandalari: tunlamalar, uzuntumshuq, simqurt.Ko’pgina o’zbek tilidagi saytlarda rastoropsha deb nomlanayotgan o’simlikning o’zbekcha nomi olabo’ta bo’lib, u murakkabguldoshlar oilasining shu nomli turkumiga kiradi. Olabuta (Silybum) turkumi o’z ichiga ikki turni oladi. Ulardan biri dog’li olabuta (Silybum marianum) bo’lib, O’zbekiston hududining janubiy viloyatlarida o’sadi. Quyidagi maqolamizda ushbu o’simlik haqida so’z boradi.

Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish