Tabula rasa (lot.) - toza sahifa.
Inkarnatsiya - qayta jonlanish, timsol, tajassum topish ma'nosida. - Tarj.
Superego (lot. «super», yuksak, ust, «ego» men) - Z.Freyd o‘z psixoanalizida nevrozni tushuntirish uchun qo‘llagan id (ongsiz), ego (botiniy ongga oid) va superego (ongli ) kategoriyalaridan biri. - Tarj.
Karaitlar - o‘rta asrlarning ilk davrida paydo bo‘lgan yahudiylar sektasi. - Tarj.
Anselm (1033/1034 - 1109) - Italiyaning yetuk faylasufi, ilohiyotshunosi va sxolastikaning mashhur vakili.
Simbioz (yunon) - «birga yashash» so‘zidan, biologiyada turli organizmlarning birga yashashi. - Tarj.
Kabbalistlar (qad. yah. - rivoyat degan so‘zdan) muqaddas yozuv «Tavrot»ni izohlovchi yahudiy diniy-mistik ta'limoti vakillari. - Tarj.
Simoniya so‘zidan - katolik va boshqa cherkovlarda lavozimlarni sotish va sotib olish amaliyoti. - Tarj.
Deizm (fr.) - 17-18-asrlarda tarqalgan bo‘lib, xudoning dunyoning yaratuvchisi sifatida mavjudligini tan olgan holda, shaxs sifatida mavjudligini inkor etgan diniy-falsafiy ta'limot. - Tarj.
J.J. Clarke dan iqtibos Oriental Enlightenment: The Encounter between Asian and Western Thought (London, 1997), 58.
Vedalar - hindlarning qadimgi muqaddas kitoblari. - Tarj.
Geist (nem.) - ruh, aql degani. - Tarj.
Prima facie (lot.) - bir qarashda, ilk taassurotga asoslangan degani. - Tarj.
Ksenofobiya - xorijliklardan hech bir sababsiz xorijlik bo‘lgani uchun qo‘rqish yoki nafratlanish. - Tarj.
Tanimoq so‘zidan, formulirovka ma'nosida.
Teleologiya (yunon.) - tabiat hodisa va jarayonlariga maqsadlarni (maqsadga muvofiqlik yoki biror maqsadga yo‘nalish qobiliyatini sabab qilib ko‘rsatuvchi va bu maqsadlar xudo tomonidan belgilanishini qayd etuvchi ta'limot. - Tarj.
Metanarratsiya (yoki "metahikoya", "katta tarix") - postmodernizm falsafasining mazmunan universallikni, madaniyatda ustunlikni, ilmni «qonuniylashtirish»ni da'vo qiluvchi kontseptsiyalar mavjudligi fenomenini, turli ijtimoiy institutlarni va ma'lum bir fikrlash tarzini qayd etuvchi tushunchasidir. Bundan tashqari, Internetdagi http://jamesfaulconer.byu.edu/definitions.htm vebsaytda u «buyuk nazariya», rivoyatlar to‘g‘risidagi rivoyat deb beriladi. Shuningdek, u yerda metanarratsiya bizning o‘zimiz, qilayotgan ishimiz va kutilayotgan narsalarimiz haqida to‘qigan rivoyatimiz ekani aytiladi. Metanarratsiya kichik rivoyatlarimizni o‘zaro bog‘lab, birlashtirib turadi va bizga ijtimoiy, psixologik va intellektual birlik ato etadi. Modernizmning taraqqiyot, odamlarning global emansipatsiyasi, kam sonli etnik guruhlar kabi bir qancha metanarratsiyalari mavjud. - Tarj.
A.K.M.Adam, What is Postmodern Biblical Criticism? (Minneapolis, 1995), 10.
Lyotard, 12.
Do'stlaringiz bilan baham: |