(DWDM ga nisbatan) kengaytirishdir. Ushbu maqsadga kanallar orasida
keng spektral oraliqlardan foydalanish orqali erishiladi.
Zamonaviy CWDM qurilmalarining ko‗pchiligi S va L diapazonni
va qisman S diapazonni egallaydi. Jihozlarning muvofiqligini ta'minlash
uchun xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi (ITU), CWDM kanallari
to‗lqin uzunligining spektron sohalarini aniqladi va kanallar orasidagi
masofa 20 nm ga teng qilib olindi. Undan tashqari ancha ilgarigi tizimlar
CWDM dan 800 nm to‗lqin uzunligi atrofida ishlovchi ko‗p modali
tolali aloqa liniyalaridan foydalana boshlashgan.
Bunday tizimlar ikki
yoki to‗rtta kanalni quvvatlay oladi va masofa uzoqligi2 km dan kam
bo‗lgan hollarda axborotni uzatish tezligini 500 Mbit/s dan kamroq
bo‗lishini ta'minlaydi.
Qo‗llaniladigan to‗lqinli zichlashtiruvchi tizimlar bir necha
variantlarga ega. 5.4-jadvalda tasniflanishining eng ko‗p tarqalgan
varianti keltirilgan.
5.4-jadval
CWDM (zich
bo‗lmagan SZ)
DWDM (zich
SZ)
HDWDM
(yuqori
zichlikdagi SZ)
Kanallar
orasidagi
masofa
20, 25 nm
1,6 nm
200, 100, 50
GGs
0,4 nm
25, 12, 5 GGs
Diapazon
O, E, S, C, L
S, C, L
C, L
Kanallar soni maksimum 18 ta
o‗nlab/yuzlab
o‗nlab
Narxi
past
Yuqori
yuqori
bu yerda:
O – birlamchi diapazon (Original, 1260-1360 nm),
E – kengaytirilgan diapazon (Extended, 1360-1460 nm),
S – qisqa to‗lqinli diapazon (Short wavelength, 1460-1530 nm),
S – standart diapazon (Conventional, 1530-1570 nm),
L – uzun to‗lqinli diapazon (Long wavelength, 1570-1625 nm).
CWDM texnologiyasi kanallar orasidagi
intervalning yetarlicha
kattaligi bilan tavsiflanadi. (20 nm yoki 25 nm), bu esa, unga boshqa
WDM texnologiyalarga nisbatan keng chastotalar sohasiga ega
bo‗lishini ta'minlaydi. Bu optik aloqa tizimlari uchun bir nechta standart
chastotalar diapazoni (―shaffoflik oynasi‖) ga ega bo‗lish imkonini
beradi. CWDM tizimlarida 18 tagacha kanal tashkil qilish va ko‗p
modali hamda bir modali tolalardan foydalanish mumkin.
Shunga qaramasdan CWDM tizimlarida ikkita muammo mavjud:
Ancha kichiq bo‗lgan to‗lqin uzunliklarida deyarli ikki marotaba
ko‗p yo‗qotish mavjud, bu esa uzatish masofasini
sezilarli darajada
kamaytiradi;
Tolada gidroksil ON guruhining mavjudligi sababli 1383 nm
to‗lqin uzunligida yutilish pikiga egaligi sababli kanallar soni bo‗yicha
cheklanishlar mavjud.
CWDM tizimlarida bitta kanal bo‗yicha uzatish tezligi 2,5 Gbit/s
bo‗lganda 16 kanal bo‗yicha 40 Gbit/s tezlik ta'minlanadi. Agar tizim
1270-1610 nm bo‗lganda to‗lqin diapazonidan foydalansa, uni FS-
CWDM tizim (Full-spectrum CWDM) deyiladi. Hozirgi vaqtda CWDM
texnologiyasi uzoqlik parametri bo‗yicha DWDM texnologiyaga
qo‗yiladigan talabalarni bajarilishini ta'minlashi mumkin.
CWDM qurilmasi uzatiladigan axborotning
ixtiyoriy turi va
ixtiyoriy tezligi uchun shaffof hisoblanadi hamda magistral tarmoq va
ulanish tarmog‗i orasida bo‗g‗in bo‗lishi mumkin. CWDM texnologiyasi
axborotni uzatishning turli protokollariga invariantdir (bog‗liq emas). Bu
esa yagona transport muhitida turli telekommunikatsiya xizmatlarining
yaratilish imkoniyatini ta'minlaydi.
CWDM tizimlarida kanallararo chastotaviy masofaning uzoqligi
DWDM tizimlarga nisbatan aktiv va passiv komponentlar narxining
sezilarli darajada arzon bo‗lishiga imkoniyat yaratadi. Uzatish tizimining
mukammalligiga ko‗ra CWDM texnologiyasi turli tarmoq
topologiyasini
konstruksiyalash imkoniyatini beradi.
Ulardan ko‗proq qo‗llaniladiganlarini qarab chiqamiz:
―nuqta-nuqta‖ topologiyasi. Axborot kanallar bo‗yicha ikkita nuqta
orasida uzatiladi. Turli tolalardagi oqimlarning birlashish/ajrashishi ro‗y
beradigan tugunlarida
multipleksor/demultipleksorlar o‗rnatiladi.
Bundan tizimlar yordamida ko‗p sonli video va audio ma'lumotlarni
vaqtning real masshtabida optik tarmoqda tolalarning cheklangan holida
ham uzatish masalalarini yechish mumkin;
tarmoqlanuvchi topologiya. Axborotni tugundan tugunga uzatish
alohida kanallarning kiritish/chiqarishi yo‗lga qo‗yilgan oraliq tugunlar
orqali amalga oshadi. Oraliq tugunlardagi yo‗qotishlar hisobiga aloqa
uzoqligi biroz kamayadi. Bunday tizim transport magistrallarida, neftgaz
uzatmalarida va boshqa davomli obyektlarda videokuzatuvlarda
qo‗llaniladi;
―xalqa‖ topologiyasi. Bunday topologiya parametrni qo‗riqlash
masalasini hal qiladi. ―Xalqa‖ uzilgan
holda ham tarmoq ixtiyoriy
tugunlar orasida axborotni uzatish qobiliyatini saqlab qoladi.
2002-yilda xalqaro elektr aloqa ittifoqi CWDM tizimi uchun
eltuvchi chastotani aniqlovchi standartni qabul qildi – ITU-T G.694.2
tavsiyasi. Ushbu tavsiyaga ko‗ra C, S va L ma'lum diapazonlardan
tashqari CWDM tizimlarida ikkita yangi to‗lqin uzunlikdagi diapazon
paydo bo‗ladi – diapazon O (1260-1360 nm) va diapazon ye (1360-1460
nm).
CWDM tizimlari nisbatan kam sonli optik kanallarni (16-18)
ta'minlaydi, lekin bu – kamchilik deb hisoblanmasligi kerak, chunki,
kanallarning bunday sonda bo‗lishi, odatda,
aloqa operatorlarining
o‗tkazish sohasidagi zamonaviy talablaridan ustundir. CWDM
tizimlaridagi qo‗shni kanallarining to‗lqinlari orasidagi masofaning
nisbatan katta bo‗lishi kirish/chiqishli optik multipleksorlarni (OADM –
Optikal ADD-Drop Multiplezor) va optik krosskommutatorlar (OXC-
Optikal cross connector) uchun arzon kommutatsiyalash elementlarining
yaratilishiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: