1. Mavzuli xaritalarni tuzish, belgilash ishlarini
olib borish metodikasi
"Tuproqlar","Tuproq eroziyasi","Tuproq sho‘rlanishi","Melioratsiya va
tuproqni o‘zlashtirish" xaritalari tuproq turlarining hududlar bo‘ylab
tarqalishi va joylashish qonuniyat xususiyatlari, eroziyalangan va sho‘rlangan
tuproqlarning ekologik jihatlarini belgilash,tuproqshunoslik-geografik
rayonlashtirish, dehqonchilik (sug‘oriladigan va lalmi)ni va yaylov
chorvachiligini intensiv rivojlantirish va resurslaridan oqilona foydalanish
uchun tuziladi.
Ular u yoki bu hududda (erni sug‘orish, yaylovlarga suv chiqarish,
fitomelioratsiya) sug‘orish oqibatida tuproq qoplamida yuzaga keluvchi
genetik, diagnostik o‘ziga xosliklar va ekologik-geografik xususiyatlarni aks
ettiradi (5-6-7 rasm; 5-jadval).
Bu xaritalar tuproq resurslarini differension ravishda xarakterini ochish,
ulardan samarali foydalanish muddatini aniqroq aniqlash, erlarni istiqbolli
o‘zlashtirish imkonini yaratadi.
"Tuproqlar", "Tuproq eroziyasi", "Tuproq sho‘rlanishi" va "Melioratsiya
va tuproqni o‘zlashtirish" xaritalari dehqonchilikni rivojlantirish va yer
resurslaridan oqilona, samarali foydalanish va muhofaza qilish loyihalarini
tuzishda asosiy rol o‘ynashi mumkin.
2. Ilk foto axborot va fotografiya asoslari. Mavzuli xaritalarni tuzishda
oq-qora va 1:500000, 1:50000 va katta masshtabdagi spektr zonali kosmik
tasvirlardan foydalaniladi.
Kosmik tasvirlarning ishchi komplekti xaritalarni qayta ishlab chiqish
uchun qisqa spektrli diapozonda olingan va regional kosmik tasvirlarni o‘z
ichiga olishi lozim.
Kosmik tasvirlarning ishchi komplekt soni tadqiqot bajaruvchilar soniga
bog‘liq va bitta ish bajaruvchi jamoa uchun ikkitadan kam bo‘lmagan
(bittadan yarqiramaydigan va silliq foto qog‘ozdan) bo‘lishi mumkin. Bitta
komplekt ilk shartli belgilash va dala tadqiqotlari uchun foydalaniladi.
Ikkinchisida shartli belgilash tugallanadi. Yonma-yon turgan tasvirlar
oralig‘ida shartli belgilash ishlari butun maydon bo‘ylab stereo effektli
ravishda olib borilishini ta’minlaydi.
Kosmik tasvirlar kam darajada tabiiy to‘siqlarga duch kelishi maqsadga
muvofiq: bulutlilik, qor qatlami, bulutlar soyasi, cho‘qqilar va boshqalar.
Kosmik foto tasvirlar mavzuli vaziyatning barcha elementlarini xaritalash
imkonini beradigan sifatli tayyorlanganligi bilan ajralib turadi, tasvirlarning
mexanik zararlanishi va texnik nuqsonlari: dog‘, pufaklarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xaritalanayotgan hudud bir vaqtning ichida suratga oladigan ishchi
komplektdan iborat bo‘lishi zarur.
Har bir mavzuli xaritani tuzish uchun quyidagi foto asoslar komplekti
zarur:
-xalqaro miqyosda grafalarga bo‘lingan trapetsiyalar ramkasidagi
fotokartalar-2 nusxa;
-1:500000, 1:50000 va undan kattaroq masshtabda xaritalanayotgan
hududda to‘plangan fotokartalar-2 nusxa;
-topik asosda bo‘lib yuborilgan rel’ef foto kartalari-2 nusxa.
Fotokartalar foto tasvirning yanada to‘laroq interpre-tatsiyaga ega
bo‘lishini ta’minlash maqsadida qisqa zonali 510-600, 600-700, 700-850
mkm spektrli va keng diopozonli oq-qora fotos’yomkalardagi tasvirlardan
tayyorlanadi.
Fotokartaning ilk asosi sifatida yaratilayotgan fotoplan masshtabida foto
negativlardan foydalaniladi. Transformirovka qilingan tasvirlarni aniq montaj
qilish talablari quyidagicha:
-puason nuqtalarini asos nuqtalari bilan birgalikda 0,4 mm dan kam
bo‘lmagan holatda joylashmasligi;
-kontur bo‘laklarini 0,7mm dan kam bo‘lmagan holatda joylashmasligi;
-chegaradosh fotoplanlarning ma’lumotlari bo‘yicha tekisliklar uchun
0,8mm dan va tog‘li rayonlar uchun 1,5 mm dan kam bo‘lmagan holatda
joylashmasligi.
Bu talablar mavzuli konturlarning oldindan ko‘rilgan mavzuli tarmoqli
instruksiyalarida 1.0-1.5mm lik aniqlik bog‘liqligi bilan ta’minlaydi.
Bo‘lib yuborilgan topik asosdagi ulkan daryolar, asosiy yo‘llar, aholi
punktlari ko‘rsatiladi, shuningdek, gipsometrik balandliklar, bo‘lingan
qonturlar yorug‘ chiziqlarda tasvirlanadi.
Talablar, kelgusidagi chizma ishlar va fototonni rangli ravishda
rasmiylashtirish hisob-kitobiga ko‘ra fotokartalarning rangli nusxasi kam
qarama-qarshilikka ega bo‘lishi kerak.
56
Ramka ortidan qilingan rasmiylashtirish ishlaridagi tarkibiy orginallar
oldindan ishlab chiqilgan namunalar bilan mos kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |