Eleuterokokk ildizpoyasi va ildizi - Rhizomata et radices eleutherococci Tikanli eleuterokokk - Eleutherococcus senticosus Maxim.;
araliyadoshlar - Araliaceae oilasiga kiradi.
Bo’yi 2-6 m gacha bo’lgan buta. Ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan
bo’lib, yer ostida tarmoqlanib ketgan. Poyasi
ingichka, pastga qaragan juda ham ko’p tikanlar
bilan qoplangan. Bargi uzun bandli, panjasimon
murakkab, bargchalari 5 ta, ellipssimon, qirrasi
qo’sh tishli, o’tkir uchli, ustki tomom tuksiz yoki siyrak tukli, pastki tomoni
tukli. Tuklar barg tomirlari bo’ylab joylashgan. Gullari mayda bo’lib, poya
uchidagi oddiy soyabonga to’plangan. Gullari bir jinsli, otalik gullari
binafsharangga, onalik gullari esa och sariq ranggabo’yalgan. Gulkosachasi 5
tishli, tojbargi 5 ta, onalik tuguni 5 xonali, pastga joylashgan. Mevasi -
sharsimon, qora rangli, yaltiroq, 5 ta danakli meva.
81
lyul-avgust oylarida gullaydi, mevasi sentabrda pishadi.