Xx asrning oxirgi o’n yilligi va XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar. Reja: Kirish. I bob. “Sovuq urush” barham topgandan keyin xalqaro maydonda yuz bergan jarayonlar


Xalqaro munosabatlar tizimida mintaqaviy nizolar



Download 167,69 Kb.
bet13/27
Sana08.05.2021
Hajmi167,69 Kb.
#63680
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
diplom ishi Ahrorjon

Xalqaro munosabatlar tizimida mintaqaviy nizolar

Afg’onistondagi fuqorolar urushi. SSSR parchalanishining oqibatlari yer sharining boshqa qismida, Afg’oniston zaminida ham sezildi. Bu yerdan 1989-yilda Sovet qo’shinlarining olib chiqilishi vaziyatning barqarorlashuviga olib kelmadi. AQSH va Rossiya o’rtasidagi Qo’shimcha Kelishuvga binoan 1992-yil 1-yanvardan Afg’onistonda Sovet-Rossiya yordami to’xtatildi. Shu vaqtdan Qobul rejimi buzila boshladi. Hukumatga qarshi kuchlar birin-ketin o’lkalarni egalladi. 1992-yil 28-aprelda Shimoliy alyans qo’shinlari generallar Ahmad Shoh Ma’sud va Abdul Rashid Do’stum boshchiligida Qobulga kirdi. M.Najib hukumati quladi, uning o’zi esa Qobuldagi BMT missiyasi hududiga yashirindi. Mamlakat Afg’oniston Islom Davlati deb e’lon qilindi. Qobulda mujohidlar yetakchilaridan biri S.Mujaddadi boshchiligidagi hukumat shakllantirildi. 1992-yil 28-iyunda poytaxtda Mujohidlar otryadlari rahbarlarining majlisi tashkil etildi. Unda ko’pchilikni ovozi bilan tojik Burxoniddin Rabboniy prezident etib saylandi. Biroq majlisga o’z delegatlarini yubormagan dala komandirlari bu saylovning haqqoniyligini tan olishmadi. Mamlakat 1993-yilning ikkinchi yarmidan ikki zonaga, o’zbek va tojik kuchlari qo’llab-quvvatlagan hukumat joylashgan shimol va G.Hikmatyor yetakchiligidagi pushtun dala komandirlari saqlab turgan hukumat joylashgan janub qismlariga bo’linib ketdi37. 1995-yil sentabrdan hukumatga qarshi muholifatda diniy murosasizlik aqidalariga fanatik sodiqlik ruhida tarbiyalangan, pushtunlarga tegishli islom maktablarining bitiruvchilaridan tarkib topgan “Tolibonlar” diniy harakatining qurollangan guruhlari muhim rol o’ynay boshladi. Toliblar barchaga: Qobul hukumati, tojik-o’zbek Shimoliy alyansi va G. Hikmatyorning pushtun otryadlariga qarshi kurash boshladi. Pokiston hukumati va AQSH MRB toliblarga yordam ko’rsatdi38. Afg’onistondagi voqealar qo’shni Markaziy Osiyo mintaqasiga ham ta’sir ko’rsatdi. Sobiq Sovet Ittifoqining qulashi mintaqadagi vaziyatni o’zgartirdi. Markaziy Osiyoda yangi Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston va Turkmaniston davlatlari tashkil topdi. Ba’zi MDH davlatlarining chegaralari mustahkam emasdi. Shuning uchun Afg’onistondagi nizo Tojikistondagi chegaraga yaqin hududlarga ham o’tdi. Tojiklar oldingi Sovet-afg’on chegaralarining har ikki tomonida yashardi. Tojikistonda ularning soni 4 mln dan ziyod, Afg’oniston hududida esa 3 mln dan 8mln kishigacha yetardi39.

Afg’onistondagi toliblarning g’oyaviy tayanchi bo’lib “Jamiyat-i ulamo-i Pokiston” va “Jamiyat ul islom” nomli Pokiston fundamentalistlari tashkilotlari maydonga chiqdi, ularga tashkiliy va moliyaviy yordamni esa toliblarni qurollantirgan va ularning Afg’oniston hududiga kirishini tashkillashtirgan Pokiston razvedkachi tuzilmalari ko’rsatdi. Toliblar dastavval qurolli kurash yo’li bilan Afg’onistondagi ichki nizolarga chek qo’yish shiori bilan chiqdi. 1996-yil kuzida ular g’arbiy, janubiy va sharqiy provinsiyalar ustidan nazorat o’rnatishga, 27-sentabrda esa Qobulni egallashga muvaffaq bo’lishdi. Toliblar tomonidan nazorat qilinayotgan hududlarda “Afg’oniston Islom Amirligi” e’lon qilindi. B. Rabboni hukumati shimolga, tojik komandirlari himoyasi ostidagi Mozori Sharifga qochdi.

Pokistonning Afg’on nizosiga qiziqishlarining bir nechta sabablarini ko’rsatish mumkin. Birinchidan, Pokistonning o’zida 26 mln pushtunlarning borligidir. Xaybar-Paxtunxva provinsiyasi va Qabilalar zonasida ular ko’pchilikni tashkil etadi. Ikkinchidan, Pokiston harbiy elitasi an’anaviy ravishda o’z mamlakatini Boburiylar davlatining vorisi, Afg’oniston va Hindiston hududining anchagina qismini o’zlarining manfaatlari zonasi deb hisoblaydi. Uchinchidan, Pokistonning Afg’onistondagi ichki vaziyatga qiziqishi bu paytda qo’shni mamlakat hududiga jor’iy etilayotgan keng miqyosdagi transport va energetik loyihalarning mavjudligi bilan xususiyatlanadi. Ular orasida Kushka-Karachi trassalari va Turkmaniston – Afg’oniston – Pokiston – Hindiston gazoprovodining qurilishi loyihalarini ko’rsatish mumkin40. Shu sabablar bois Pokiston Afg’onistondagi jarayonlarga faol aralashdi.

Afg’onistonda toliblarning hokimiyatga kelishiga qo’shni davlatlarning reaksiyasi bir xilda emasdi. 1996-yil oktabr oyining boshida Alma-Atada O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston, Rossiya va Qirg’iziston rahbarlarining yig’ilishi bo’lib, unda toliblar rejimining tan olishni rad etish va B. Rabboni hukumatiga o’z yordamlarini ko’rsatish haqida kelishib olindi. Eron ham toliblar hukumatini tan olmadi. Biroq Turkmaniston prezidenti S. Niyozov o’z mamlakatining beterafligini ro’kach qilib, Alma-Ata yig’ilishida qatnashmadi. Turkmaniston toliblar bilan munosabatlarni yoqlay boshladi41.

Yangi Qobul rejimi Pokiston, Saudiya Arabistoni va BAA tomonidan tan olindi va unga yordam ko’rsatildi. Dastlab AQSH ham toliblarni qo’llab quvvatladi. Biroq “Tolibon” harakati 1996-yilda Afg’onistondagi islom jangarilarini tayyorlash markazlarini boshqargan terrorist Usama ben Ladenga boshpana berdi. Jangarilar nafaqat Afg’oniston hududida, balki boshqa davlatlarda – Serbiya (Kosova), Tojikiston, Afg’oniston, Hindiston (Kashmir), Filippinda, shuningdek, Rossiyada (Chechinistonda) ham janglarda qatnashdi.

Afg’onistonning xalqaro terrorizm bazasiga aylanishi Markaziy Osiyoda ekstremistik kuchlarning siyosiy va harbiy tashkilotlari yuzaga kelishiga zamin yaratdi. 1997-yilda O’zbekistonda Juma Namongoniy va Tohir Yo’ldosh boshchiligidagi Islom harakati paydo bo’ldi. Harakatning maqsadi prezident I. Karimovning qonuniy hukumatini ag’darish va “Islom xalifaligi” ni tuzish edi. 1999-yilning yozida va 2000-yilda jangari guruhlar Afg’onistondan Qirg’iziston va Tojikiston hududlari orqali janglar bilan O’zbekistonga kirib keldi, biroq ularning urinishlari professional o’zbek armiyasi tomonidan yo’qqa chiqarildi. Jangarilarning bir qismi tolibonlar otryadlari boshqarayotgan Afg’onistonga qaytib ketdi. Qolganlari Tojikistonning janubida, Tavildara rayonida mustahkamlanib oldi.

Afg’onistonda 1997-1998-yillarda harbiy harakatlar yakunlanmadi, aksincha anchayin keskin xususiyatga ega bo’ldi. 1997-yil iyunda toliblarning raqiblari tarkibiga A. R. Do’stum rahbarlik qilgan Afg’oniston Milliy Islom Harakati (AMIH), B. Rabboni va Ahmad Shoh Ma’sud boshchiligidagi Afg’oniston Islom Jamiyati, rahbarligida G. Hikmatyor turgan Afg’oniston Islom partiyasi va yana ikkita tashkilot kiritilgan “Afg’onistonni ozod etish Birlashgan Islom fronti” tuzildi42.

Bu paytga kelib AQSH ning O’rta Sharqdagi islom radikallari bilan munosabatlari o’zgara boshladi. 1998-yilda Keniya va Tanzaniyadagi AQSH elchixonalari portlatildi. Terroristik aktlar uchun javobgarlikni Amerika Maxsus Xizmatlari rasman terrorist deb e’lon qilingan Usama ben Ladenga yukladi va uni tutish uchun 5 mln dollar mukofot va’da qilindi. Shundan so’ng AQSH toliblarga yordam ko’rsatishni to’xtatdi va ben Ladenning bazasi deb gumon qilingan Afg’onistondagi hududlarga raketa zarbalarini berdi. Pokiston toliblar uchun asosiy ittifoqchi va yordam manbayi bo’lib qoldi. Toliblarning qurolli otryadlarida pokistonlik harbiy xizmatchilar va Pokiston fuqorolari hisobidan yollanma jangchilar urush olib bordi43.

1998-yil avgustda tolibonlar bosimi ostida Mozori Sharif shahridagi Shimoliy alyansning sobiq tayanch punkti quladi. Ulardan faqatgina Ahmad Shoh Ma’sud izchil mudofaa olib borayotgan mamlakatning shimoliy-sharqiy tog’li rayonlarigina omon qoldi. Toliblar ko’magidan foydalangan diniy fanatizm va terrorizm tahdidi Afg’oniston bilan qo’shni bo’lgan mamlakatlarni ularga qarshi kurashish uchun choralar ko’rishga majbur etdi. Rossiya, O’zbekiston, Tojikiston va Eron B. Rabboni hukumati himoyasi ostida qolgan Shimoliy alyansga harbiy yordam ko’rsata boshladi44. 1998-yil oxirida Tolibonlar hukumati, eng avvalo, Qobuldagi diplomatik korpuslar nizo tinch hal etilishi bo’yicha xalqaro muzokaralarda qatnashishga rozi bo’ldi. BMT tashabbusi ostida “Afg’onistonning qo’shnilari va do’stlari” – Pokiston, Eron, XXR, Turkmaniston, O’zbekiston, Tojikiston, va shuningdek, AQSH va Rossiya vakillaridan tarkib topgan “6+2” tinchlikparvar guruhi tashkil etildi. Muzokaralar hech qanday real natijalarni bermadi, biroq toliblarga butun Afg’oniston ustidan hukmronlikning ishonchli va to’liq o’rnatilishi bo’yicha dunyodagi umumiy qarashlarga tayyor turish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi45. AQSH dagi 2001-yil 1-sentabr voqealari Afg’onistondagi terroristik guruhlar va tolibonlar hukumatiga bo’lgan xalqaro hamjamiyatning munosabatlarini keskinlashtirdi.


Download 167,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish