Xxi-asrda islom postmodern dunyoda qiblani topish


«Musnad» singari to‘plamlarda va boshqa ko‘pgina asarlarda isnod



Download 397,89 Kb.
bet39/83
Sana13.06.2022
Hajmi397,89 Kb.
#665661
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
Bog'liq
XXI

«Musnad» singari to‘plamlarda va boshqa ko‘pgina asarlarda isnod sifatida uchraydi.
Islom qonunini buzib qo‘yishdan xudojo‘ylarcha qo‘rqishi tufayli o‘tmishning ko‘pchilik buyuk allomalari - ularning 99 foizi - mazhabga sodiq bo‘lishgan. Notinch 14-asrda Ibn Taymiya va Ibn al-Qayyum singari bir hovuch g‘ayrifikrlilar[551] paydo bo‘ldi, ammo hatto ular ham chalasavod musulmonlarga mutaxassis yordamisiz ijtihodga qo‘l urishni tavsiya qilmagan. Nomlari zikr etilgan mualliflar nomi yaqindagina qayta tiklangan va mashhur qilingan hamda ularning klassik islomning ortodoksal ta'limotiga ta'siri unchalik ko‘p bo‘lmagan, buni ular asarlarining islom dunyosining ulkan kutubxonalarida saqlanib qolgan atigi bir necha qo‘lyozmasi ham isbotlab turibdi[552].
Shunga qaramasdan, o‘tgan (19-) asrda ro‘y bergan ijtimoiy bo‘ronlar paytida avtoritar ta'limotdan voz kechishni yoqlagan ko‘plab ulamolar paydo bo‘ldi. Ushbu mujodalaning eng mashhur namoyandalari Muhammad Abduh va uning shogirdi Muhammad Rashid Rido edi[553]. Ular G'arbning g‘alabasidan shoshib qolib, musulmonlarni "taqlid kishanlari"ni itqitib tashlashga va to‘rtta mazhab hokimiyatini rad etishga undar edi. Bugungi kunda ba'zi bir arab mamlakatlari poytaxtlarida, xususan, mahalliy ortodoksal ta'limot an'anasi zaiflashib qolgan joylarda, yosh arablarning hadislar to‘plamini qo‘lga kiritib, ular bilan uylarini to‘ldirayotganini hamda keng qamrovli va murakkab adabiyotlarni go‘yo Imom Shofiiy, Imom Ahmad va boshqa buyuk imomlardan ko‘ra kamroq buzishni ko‘zlab, puxta o‘rganayotganini ko‘rish mumkin. Bunday mas'uliyatsizlarcha yondashuv, garchi keng tarqalmagan bo‘lsa-da, o‘zaro keskin tafovutli fikrlarga yo‘l ochib berishi muqarrar. Ayni hol islom harakatining birligi, samaradorligi va unga bo‘lgan ishonchga putur yetkazgan, ming yil oldin buyuk imomlar hal etib ketgan masalalar yuzasidan keskin bahslar qo‘zg‘agan edi. Hozirgi paytda faollarning masjidlarni kezib yurgani, boshqa namozxonlarni, garchi ular fiqhning yetakchi imomlari hukmlariga amal qilayotgan bo‘lsa-da, e'tiqodida qusur borday tanqid qilayotgani oddiy holga aylanib qoldi. Bunday bema'nilik keltirib chiqarayotgan ko‘ngilsiz va surbetlarcha muhit savodi unchalik yaxshi bo‘lmagan ko‘plab musulmonlarning masjidga butunlay kelmay qo‘yishiga sabab bo‘lmoqda. Hech kim dastlabki ulamolarning, musulmonlar sunnatning bir-biridan farq qiluvchi talqinlariga toqat qilishi kerak, chunki bunday talqinni mo‘‘tabar ulamolar qilgan, degan qarashini esga olmaydi. Sufyon az-Zavriy aytganiday: "Mabodo, siz biror kishining ulamolar o‘rtasida tortishishga sabab bo‘lgan ishni qilayotganini ko‘rsangiz va buni taqiqlangan deb o‘ylasangiz, o‘sha kishiga o‘sha ishini qilishni taqiqlashingiz durust emas"[554]. Bunday siyosatga teskari bo‘lgan yo‘l, albatta, musulmon jamoasini o‘z ichidan zaharlaydigan parokandalik va adovatga olib keladi[555].
G'arb ta'sirida paydo bo‘lgan global madaniyat odamlarga bolaligidanoq "faqat o‘zini o‘ylash", o‘rnatilgan hokimiyatga qarshi kurashish fikri singdirilayotgani tufayli ba'zan ularning o‘z haddini bilishi uchun tiyilishi, bo‘ysunishi qiyin kechmoqda[556]. Barchamiz ma'lum bir ma'noda fir'avnga mengzaymiz: manmanligimiz tufayli tabiatan kimdir o‘zimizdan ko‘ra ziyoliroq bo‘lishi va ko‘proq bilishi mumkinligini tan ololmaymiz. Oddiy musulmonlar arab tilini bilmasdan turib ham shariatdan o‘zlari uchun hukm chiqarib olishi mumkinligiga ishonish ushbu manmanlikning tobora vahshiylashib borayotganidan dalolatdir. O'zlari chiqargan hukmdan mag‘rurlanadigan, lekin manbalarning murakkabligidan bexabar va chin ulamolik nuridan bebahra yoshlar uchun bu hol aldab qo‘yuvchi qopqon bo‘lishi mumkin hamda islomning haqiqiy yo‘lidan chalg‘itish, musulmonlar o‘rtasida qasddan bo‘lmasa-da, keskin ziddiyatlarga olib kelish bilan intiho topadi. Dinning barcha yirik allomalari - ular sirasiga turli mazhablarga tegishli bo‘lgan va shogirdlaridan ham shuni talab etgan hadis sinchilari kiradi - unutilib borayotganga o‘xshaydi. O'z qadrini boshqalardan baland qo‘yish sog‘lom fikr va islomiy mas'uliyat ustidan ulkan g‘alab qozondi.
Qur'oni karim musulmonlarga aqli va tafakkur qudratini ishlatishni buyuradi; yuksak ta'limotlarga ergashish borasida bu qudratdan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish talab etiladi. Usul ul-fiqh bilan boshqa bir ixtisoslashgan fan o‘rtasida uzoq muddatli o‘qib-izlanishni talab etadigan keskin tafovutning o‘zi yo‘q, degan asosiy tushuncha hurmat qilinishi lozim. Aksilmazhab tamoyiliga ortodoksal javob tayyorlagan Shayx Said Ramazon al-Butiy o‘zining "Aksilmazhabchilik: islomiy shariatga xavf solayotgan ulkan bid'at" kitobida hukm chiqarish ilmini tibbiyot ilmiga taqqoslaydi. Mabodo birovning farzandi og‘ir kasalga chalinib qolsa, u tegishli tashxis qo‘yish va farzandini davolash uchun tibbiyotga oid kitoblarni titadimi yoki malakali shifokorning oldiga boradimi? To‘g‘risini aytganda, uning esi joyida bo‘lsa, keyingi yo‘lni tanlaydi. Dinda ham xuddi shunday. Aslida bu tibbiyotdan ham muhimroq va potentsial nuqtai nazardan xavfliroqdir: manbalarni axtarishga harakat qilishimiz uchun ahmoq, mas'uliyatsiz, o‘zimizcha muftiy bo‘lishimiz lozim. Buning o‘rniga butun umrini sunnatni o‘rganishga bag‘ishlagan ulamolarni, bizning kamroq xato qilishimizga imkon beridigan qonun printsiplarini tan olishimiz darkor.
Ayni paytda astronomiyadan olingan yana bir tashbehni keltirish maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Biz Qur'on suralari va hadislarni yulduzga mengzashimiz mumkin. Oddiy ko‘z bilan, teleskop yordamisiz ularning aksariyatini yaxshiroq ko‘rib bo‘lmaydi. Basharti, biz ahmoq yoki manman bo‘lsak, uni yasashga urinib ko‘rishimiz mumkin. Mabodo, anchamuncha narsaga aqlimiz yetadigan va kamtar bo‘lsak, Imom Molik yoki Ibn Hanbal yasab ketgan hamda keyingi avlodlarga mansub buyuk munajjimlar tozalagan, yarqiratgan va takomillashtirgan teleskopdan foydalanishdan xursand bo‘lamiz. Qolaversa, mazhab bizga islomni maksimal darajada tiniq ko‘rish imkonini beradigan aniqlik asbobidan boshqa narsa emas. Agar o‘z asbobimizni ishlatadigan bo‘lsak, bizning havaskorona sa'y-harakatlarimiz ko‘rishimizni buzishi shubhasiz.
Shu o‘rinda uchinchi bir misolni keltirish ham joiz. Ko‘hna bino, masalan, Saraevodagi Begova masjidi unda namoz o‘qiydigan ba'zi bir kishilarga mukammal bo‘lib tuyulmasligi mumkin. Yosh tashabbuskorlar ushbu binoni yanada ko‘rkam va mukammal qilish istagida yonib (va shubhasiz, o‘zlarining vaqt bilan bog‘liq tarjeh (yaxshi ko‘rgan narsa)laridan kelib chiqqan holda) uning ostidagi poydevor va dahmalarni ochib ko‘rishi hamda me'morchilik printsiplarini o‘zlaricha tushunish asosida tepalaridagi ulkan binoni tutib turgan asos va ustunlarni zamonga moslashtirmoqchi bo‘lishi mumkin. Ular, albatta, o‘zlarining ishini og‘izda ma'qullaydigan bir-ikkita kishidan boshqa birorta professional me'morni masalahat uchun bezovta qilmaydi, shuningdek, binoning strukturasini asrlar sinoviga bardosh beradigan darajada mustahkam qilib yaratgan kishilarning kitoblari yoki xotiralarini o‘qib ham o‘tirmaydi. Ularning g‘ayrati va g‘ururi bunga vaqt ham qoldirmaydi. Guruh-guruh bo‘lib, poydevorlar orasidan cho‘kich va parmalarini olib chiqib, ko‘r-ko‘rona g‘ayrat bilan ishga kirishadi.
Sunniy islomga nisbatan ham xuddi shunday munosabatda bo‘linayotgani o‘ta xavflidir. Bino ko‘p asrlar davomida o‘z dushmanlarining qaqshatqich zarbalariga bardosh berib keldi. U faqat o‘z ichidan zaiflashishi mumkin. Islomning ziyoli raqiblari bundan xabardor ekani shubhasiz. Yuksak taqvodorligi, buyuk sunniy imomlarning to‘rtta maktabda shariatni mukammal qonun holiga keltirganidan so‘nggi qat'iyligi va qobilligiga qaramasdan, ilk musulmonlarni, parchalab tashlagan tarqoqlik va fitnalar tomoshasi ko‘pgina kishilar miyasiga adovatni joylagan ko‘rinadi. Men ulkan mazhablarga hujum qilayotgan kishilar islom dushmanlari qo‘lidagi ongli qurol, demoqchi emasman. Biroq bu hol ortodoksal muqobil islom mablag‘ topolmay, och-nahor turgan bir paytda ular nima uchun mashhur bo‘lish va yaxshi pul topishga intilishni davom ettirajagini tushuntirishga imkon beradi. Hozirgi kunda mujtahid ekanidan g‘ururlangan, taqlidni kamtar va zarur fazilat emas, aksincha, gunoh deb bilgan turli-tuman qarashlar yana yuz ko‘rsatadiganga o‘xshaydi. Ular ibtidoiy tariximizda musulmonlar boshiga turli balolarni yog‘dirgan edi. Har kim o‘zining haqligiga ishongan qaqshatqich ziddiyatlar oqibatida o‘zaro uyg‘unlikdagi to‘rtta mazhab o‘rniga milliardlab mazhablarga ega bo‘lamiz. Islomni barbod qilish uchun bundan ko‘ra zo‘rroq sxemani hech qachon kashf etib bo‘lmasa kerak[557].

Download 397,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish