Tarkibida asiklik (ochiq zanjirli) monoterpenlar bo’lgan o’simliklar.
Kashnich mevasi va efir moyi - Fructus et oleum coriandri
O’simlikning nomi.
Kashnich - Coriandrum stivum L.
Oilasi.
Sel’derdoshlar - Apiaceae.
Soyabonguldoshlar - Umbelliferae.
Kashnich o’simligi bir yillik bo’lib,
bo’yi 30-70 sm ga etadigan o’t o’simlik.
Poyasi silindirsimon, mayda qirrali, ichi
kovak, yuqori qismi shoxlangan.
Bargi
oddiy, qinli, ildizoldi barglari uzun bandli, uch bo’lakka
qirqilgan, qirrasi tishsimon kesilgan, poyani o’rta va yuqori qismdagilar esa
bandsiz bo’lib, ikki - uch bo’lakka ajralgan.
Gullari
mayda umumiy o’ramasiz, murakkab soyabonga to’plangan.
Gul kosachasi 5 tishli, meva bilan birga saqlanib qoladi. Tojbargi 5 ta, pushti
22
rangda, otaligi 5 ta, onalik tuguni 2 xonali, pastga joylashgan.
Mevasi
-
yumaloq, qo’ng’ir yoki sarg’ish - kul rang, qo’shaloq donacha.
Iyun oyida gullab, mevasi avgust - sentyabrda pishadi.
Geografik tarqalishi.
Vatani Evropaning janubiy qismi, Turkiya, MXD
da, Ukrainada, Kavkaz, Kuybishev, Voronej va O’rta Osiyoda o’stiriladi.
Mahsulotni tayyorlash.
Yozning 2 chi yarmida 1 chi soyabondagi
mevalar pishgandan so’ng yig’a boshlanadi, o’simlik mashinalarda o’rilib,
bog’lab, qolgan mevalar pishguncha yuqoriga qaratib qo’yiladi.
Ertalab o’riladi, issiq paytda o’rilsa, mevalar to’kilib ketadi.
Quritish
- ochiq yoki berk joylarda uyushtiriladi. Mevalarni hammasi
pishgandan so’ng, mashinada yanchiladi, elab ajratiladi.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi.
Mahsulot yumaloq shaklli,
bo’linmaydigan 2 ta bo’lakchadan tashkil topgan, sarg’ish-kulrang, diametri
4 mm bo’lgan qo’shaloq donachadan iborat.
Har yarimga mevaning qabariq tomonida sal do’ppaygan 5 ta asosiy
qovurg’alari va yaxshi sezilmaydigan 6 ta to’g’ri, qo’shimcha qovurg’alari
bo’ladi. Mevaning xushboy va yoqimli mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi.
0,7-1,5% efir moyi, 10-20% yog’, 11-17% oqsil va
boshqa moddalar bor. Mevasida GF X bo’yicha efir moyi 0,5% dan kam
bo’lmasligi kerak.
Efir moyi rangsiz, sarg’ish, tiniq suyuqlik bo’lib xushbo’y hidga ega,
tarkibida 60-80% linnaol, 5% geraniol va ozroq borneol va boshqa terpenlar
bor.
Linnaol miqdori 65% dan kam bo’lmasligi kerak.
23
Linnaol Geraniol
Ishlatilishi
. Mevasi ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qilishni
yaxshilaydigan, o’t haydaydigan vosita sifatida, bavosil kasalligida, yaralarni
davolashda ishlatiladi.
Efir moyi esa
- antiseptik, og’riq, o’t haydaydigan bavosil kasalini
tuzatishda va farmatsevtikada boshqa dorilarni ta`mini yaxshilashda
ishlatiladi.
Kashnich mevasi va efir moyi oziq-ovqat va parfumeriya sanoatida ham
ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Damlama va spirtli suvi - Aqua coriandri
spirituosa. Oshqozon va bavosil kasalliklariga qarshi ichiladigan yig’malar
(choylar) tarkibiga ham kashnich mevasi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |