Jizzax Davlat Pedagogika Instituti
Maxsus sirtqi bo`limi
Informatika o`qitish metodikasi yo`nalishi 322-gurug talabasi
QILICHEV FARRUX
Darsdan tashqari mashg’ulot turlari:
Informatikadan togaraklar – ixtiyoriy va faol mashg’ulot turi bo’lib, ikkita maqsadda o’tkazdiriladi:
O’quvchilarning fikrlashini rivojlantirish va informatikaga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish.
Informatika fani bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish va zamonaviy dasturlash tillarini o’rgatish.
Togarak hujjatlari quyidagilardan iborat:
To’garak nomi.
To’garakning yillik taqvim rejasi.
To’garak o’quvchilari haqida ma’lumot.
To’garak dars ishlanmasi.
Informatikadan ro’znomalar quyidagi bo’limlardan iborat bo’ladi:
Informatika tarixidan bir shingil;
Dars o’quvchilarining informatik hayoti;
O’quvchilarga o’qish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar;
Masalalar (qiziqarli, mantiqiy, konkurs);
Informatik o’yinlar;
Yumor.
Informatikadan kecha va konkurslar – 3 yoki 4 ta shartdan iborat o’quvchilar o’rtasidagi musobaqa turi.
Informatika fanidan viktorinalar – informatikaga doir masalalar bo’yicha savol-javob o’yini bo’lib, 10-20 daqiqa davom etadi. Oldindan tayyorlangan savollarga og’zaki yoki yozma javob olinadi. Viktorinalar asosan, o’quvchilarning fanga qiziqishlarini oshirish va fanga qiziquvchilarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Fanlardan to‘garaklar shakllantirish yo‘llari
To`garak ishlarini tashkil etish metodikasi kursining maqsadi, bo`lajak to`garak tashkilotchisiga o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini to`gri tashkil etish, ularga qo`shimcha ta`lim tarbiya hamda tanlagan to`garak yo`nalishi bo`yicha boshlang`ich kasb-hunar to`g`risida tushuncha berish, ko`nikma hosil qilishni o`rgatishdan iborat.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
- to`garakka o`quvchilarni jalb qila olishni;
- o`quvchilarning ehtiyoj va qiziqishlarini qondirish;
- o`quvchilarni manbalar ustida mustaqil ishlashga o`rgatish;
- davlat ta`lim talablari asosida dasturlar tuzish;
- har tomonlama rivojlangan ijodiy shaxsni shakllantirish maqsadida davlat siyosatini amalga oshirish;
- o`quvchilar bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etish;
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
- har bir o`quvchining bilimdonlik darajasini va rivojlantirish yo`llarini;
- maktabdan va sinfdan tashqari ishlar fanining maqsad va vazifalarini, fanga qo`yilgan Davlat standarti talablarini to`garak a`zolarini o`qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o`quv-tarbiya va metodik ishlarni takomillashtirish usullarini;
-“Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomni o`rganishlari;
- iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy fikrlash va iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash yo`llarini;
- o`quvchilar bilan olib boriladigan ishni yangi samarali shakllarini izlash bo`yicha ishni tashkil etishni, pedagogik texnologiyadan foydalanish talablarini;
- bolalarga quroq tikish, mashina kashtachiligi, munchoq bilan ishlash, gazlama qoldiqlaridan gul yasash, rarda tikish, milliy qo`g`irchoq tayyorlash kasbi turlari haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lishlari;
- o`quvchi yoshlar bajargan ishlarini baholash mezonlarini va rag`batlantirishni;
- iqtidorli o`quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo`llarini.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo`yicha tavsiyalar
Bugungi kunda bolalarning bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etishda maktabdan va sinfdan tashqari ta’limga alohida etibor berilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqari ta’limni tashkil qilishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yilda qabul qilgan “Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomi asosiy hujjat hisoblanadi. Bo`lajak to`garak rahbarlarini tayyorlashda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo`lib qolmoqda. Bu borada kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak.
- Mutaxassislik fanlarini o`rgatishda egallanayotgan bilim ko`nikmalar davlat ta’limi standartlarida berilgan talablarga asoslangan bo`lishi kerak.
- Mutaxassislik kasbi bo`yicha ta’lim berish mazmuni fan, texnika, texnologiya taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi kerak.
- Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.
- Fan bo`yicha amaliy ish darslarini tashkil etishda o`qituvchi o`quvchilarga axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o`rgatishi va bunday mashg`ulotlarda o`quvchi asosiy figura bo`lishiga erishishi kerak.
-X onada o`qituvchilar va o`quvchilar foydalanishlari uchun kompyuter, kodoskop, internet tarmog`idan olingan manbalar to`plami bo`lishi kerak. Har bir darsda o`qituvchi ulardan foydalanishi kerak.
- Xonada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo`yicha tayyorlangan mashg`ulot ishlanmalari, ko`rgazmalar namunalari bo`lishl kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |