Sefardlar - yahudiylarning ispan tiliga yaqin bo‘lgan sefard tilida so‘zlashuvchi kichik etnik guruhi. Asli kelib chiqishi Pireney yarim orolidan bo‘lgan sefardlar Shimoliy Afrika, Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroli mamlakatlari va Isroilda istiqomat qiladi. («Kirill va Mefodiy») - Tarj.
Kalsedon - qadim zamonda Bosfor bo‘g‘ozining sharqiy qirg‘og‘idagi shahar. U yerda bo‘lib o‘tgan umumjahon kengashi milodiy 451 yili monofizitizm (Isoda insoniy va ilohiy ibtidoning o‘zaro qo‘shilib ketishini ta'kidlovchi ta'limot)ni yeres, ya'ni zindiqa, ya'nikim, xudosizlik deb e'lon qilgan. - Tarj.
Kategoriya [nem. kategorie < yunon. katēgoria] - ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning eng umumiy xususiyatlari va aloqasini inglatuvchi ilmiy tushuncha. - Tarj.
Ushbu oyat xususida Baydaviyning nestorianlar, yakobinchilar va melkitlar o‘rtasidagi isoshunoslikka oid qarashlarni bir-bir sanab o‘tgan izohi «uni (Isoni - tarj.) oddiygina qilib Allohning quli va payg‘ambari» deb hisoblovchi monoteistlar (muvahhiddinlar)ning qarashiga zid kelib qoladi. ('Abdallah al-Baydawi, Anwar al-tanzil wa-asrar al-ta'wil, Istanbul, 1329AH, 406.)
Muslim, Imom, 81. Isoshunoslikka oid munozaralarda xristianlikning tahqirlanishi din amaliyotida uchrab turadigan holdir, ammo uni hadis mo‘‘tadillashtiradi. Hadisda Rasululloh musulmonlar o‘rtasidagi bo‘linib ketishni bashorat qiladi va qoralaydi: «Yahudiylar 71 yoki 72 mazhabga bo‘linib ketishdi, xristianlar ham shunday qilishdi. Mening ummatlarim esa 73 mazhabga bo‘linib ketadi». (Termiziy, «Imom», 18)
Bukhari, Ahadith al-anbiya', 48.
Masalan, Buxoriyning «Fada'il ul-Qur'on" kitobining 3-bobida Huzayfa xalifa Usmon Qur'on matnining butunligini saqlab qolganini, aks holda uning boshiga ham yahudiylar va xristianlarning muqaddas bitiklari kuni tushishi mumkin bo‘lganini aytadi.
Islom Iso payg‘ambarning hayoti va zimmasiga yuklatilgan vazifasiga oid ebionitlarning (Isoga ergashgan dastlabki zohidlar mazhabi vakillari - Tarj.) talqinlarini tan oladi. Ulardan ayrimlari tarixiy xarakterga ham egadir: "Muhammadning yahudiy xristianligiga bilvosita bog‘liqligiga shubha yo‘q. Buning natijasi chindan ham dunyo tarixi miqyosidagi bir paradoksdir; yahudiy xristianligi xristian cherkovlaridan yo‘qolib ketgan bir paytda islomda saqlanib qoldi va u to shu kungacha islomning yo‘naltirib turuvchi impulsi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib qoldi. Hans-Joachim Schoeps, cited in P.-A. Bernheim, James, Brother of Jesus (London, 1997, p.269) dan iqtibos. Bernheimning Quddusdagi Jeyms rahnamolik qilgan havoriylar cherkovi Pavelning inkarnatsionizmni rad etib, halaka ko‘rinishlaridan birini amaliyotda qo‘llagani xususidagi ko‘zqarashidan, islomning dunyoviy tarixchiga izchil ta'sir ko‘rsatgan (garchi bunday deyishga isbotlar yetarli bo‘lmasa-da) bo‘lishi mumkin, degan xulosa ham o‘rinlidek tuyuladi. Ammo bu hol musulmon ilohiyotshunosiga Qur'on isoshunosligi mavjudligini tasdiqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |