Xx asrning 70-yillaridan boshlab yer tabiiy boylik manbalarini kosmik



Download 1,5 Mb.
bet4/6
Sana18.02.2022
Hajmi1,5 Mb.
#456651
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xaritalash mustaqil ish

3.Ishni olib borish metodikasi.
1. Turli turdagi kosmik s’yomkalarni yig‘ish va tayyorlash: oq-qora,
rangli, xaritalash ob’ektlarini sperktozonalash s’yomkalari.
2. Kosmik tasvirlarni shartli belgilashga tayyorgarlik ishlari.
3. Kosmik tasvirlarni shartli belgilashning umumiy qoidalari, usullari,
uslublari va yondoshish yo‘llari aniqlanadi.
4. Gidrografiya, rel’ef shartli belgilanadi va rel’ef turi va asosiy shakllari
o‘ziga xos xususiyatlari bilan birga turli masshtablarda tuproqni xaritalash
uchun ajratiladi.
5. Kosmik tasvirlarda rel’ef shakllarini guruhlash, tizimlashtirish tog‘
tizmalari, daryo vodiylari, sug‘oriladigan va lalmi yerlar, yaylov-o‘tloqlar, yer
suvlari va yangi o‘zlashtirilgan hududlarning toni, teksturasi va tuzilmasi
bo‘yicha olib boriladi.
6. Inson xarakteri, turli xo‘jalik faoliyati (sug‘orish, lalmi ekinlar ekish,
terrrasalashtirish, o‘rmon ko‘chatzorlarini yaratish va boshqalar) mavjud
gidrotexnik qurilmalar, sug‘orish va meliorativ ob’ektlar bilan bog‘langan
holda ajratiladi.
7. Kosmik tasvirlar asosida tuproq hosil qiluvchi rel’efning shartsharoitlariga xarakteristika berish va tekisliklar, tog‘oldi va baland
landshaftlar (tog‘ balandliklari, plato, qiyaliklar, adirliklar, konusdan chiqish,
tog‘lararo pastlashish, daryo terrasalari, daryolarga quyilish joylari, buralmaqumli yuza qismlar, qoldiqlar va boshqalar)ning ko‘rinish va tuzilish
elementlarini elementlarini xaritalash.
8. Tuproq hosil qilmaydigan ob’ektlarni konturlash (muzliklar, qorliklar,
ko‘llar, suv omborlari, cho‘qqilar, qumlar, o‘pirilgan joylar va boshqalar) va
asosiy tuproq hosil qiluvchi jinslarning tarqalish qonuniyatlarini aniqlash (soz
tuproqlar, prolyuvial qatlamlar, alyuvial qatlamlar, kul qatlamlar,
agroirragitsion qumloqlar, ohaktoshlar, sho‘rlangan jinslar va boshqalar) va
konturlash.
9. Tuproq vertikal zonalarining taqsimlanish, joylashishi asosiy
qonuniyatlarini aniqlash va ko‘rinishi. Tuproq qatlami, er-suv mulklari va
meliorativ ob’ektlar va ularning dastlabki indeksatsiyalarining bir jinsli va bir
jinsli bo‘lmagan (majmualar, birikish, mozaikalar) konturlar tarkibi,
mundarijasini konturlash va ajratish.
10. Tuproqlarning xarakterli belgilari, genetik o‘ziga xosliklari, geografik
xususiyatlari an’anaviy tuproq xaritalash materiallarini kosmik tasvirlarda
ajratib ko‘rsatilgan (shartli ravishda belgilab qo‘yilgan) konturlar bilan
tasvirlangan tuproq, tuproq eroziyasi va tuproq meliorativ bo‘linishlarining
alohida xarakteristikasini o‘rnatish maqsadida solishtirish.
11. Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar, tuproqning granulometrik tarkibi,
sho‘rlangan, toshli tuproqlar va o‘ta namlanib ketgan maydonlarning ajratib
ko‘rsatilgan tuproq konturlarini ajratib ko‘rsatilishi.
12. Ajratib ko‘rsatilgan konturlarda tuproq qoplami va tuproq vertikal
zonasining genetik-geometrik shaklini kosmik foto tasvirlar, tuproq hosil
qiluvchi ona jinslar, rel’ef shart-sharoitlari, tuproqning granulomeitrik tarkibi
va tuproq hosil qiluvchi jarayonlarnt va tarqalish xususiyatlariga bog‘liq
holda tasvirlanishini belgilash.
13. Kosmik s’yomkalardan foydalanish asosida mavzuli tuproq
xaritalariga izohlar namunalarini tuzish. Xaritalar izohlarini aniqlash,
tushuntirish matnlarini tayyorlash va mualliflik sahifalarida terma izohlarni
ishlab chiqish, tayyorlangan xaritalar ma’lumotlarini ko‘paytirish yoki chop
qilish uchun ko‘rsatmalar tuzish, rasmiylashtirish ishlariga tavsiyanomalar
berish.
Yuqorida ko‘rsatilgan ishlar, qoidaga ko‘ra, daryo terrasalari, tog‘lar
oralig‘idagi vodiylar, tog‘ va baland tog‘ qismlarini xarakterlaydigan tipik
maydon hududlarida olib borildi.
Kosmik tasvirlarda tonlarning to‘q rangdan to och kulranggacha
tasvirlash va birikish teksturasining o‘zgarishining rel’ef va tuproq hosil
qiluvchi boshqa shart-sharoitlar bilan bog‘liq holda (o‘simliklar,tuproq hosil
qiluvchi ona jinslar, insonning xo‘jalik faoliyati) turli klassifikatsion darajadagi
tuproqlarning bir jinsli va bir jinsli bo‘lmaganlarga (majmualar va birikish)
bo‘linishiga va ularni xaritalarda katta aniqlik bilan konturlashga olib keladi.
Xaritalarda tabiiy xo‘jalik sharoitlarining xilma-xilligi va ularning ta’sirini
murakkab tuproq qatlamlari shakllanishida to‘laroq ko‘rsatish uchun
kamerali ishlardan tashqari o‘rganish ob’ektlarida bevosita aerovizual
tekshiruvlar olib boriladi va dala ekspeditsiya tadqiqotlari o‘tkaziladi. Tuproq
landshaft profillarini ob’ektlarda joylashtirish ishlari shunday olib boriladiki,
oqibatda ûz ichiga barcha tabiiy-antropogen sharoitlar va kosmik tasvirlarda
ifodalangan barcha tuproq ayirmalarini o‘z ichiga oladi. Profillar umumiy
qabul qilingan tuproqshunoslik-geografik usullarga ko‘ra bir-biridan 3-5km
oraliqda joylashtirildi. Tuproqlarning xarakterli konturlardan olingan
namunalari termalari laborotoriyada tahlil etiladi (5-jadval). Kosmik
tasvirlarda ifodalangan turli tuproq guruhlari va ularning klassifikatsion
darajasi va genetik birliklari, xossa va xususiyatlari aniqlanadi. Dala
tadqiqotlari davrida unchalik ishonchli bo‘lmagan tuproq konturlarining
mazmunlari atroflicha aniqlandi va to‘ldirildi, to‘liq izohlarga asoslangan
mavzuli xaritalar tuzildi.




















Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish