K I R I S H
XX asrning 70-yillaridan boshlab yer tabiiy boylik manbalarini kosmik
tasvirlar yordamida o‘rganish usullari rivojlanib, bu yangi yo‘nalish
geografiya, geologiya, tuproqshunoslik, geobotanika, melioratsiya va shu
qiziqtirgan: geomorfologiya, tektonika, litologiya, gidrografik tarmoq, tabiiy
yoki madaniy o‘simlik, tuproq, qumlar, sho‘rxoklar, adirlar va turli tog‘lar
tizmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Kosmik tasvirlarning muhim jihati-uning ma’lumotlarga boyligidir.
Masalan, "Meteor" sun’iy yo‘ldoshining ma’lumotlar doirasi ming kilometrni
egallaydi. "Salyut" orbitasi stansiyasidan KATE-140 apparati uchish yo‘nalishi
bo‘yicha perpendikulyar 450 km kenglikdagi doirani tasvirini o‘z ichiga oladi.
Boshqacha qilib aytganda qisqa muddat ichida orbitadan turib ulkan, ya’ni 5
daqiqa ichida orbitadan 1000 km2 li maydonlar tasvirga olinishi mumkin.
Kosmik tasvirlarning yana bir muhim jihati uning tezkorligidir, bu bir
paytning o‘zida o‘simliklar, tuproq qoplami holati, keng qamrovli
eroziyalanish jarayoni, sho‘rlangan maydonlar va qishloq xo‘jaligi
ekinlarining holati haqida ma’lumotlar bera oladi. Buni sho‘rlanish va tuproq
eroziyalanishining dinamik jarayonining masofada o‘zgarishi, landshaftlar
tuzilishiga antropogen ta’siri, suv omborlari, ko‘llar va daryo qirg‘oq bo‘ylari
va tog‘lardagi muzliklar holatini takror tasvirga olish natijalari bo‘yicha
ko‘rishimiz mumkin. Undan tashqari amalga oshirilgan kosmik apparatlar
yordamida uchishlar natijasida yerning yuza qismidagi boy ma’lumotlarni
belgilangan uzviylik davr asosida zudlik bilan katta kengliklarda tasvirga olish
mumkin.
Kosmik usullar bilan tabiiy muhitni, yer qoplamini o‘rganish ustunligi
shundaki, u keng ko‘lamligi, doimiyligi, davomiyligi va boshqa kuzatuvlarning
bir butunligi bilan ajralib turadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida tuproqshunoslik va qishloq xo‘jaligini
kosmik ma’lumotlar bo‘yicha o‘rganish Qishloq xo‘jaligi Departamenti
Aeronavtika va kosmik kengliklarni o‘rganishni Milliy Boshqarma bilan
hamkorlikda olib boriladi. Sobiq Ittifoq davrida tabiiy muhitni kosmik
vositalar yordamida o‘rganish masalalari bilan "Tabiat" Davlat markazi,
gidrometerologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish bo‘yicha Davlat Qo‘mitasi,
shuningdek, ularning Markaziy Osiyo, Kavkaz, Sibir va boshqa joylardagi
filiallari va bo‘limlari shug‘ullangan.
Yer yuzasini kosmosdan turib foto tasvirlarga tushirish, o‘ziga xos
tasvirlar olish qo‘l bilan ishlatiladigan kamera va fotoapparatlar yordamida
olib borilib, ular xususiy "Zond-5","Zond-6","Zond-7" avtomatik stansiyalar
va "Vostok", "Vosxod", "Soyuz" fazo kemalari hamda "Salyut" orbital
stansiyasi yordamida amalga oshirilardi.
1967 yilda "Kosmos" seriyali yo‘ldoshlar uchirilib, ular yaxlit "Meteor"
kosmik tizimni dunyoga keltirdi. Yo‘ldoshlar orbital tizimda 625-630km
balandlikka olib chiqildi. 1977 yildan buyon "Meteor"ga doimiy ravishda
tezkor usul bilan Yerning yuza qismi holatini o‘zgarishi haqidagi axborotlar
to‘rt zonali ko‘rinishda va spektrli infraqizil diapozonda tasvirlanib, ko‘rsatilib
bordi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining fazo kemalari-"Merkuriy", "Djeminay" va
"Apollon" Yer sharining katta miqdordagi maydonlarni kosmik tasvirlari
orqali ifodalab bera boshladi. Bundan tashqari, o‘tgan asrning 70-yillarida
maxsus meterelogik yo‘ldoshlar: "Tayra" va "Nimbus", Erning tabiiy
boyliklarini o‘rganuvchi ilk maxsus yo‘ldosh - "ERTS-1", "Skaylab" orbital
stansiyalari va boshqalar uchirila boshlandi.
Shunday qilib, tabiiy boyliklarni o‘rganish uchun yerning sun’iy
yo‘ldoshlari, kosmik kemalar, orbital stansiyalardan juda keng miqyosda
foydalanish ishlari avjiga kirdi.
Bugungi kunda ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan, Markaziy Osiyo
respublikalarida tuproq qoplamida paydo bo‘lgan sho‘rlanish va
eroziyalanish jarayoniga chalingan hududlarni kosmik tasvirlar asosida turli
masshtabli- 1:500000, 1:200000, 1:100000 va 1:50000 da turli mazmunli
xaritalar tuzishga sharoitlar hosil bo‘lmoqda. Bu izlaninishlar oq-qora va
spektr zonali kosmik tasvirlardan foydalanish orqali olib boriladi.
Kosmik tasvirlarda xaritalangan tabiiy va xo‘jalik ob’ektlari fototon,
tuzilma va teksturada etarli darajadagi aniq ifodalanishi bilan ko‘zga
tashlanadi. Bu esa turli ekologik sharoitlarda tarqalgan tekisliklar, tog‘oldi,
tog‘li va baland tog‘li landshaftlarda rivojlangan, shuningdek, tuproq va
o‘simliklar qoplamining aks etishi aniq belgilar orqali o‘zaro bevosita
bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Kosmik axborotlar asosida tuzilgan tuproq-qishloq xo‘jalik xaritalaridan-
"Tuproqlar", "Tuproq eroziyasi", "Tuproq sho‘rlanishi" va "Melioratsiya va
tuproqlarni o‘zlashtirish" kabi xarita tuzish borasidagi izlanishlar bo‘lib, ilk
bor tuzilgan mavzuli xaritalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |