Xx asrning oxirgi o’n yilligi va XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar. Reja: Kirish. I bob. “Sovuq urush” barham topgandan keyin xalqaro maydonda yuz bergan jarayonlar


I bob. “Sovuq urush” barham topgandan keyin xalqaro maydonda yuz bergan jarayonlar



Download 167,69 Kb.
bet11/27
Sana08.05.2021
Hajmi167,69 Kb.
#63680
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
diplom ishi Ahrorjon

I bob. “Sovuq urush” barham topgandan keyin xalqaro maydonda yuz bergan jarayonlar.

    1. Sotsialistik tuzum qulagan makonda yuzaga kelgan nizolar.

SSSR davlatining parchalanishi bilan “Sovuq urush” barham topib, dunyoning ko’pgina mintaqalarida sotsialistik tuzumlar va rahbariyatlar qulay boshladi. Bunday jarayon Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida bundan oldinroq boshlangan bo’lib, ayni shu davrda o’z cho’qqisiga yetdi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng sotsialistik boshqaruvi tizimida faoliyat olib borayotgan mintaqa davlatlarini chuqur siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy inqirozlar qamrab oldi. Bir nechta slavyan davlatlari federatsiyasidan tarkib topgan Yugoslaviya Federativ Sotsialistik Respublikasida ham milliy harakatlar avj oldi. Bu esa ushbu davlatning parchalanishiga zamin hozirladi. Davlatning tashkil topishi jarayonida uzoqni o’ylamay qabul qilingan qarorlar, ittifoqdosh respublikalar manfaatlari notenglik asosidagi tizimga solinganligi va o’zaro munosabatlarda yo’l qo’yilgan xatolar, qolaversa, uzoq yillar davomida hukumat rahbarlarining yuritgan noto’g’ri siyosati oqibatida Yugoslaviyada davlat tuzimining o’zgarishi, federatsiya tarkibidagi respublikalarning mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tishi jarayonlarida iqtisodiy va chegaraviy kelishmovchiliklar hamda etniklararo nizolar yuzaga keldi. O’zaro urushlar va to’qnashuvlarga tashqi kuchlarning aralashuvi natijasida vaziyat yanada keskinlashdi. XX asrning oxirgi o’n yilligi va XXI asr boshlarida yuzaga kelgan sobiq Yugoslaviya hududidagi nizolar xalqaro tashkilotlar va yetakchi davlatlarning ham diqqat-e’tiborida bo’ldi va bugungi kunda ham o’z yechimini topmay kelmoqda.

1990-yilda Xorvatiya va Sloveniyadagi saylovlarda harbiy-vatanparvarlik shiorlari ostidagi milliy harakatlar g’alaba qozondi. Frano Tujman boshchiligidagi Xorvatiya Demokratik Hamkorligi (XDH) Xorvatiyada anchayin mashhur partiyaga aylana boshladi. XDH partiyasiga 1989-yildayoq asos solingan edi va Xorvatiyaning mustaqillikka erishishini o’zining asosiy vazifasi deb e’lon qilgan edi1. 1990-yil 23-dekabrda Sloveniyada qatnashchilarining ko’pchiligi mamlakatning mustaqilligini yoqlagan referendum o’tkazildi. Bundan sal o’tib Xorvatiyada ham huddi shunday referendum o’tkazilib, Yugoslaviya tarkibidan chiqish to’g’risida qaror qabul qilindi. 1990-yil dekabrda esa Xorvatiyada yangi konstitutsiya qabul qilindi. Yangi konstitutsiya qabul qilinganidan so’ng diskriminatsiyadan xavfsiragan Xorvatiyadagi serb aholisi o’zlari yashaydigan hududlardagi mulklarda mustaqil davlat - Serb Kraynasi Respublikasini tashkil etishlarini e’lon qilishdi. Serb Kraynasi Respublikasi Serbiya bilan birlashishga harakat qila boshladi. SKR ga Xorvatiya hududidagi Yugoslaviya xalq armiyasi yordam ko’rsata boshladi2.

1991-yil aprelda SKR ning o’z-o’zini mustaqil deb e’lon qilgan parlamenti Serbiyaga o’zlarini tarkibiga qo’shib olishini so’rab murojaat qildi, biroq Serbiya parlamenti bu iltimosni rad etdi. Serbiya Prezidenti S.Miloshevich Xorvatiya serblariga moyil edi. Lekin u SKR ning Serbiya bilan birlashishini ochiqchasiga bildirishdan xavfsirar edi. Uning rejasi serb hududlarini Xorvatiya tarkibida saqlagan holda, Xorvatiyaning o’zini yagona Yugoslaviya tarkibida tutib turish edi. Ushbu ko’zlangan pozitsiyasiga binoan S.Miloshevich bir vaqtning o’zida AQSH va boshqa G’arb davlatlari bilan konstruktiv munosabatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi. Yugoslaviyada siyosiy inqiroz rivojlandi. Yugoslaviyaning jamoaviy rahbariyati instituti falaj bo’lib qoldi. 1991-yil mart oyida federatsiyaning kelgusi istiqbol yo’lini aniqlash va belgilash maqsadida Yugoslaviya respublikalari rahbarlarining uchrashuvlari seriyasi o’tkazildi. Ammo umumiy qarashlarni ishlab chiqishga muvaffaq bo’linmadi. 1991-yil may oyiga kelib Xorvatiya va Serbiya o’rtasida munosabatlar keskinlashdi. Shunday bir vaziyatda 1991-yil 9-mayda Belgraddagi hukumat Xorvatiyada operatsiyalarni amalga oshirish uchun Yugoslaviya armiyasining asosiy kuchlarini safarbar etdi. Bu esa faqatgina vaziyatni keskinlashtirdi. 1991-yil 26-iyunda Sloveniya va Xorvatiya Respublikalari YFSR tarkibidan chiqishlari haqida e’lon qilishdi. Belgraddagi hukumat bu aktlarni tan olmadi. Federal hukumat va respublikalar hukumatlarining nizosi muntazam armiya qismlari ishtiroki bilan qonli to’qnashuvlarga olib keldi. Xorvatiya o’ng kuchlari otryadlari va SKR serb tuzilmalarining qurolli to’qnashuvlari boshlanib ketdi. Yugoslaviyada fuqorolar urushi boshlandi. 1991-yil o’zini mustaqil deb e’lon qilgan Makedoniya hech qanday qon to’kishlarsiz yagona Yugoslaviya tarkibidan ajralib chiqdi3.

Biroq Xorvatiya ichkarisidagi urush nihoyatda shavqatsiz shaklda davom etdi. Bu, ayniqsa, Serb Kraynasi serblari tomonidan yangi Xorvatiya hukumatiga qattiq qarshiliklar natijasida o’z ifodasini topdi. Urushning dastlabki davrlari muntazam Yugoslaviya armiyasi yordamida Xorvatiyaning uchinchi hududini egallagan serb tomonlarining g’alabalari bilan xarakterlanadi. Xorvatiya kuchlari serblar yashaydigan barcha hududlardan chiqib ketishlariga to’g’ri keldi. 1991-yil xalqaro hamjamiyat bosimi ostida federal kuchlar Xorvatiya hududlaridan chiqarildi, serblar yashaydigan hududlar ustidan nazorat rasman tan olinmagan Serb Kraynasi Respublikasiga qoldirildi. Nizolar bartaraf etilmadi, separatistik tendensiyalar rivojlanishda davom etdi. SKR bir necha yillar davomida tan olinmagan davlat sifatida faoliyat yuritdi. 1995-yil may va avgustida Xorvatiya armiyasi ikkita harbiy operatsiyani o’tkazdi, natijada Serb Kraynasi Respublikasi tugatildi4.

1991-yil noyabrda endi yagona Yugoslaviya tarkibidan o’z mustaqilligini Bosniya va Gersegovina Respublikasi e’lon qildi. Makedoniya hukumati 1992-yil mart oyida mustaqillik haqidagi respublika parlamenti qabul qilgan deklaratsiyani kuchga kiritishni muhokama qilish maqsadida referendum o’tkazishini bildirdi. YFSR ni amalda parchalanganligini ifoda etib, Serbiya va Chernogoriya ham 1992-yil 12-fevralda ikki davlatning mustaqil birlashmasi – Yugoslaviya Respublikalari Ittifoqini tuzish haqida qaror qabul qildi. Yangi davlat o’zini sobiq Yugoslaviya Federativ Sotsialistik Respublikasining qonuniy vorisi deb e’lon qildi va 1992-yil aprelda mustaqillika erishgan sobiq Yugoslaviyaning boshqa respublikalarining mustaqilligini tan olishga tayyorligini bildirdi. Xalqaro hamjamiyat YRI ni Yugoslaviya Federativ Sotsialistik Respublikasining qonuniy vorisi ekanligini tan olmadi va unga BMT da YFSR ning o’rnini berishni rad etdi.

Xorvatiyada separatizmga qarshi mamlakatning alohida rayonlarida zich yashab kelayotgan serb etnik guruhlari qo’llariga qurol olib qo’zg’ala boshladi. Serbiya rahbariyati ham Yugoslaviyaning federativ hukumati, ham serb manfaatlarini ifoda etib, Xorvatiya serblariga yordam ko’rsatgan holda siyosiy yo’l orqali Xorvatiya va Sloveniyaning separatizmiga qarshi turishga harakat qildi. Belgraddagilar Rossiya va AQSH yordamida Xorvatiya va Sloveniyani fedratsiyaning parchalanishini to’xtatishga, uni tinch yo’nalishga o’tkazishga va Xorvatiya hududidagi serblar manfaatini himoya qilishga yo’l ochadigan shartnomani imzolashga majbur etilishidan umidvor edilar5.

G’arbiy Yevropa davlatlari o’rtasida Yugoslaviya muammosi yuzasidan yakdil qarashlar bo’lmagan. Germaniya 1991-yil dekabr oyida Xorvatiya va Sloveniya Respublikalarini tan oldi va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlaridan ham shuni talab qildi. Fransiya Yugoslaviyadagi separatik tendensiyalarga ehtiyotkorlik bilan yondoshdi, chunki Bolqondagi separatistlarning g’alabasi Fransiyaning o’zida - Korsikada markazdan ajralishga intilish tendensiyalarining jonlanishiga olib kelishidan xavotirda edi. Bunday xavotir Fransiyada bo’lgani kabi o’z hududlarida sepatistik kuchlar bilan to’qnashib kelayotgan Buyuk Britaniya, Belgiya va G’arbiy Yevropaning boshqa bir qancha mamlakatlari rahbariyatlarini ham tashvishga solib kelayotgan edi. AQSH ma’muriyati Yugoslaviya masalasida Xorvatiya va Sloveniya mustaqilligining tan olinishi urush o’chog’ini keltirib chiqarishi hamda G’arb va Rossiya o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashishidan xavfsirab, kutib turish pozitsiyasini egalladi.

1992-yil boshida Rossiya Federatsiyasi rahbariyati mamlakat tashqi ishlar vaziri A.V.Kozirov ishtirokida, Germaniyani qo’llab-quvvatlab, Xorvatiya va Sloveniyaning mustaqilligi tan olinishni yoqlab chiqdi. 1992-yil 15-yanvarda Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari Xorvatiya va Sloveniya hukumatlarini tan oldi. Bu ishni Rossiya ham amalga oshirdi. So’ngi bo’lib Xorvatiya va Sloveniyaning mustaqilligini AQSH tan oldi. Yugoslaviyaning parchalanishi davom etdi. 1992-yil aprelda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Bosniya va Gersegovinaning mustaqilligini tan olishdi. Musulmonlar jamoasi yetakchisi Atiya Izetbegovich uning prezidentiga aylandi. Bu respublikaning aholisi serblar, xorvatlar va musulmonlardan tarkib topgan edi. Musulmonlar ozchilikni tashkil etardi va serblar bilan ham, xorvatlar bilan ham yaxshi munosabatlarda emas edi. Bu esa nizolar va to’qnashuvlarni keltirib chiqardi. Bosniya va Gersegovinaning mustaqilligi e’lon qilinganidan ko’p o’tmasdan Bosniya serblari o’z jamoalarining yetakchisi Radovan Karadjich boshchiligida 1992-yil yanvarda Bosniya va Gersegovinaning serb rayonlari hududida mustaqil tashkilot – Serblar Reapublikasini tuzishni e’lon qilishdi. 1992-yil iyulda ularning ishini xorvat aholisi egalik qilayotgan yerlarda mustaqil “davlat” – Gerseg-Bosnani tuzish haqida bildirgan Bosniya xorvatlari ham davom ettirdi. A.Izetbegovich hukumati faqatgina poytaxt Sarayevo va musulmon aholisi tomonidan egallangan bir nechta boshqa shaharlarda saqlanib qolindi.

1992-yil bahorida Sarayevodagi musulmonlar va serblar o’rtasidagi nizodan butun mamlakat bo’ylab serblar, xorvatlar va musulmonlar orasida to’qnashuvlar – “barcha barchaga qarshi” urush boshlandi. Serbiya hukumati bosniyalik seblarga yordam ko’rsata boshladi. Serbiya va Chernogoriya Bosniya va Gersegovinaning ichki ishlariga aralishishda ayblandi. 1992-yil BMT xavfsizlik kengashi Serbiya va Chernogoriyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar kiritishga qaror qildi, biroq bunga barcha davlatlar tomonidan ham birdek amal qilinmadi. Shuning uchun 1991-yil BMT urushayotgan tomonlarga qurol-yarog’lar yetkazilib berilishi uchun embargo kiritishiga qaramasdan, ular qurol-yarog’lar olish imkoniga ega bo’lishdi6.

Serblar, xorvatlar va musulmonlar “dushman” etnik guruhlar yashayotgan rayonlarda etnik tozalashlarni amalga oshirdi, tinch aholining ommaviy o’ldirilishi sodir bo’ldi. Yevropada bunday jinoyatlar natsizm davridan beri ko’zga tashlanmagan edi. BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlari bo’yicha sobiq Yugoslaviya hududida harbiy jinoyatlarni o’rganish uchun 1993-yil 25-mayda Gaagada sobiq Yugoslaviya bo’yicha Xalqaro Tribunal (SYBXT) tashkil etildi7. Yevropa mamlakatlarining integratsion faolligi to’lqini Bolqondagi holat bilan ziddiyatlarga duch keldi. Asosiy ziddiyatli holat etnodiniy jamoalar o’rtasidagi qurolli to’qnashuvlar ommaviy shavqatsizliklar va inson huquqlarining buzilishi bilan uyg’unlashib ketgan Bosniya va Gersegovinada yuzaga keldi. Bolqondagi ahvolni tartibga solishga bo’lgan harakatlarni koordinatsiyalash maqsadida BMT rahbarligida sobiq Yugoslaviya bo’yicha Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya ishtirokida Aloqa guruhi tashkil etildi. Ularning vazifalari tomonlarni tinchlantirish yo’llarini topish, eng avvalo, Bosniyadagi vaziyatni yumshatish bo’yicha rejalarini taklif etish edi. 1992-1994-yillarda BMT, Yevro Ittifoq va Aloqa guruhlari Bosniyani serb, musulmon va xorvat qismlariga bo’lish rejasining bir qancha variantlarini tayyorlashdi. Loyihalardan birortasi ham urushayotgan tomonlarni qoniqtirmadi8.

Xalqaro sanksiyalardan zarar ko’rayotgan Serbiya hukumati Bosniya serblari yetakchisi R. Karajich hukumatiga harbiy yordam ko’rsata boshladi. AQSH ma’muriyati B. Klinton hokimiyatga kelgandan so’ng 1993-yilda Bosniya serblari va ularni qo’llab-quvvatlayotgan Serbiyaga qarshi kuchlarni o’zgartirish zarurati haqidagi xulosaga keldi. AQSH ning harakatlari bilan NATO rahbariyati qon to’kilishlariga barham berish maqsadida Bosniyaga kiritish uchun qurolli kuchlardan foydalanish haqida qaror qabul qildi. 1994-yilda AQSH tashabbusi bilan Bosniya serblari bilan anchayin muvaffaqiyatli kurashish uchun Musulmon-xorvat federatsiyasi tashkil etildi. Vashington Saraevo hukumatiga qurol-yarog’ yetkazilishiga embargoni bekor qilish va NATO kuchlari bilan Bosniya serblari pozitsiyalariga havodan zarbalar berish tashabbusi bilan chiqdi. 1995-yil dekabrda jamoalar o’rtasidagi harbiy to’qnashuvlarning oldini olish uchun Bosniya va Gersegovinaga NATO ning quruqlik qo’shinlari kiritildi. Ularning kiritilishi BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyalari bo’yicha ishlab chiqildi.

Serbiya hukumati o’zini ehtiyotkorona tutdi. Prezident S.Miloshevich Xorvatiya prezidenti F.Tujman bilan maqsadlar mushtarakligida mahfiy kelishuvga bordi. Unga ko’ra, Serbiya Xorvatiya ichidagi serblar-Serb Kraynasining qarshiligi bostirilishiga rozi bo’lishi, Xorvatiya esa serb qismlarining Bosniyadan ajralib chiqishiga va ularning Serbiyaga qo’shilishiga qarshilik qilmasligi lozim edi. 1995-yil iyunda S.Miloshevichning roziligi bilan Xorvatiya qurolli kuchlari Serb Kraynasida serblarning qarshiligini bostirishga va uning barcha hududlarini egallashga muvaffaq bo’ldi. O’n minglab serblar Xorvatiyadan Serbiyaga qochib o’tdi. Bunday yon berishga qaramasdan, Serbiya rahbariyati Bosniyadagi serb qismlarini o’ziga qo’shib olishga muvaffaq bo’lmadi. 1995-yilning ikkinchi yarmida BMT Xavfsizlik Kengashining 836-sonli rezolyutsiyasiga tayanib va “xavfsiz zonalar” himoyasi bo’yicha BMT kuchlari qo’mondonligida NATO qurolli kuchlari Bosniyadagi serblarning pozitsiyalariga aviazarbalar bera boshladi. NATO ning bosniyadagi harakatlari BMT mandati doirasidan chiqib ketdi9.

Bu Rossiya Federatsiyasining noroziligiga olib keldi. Garchi Rossiya rahbariyati 1992-1994-yillarda sobiq Yugoslaviyada Yevropa Ittifoqi va AQSH ning harakatlarini qo’llab-quvvatlagan bo’lsa-da, serblar ustidan bomba zarbalarining ommaviy yog’dirilishidan so’ng Moskva norozilik bilan chiqdi. Biroq Moskvaning e’tirozi voqealar rivojiga ta’sir etmadi. Ketma-ket harbiy mag’lubiyatlarga uchragan Bosniyadagi Serbiya kuchlari muzokaralarga rozi bo’ldi. 1995-yil noyabrda Deyton (AQSH) da Rossiya, AQSH va Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirokida Serbiya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina yetakchilarining uchrashuvi tashkil etildi. Unda Bosniya nizolarini bartaraf etish bo’yicha tinchlik bitimlarining matni ishlab chiqildi. 1995-yil 14-dekabrda Parnas (AQSH) da Xorvatiya, Serbiya va Bosniya va Gersegovina o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish haqidagi shartnoma imzolandi.10.

Deyton Bitimining imzolanishi sobiq Yugoslaviya dezintegratsiyasining yakuniy bosqichi bo’lmadi. 1990-yillarning oxirida aholisi albanlar va serblardan iborat Kosovada nizolar keskinlashdi. Deyton bitimidan so’ng jahon hamjamiyati 1996-yilda Yugoslaviyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilib, uning BMT, YXHT va xalqaro moliyaviy-iqtisodiy institutlarda ishtirokini tiklashni rad etdi. Ayni paytda Kosovaning alban aholisi o’zlarining boshqaruv tuzilmasini tashkil etib, Belgrad hokimiyatiga bo’ysunmay qo’ydi. NATO mamlakatlari S.Miloshevichdan mo’tadil albanlar yetakchisi Ibragim Rutova bilan muzokaralarga rozilik berishini talab qildi11.

Vaziyat ustidan nazoratni saqlab qolishga urinib, 1998-yil fevralda S.Miloshevich Kosovaga armiya va harbiy politsiyaning qo’shimcha kuchlarini kiritishga qaror qildi. Hukumat qo’shinlari va separatistlar o’rtasida tubjoy aholisi – serblar va albanlarga ziyon keltirgan to’qnashuvlarga olib keldi. Xalqaro hamjamiyat o’lkada inson huquqlarining buzilayotganligini bildirdi. 1998-yil 23-sentabrda BMT Xavfsizlik Kengashi Kosovada harbiy harakatlarni to’xtatish talabi bilan 1199-sonli rezolyutsiyani qabul qildi. 1998-yil 13-oktabrda NATO Serbiya BMT talablarini qabul qilishni rad etgan taqdirda bombardirovkani boshlashga qaror qildi. G’arb mamlakatlari kelushuv bitimini ishlab chiqish uchun Rambuy (Fransiya) da nizolashuvchi tomonlarning konferensiyasini chaqirishni taklif etishdi12.

1999-yil 20-martda o’lka hududini YXHT kuzatuvchilari tark etdi, 24-martda esa NATO HHK Serbiyada, shu jumladan, Belgrad hududi bo’ylab strategik ob’ektlarda tizimli bombardirovkalarni boshladi. Ikki oy davom etgan bombardirovkalardan so’ng Serbiya hukumati Kosovadan federal armiya va politsiya kuchlarini chiqarishga rozi bo’ldi. Rossiya Federatsiyasi Kosovadagi intervensiyaga qarshi chiqdi va Serbiyaga gumanitar va iqtisodiy yordam ko’rsatdi. Kosova muammosi Moskva va NATO o’rtasidagi munosabatlarda keskinlikni keltirib chiqardi. BMT Xavfsizlik Kengashi 1999-yil 10-iyunda harbiy harakatlarga nuqta qo’ygan 1244-sonli rezolyutsiyani qabul qildi. Rezolyutsiya NATO qo’mondonligidagi xalqaro tinchliksevar kontingentning kiritilishini aks ettirdi. Hujjat, shuningdek, yakuniy bosqichda Kosovaning uzil-kesil statusini aniqlashtirishni ifoda etdi13.

2000-yilda YRI da prezidentlik saylovlari bo’lib o’tdi. S.Miloshevich rasman hokimiyatdan voz kechdi va Voislav Koshtunitsa mamlakat prezidenti etib saylandi. U G’arb mamlakatlari bilan munosabatlarni normallashtirishga harakat qildi. 2003-yil 4-fevraldan yangi Konstitutsion Xartiyaning qabul qilinishi bilan YRI rasman “Serbiya va Chernogoriya” deb atala boshlandi. 2006-yilda Chernogoriya mustaqil davlatga aylandi. 2008-yil fevralda Rossiya qo’llab-quvvatlagan Serbiya hukumati va o’lkadagi serb aholisining noroziligiga qaramasdan, Kosova albanlari Kosovaning mustaqilligini e’lon qildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Kosova albanlarining pozitsiyasini so’zsiz ma’qulladi. Rossiya hukumati Kosovaning e’lon qilinishi haqidagi qarorga qarshi norozilik bildirdi, Kosova hukumatini tan olishni rad etdi va Kosova masalasining yechimini Abxaziya va Janubiy Osetiyaning xalqaro statusiga munosabat haqidagi masalaning muhokamasida saboq sifatida qabul qilishi haqida ogohlantirdi14.

XX asrning oxirida Varshava shartnomasi mamlakatlari tashkiloti parchalandi. Xalqaro arenada yangi davlatlar paydo bo’ldi – sobiq Yugoslaviya zaminida oltita mustaqil davlat shakllandi. YFSR ning dezintegratsiya jarayoni aholi guruhlarining etnik asosda o’n minglab qurbonlarga olib kelgan to’qnshuvlari bilan bog’lanib ketdi. 2006-yilda ittifoqchi respublikalarning tarqalishi davom etdi – Serbiya va Chernogoriya alohida davlatga aylandi, 2008-yilda esa ko’p yillik urush harakatlarining natijasi o’laroq Kosova Serbiyadan ajraldi15.

2011-yil noyabrda Kosova serblari delegatsiyasi RF prezidenti D.A. Medvedovga o’zlariga Rossiya fuqoroligining taqdim etilishi haqidagi 21 000 dan ortiq kishi imzolagan iltimosnoma bilan murojaat qilishdi. Rossiya TIV Kosova serblariga fuqorolik berishni rad etdi, ammo mamlakat rahbariyati tomonidan serb anklavlari aholisiga gumanitar yordam berishga qaror qilindi. 2012-yil martda Rossiya provaslav serblarning Kosovadagi ibodatxonalarini tiklashga 2 mln dollar ajratdi. NATO qo’shinlarining bombardirovkasi va alban jangarilarining harakatlari natijasida 100 dan ortiq ibodatxonalar vayron etilgan edi16.



    1. Download 167,69 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish