Xxi-asrda islom postmodern dunyoda qiblani topish



Download 397,89 Kb.
bet40/83
Sana13.06.2022
Hajmi397,89 Kb.
#665661
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
Bog'liq
XXI

... va intihosi
Shahrin ufunati bizni o‘ldirdi, Sobit-o, Tafriji zot uchun etarmiz iltijoi bog‘.
Sobit
Shahar odamni, jumladan, fuqarolarning yuragini ham bo‘g‘adi. Hadyalarga loqaydlik tushunmovchilikka, xobi g‘aflat Altsheymer xastaligiga, ayni paytda insoniyatning aksariyati uchun esa u o‘limning sovuq bir nafasiga aylandi. Atrof-muhit fojiasi evaziga kelgan taktik yashash bizni jazava onlarida hayajonga soladi. Lahzalar kulga, ajrashishning shaxsiy va ijtimoiy qabriga, ruhiy inqiroz va narkozga aylana bormoqda. Taraqqiyot xususidagi shiorlarga qaramasdan, Machado bilan birga: "odamlar bilan tinch-totuv, ichimizda esa o‘zimiz bilan urush qilib yashashdan" aziyat chekib, Nabokov singari "beshikning jahannam uzra tebranishiga" ishonib yashayapmiz.
Historia monotheistica[558] xaloskorlik lahzalari va yulduzlar burji deb ataladigan yorqin, hammaga yetib boruvchi yoki ko‘hna shavkat qoldig‘i bo‘lmish dinlarni yakqalam etgandir. Biz koinot va tarix mavzusining takrori bo‘lgan Buyuk Ahd merosida fizika qonunlaridan chetga chiqishni kuzatamiz, boshqacha aytganda, ular xuddi ingliz shoiri Villiam Bleyk (1757-1827)ning "Urizen haqidagi kitobi"dagiday, bizni po‘lat zanjir bilan kishanlab oladi. Islom o‘z shavkati bilan ibtidoiy chin insonligimizga qaytishga imkon beradi, u imonimizni sog‘aytiruvchi hayot tarzi bilan postmodern hayot ummonidan suzib o‘tishga imkon beradigan najot qayig‘idir. Zamonaviy kishi puer aeternus[559] sifatida har doim mehmon kutiladigan xonada o‘tiruvchi, hech qachon o‘zini (biror ishga) to‘la bag‘ishlay olmaydigan va faqat real kelajakka ishonadigan kishi bo‘lib gavdalanadi; ayni paytda homo Islamicus[560] butun insoniyatning negizini tashkil etgan ma'naviyatdan xabardor, mashinalar va nafs erishtira olmaydigan sirlardan voqif katta yoshli kishidir. Uyning o‘zida dilkashlik mavjud: u erkak va ayollar, bolalar va keksalar munosabatga kirishishi uchun kerakli me'yordir. Bu me'yor shaxsning gunohlardan forig‘ bo‘lish va nafsdan voz kechish yo‘lini izlashida asqatadigan zarur hayotiy tajribani samimiy bir tarzda o‘rtoqlashishda qo‘l keladi.
G'arbning demokratik mamlakatlarida yashaydigan postmodernizm va boshqa barcha qalbaki ozodliklar jomini sipqorgan va pirovardida islomni barcha ma'nolarning shubhasiz kaliti deb hisoblagan bizday kishilarni faqat bitta og‘riq qiynaydi, u ham bo‘lsa, Buyuk Ahd vorislarining sunnatning sof go‘zalligiga bo‘lgan e'tibordan chalg‘ib, boshqalarga hamdard bo‘lish siyosatidan ko‘ra nafsga uchib, uni toptayotgani yoki sunnatni nursiz, ammo har narsaga qodir qudrati bilan to‘sib qo‘yib, zamonaviy va jozibali tarzda narsaparastlik xudosi bo‘lib gavdalanayotgani tomoshasidir. Zamonaviy hayot mushkulotlarining keskinligi, ammo inson baxtsizliklarining kunday ravshan miqyosi: qarovsiz keksalar, millionlab yolg‘iz onalar, narkoman bolalar, uysizlar, mutaassib irqchilar, tabiiy turimizni qayta tahrir qilish xavfini tug‘dirayotgan pragmatik bioetikachilar[561], tartib degan fanera ostida bijg‘ib yotgan barcha zaharlar bizni Ernest Gellner vaqtdan ustun turadigan so‘nggi din deb atagan narsa tomon itaradi va Alloh barcha ismlarini o‘rgatgan dinning potentsial shon-shuhratini namoyon qiladi.

Download 397,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish