Xx asr G’arb adabiyotidagi g’oyaviy jarayonlar XX asr Amerika adabiyoti Namoyondalari Uilyam Folkner haqida



Download 33,74 Kb.
bet4/5
Sana16.09.2021
Hajmi33,74 Kb.
#175853
1   2   3   4   5
Bog'liq
XX asr Amerika adabiyoti

Ernest Xeminguey(1899–1961).  XX  asr  tengdoshi  bo‘lgan  Er-
nest Xeminguey davrning asosiy voqealariga guvoh bo‘ldi. U o‘z 
davri va o‘zi bilgan odamlar haqida yozdi, yozganda ham haqqoniy, 
aniq, xayron qolarli darajada lo‘nda, sodda va teran yozdi. Uning 
mahorati  ham  aynan  shunda  edi.  Hayotlik  paytidayoq  u Amerika 
klassigi sifatida tan olingan edi.
“Yozuvchining vazifasi o‘zgarmasdir, – deydi Xeminguey. –Un-
ing o‘zi o‘zgarishi mumkin, biroq vazifasi muqimligicha qoladi. 
Ya’ni, haqqoniy yozish kerak va haqiqatni anglagach, uni shunday 
bayon qilish kerakki, u o‘quvchining ongiga o‘z tajribasining ajral-
mas qismi sifatida singsin”
Ernest Xeminguey Ouk-Park shahrida shifokor oilasida tug‘iladi. 
U maktabni bitirgandan so‘ng, kichik bir gazetada ishlaydi. Ovru-
paga boradi: avval Fransiyada, keyin Italiyada joylashgan Amerika 
sanitar qismlarida turib, Birinchi jahon urushida qatnashadi. Urush-
dan so‘ng u Amerika gazetalarining muxbiri sifatida o‘z mamlakati-
ga qaytib, Florida sohillarida istiqomat qiladi. 
 Xeminguey Ispaniya respublikachilarining fashist fitnachilariga 
qarshi olib borgan kurashlarida faol qatnashgan va bu haqda ko‘p 
asarlar yozgan, Ikkinchi jahon urush yillarida aviatsiya qismlari-
da  muxbir  bo‘lib  ishlagan.  Ittifoqchilar  armiyasining  Fransiyaga 
bostirib kirishlarida ishtirok etgan.
Xeminguey ijodining boshlanishi Birinchi jahon urushidan key-
ingi  yillarga  to‘g‘ri  keladi.  «  Bizning  zamonda»  (1925)  kitobiga 
kirgan hikoyalarida yozuvchi, birinchidan asarning lirik qahramoni 
Nik Adamsning yoshligi, o‘smirlik yillari, sevgisi va oilasi haqida 
hikoya qilsa, ikkinchidan tinch hayot haqidagi xayollarga qonli 
urush voqealarini qarama-qarshi qo‘yadi. Individualistik xarakterda 
bo‘lsa ham, asarda urushga qarshi qahramonning noroziligi bayon 
etiladi. 
Imperializm  keltirib  chiqargan  bosqinchilik  urushlarini  nafrat-
lashga bag‘ishlangan «Alvido, qurol!» (1929) romani yozuvchi ijo-
dida  muhim  bosqichni  tashkil  etadi. Asarda  Birinchi  jahon  urushi 
yillarida Avstriya frontida ro‘y bergan voqealar hikoya qilinadi. San-
itar xizmati leytenanti amerikalik Genri urushning butun dahshatlari 
– ocharchilik, ifloslik, o‘zaro qon to‘kish va son-sanoqsiz begunoh 
kishilarning o‘lib ketayotganligini ko‘rib, urush haqidagi fikrlarin-
ing  puch  xayoldan  iborat  ekanini  biladi  va  umidsizlikka  beriladi. 
Italyan soldat, ofitserlari bilan samimiy suhbat va aloqalar uni mil-
liy xudbinlik va mag‘rurlikdan xoli qiladi. Shuning uchun leyten-
ant Genri urushdan yuz o‘girib, qurolini tashlab, betaraf mamlakat 
– Shveytsariyaga o‘tib ketadi. Yozuvchi urush qabohatlariga shaxsiy 
hayotni  qarshi  qo‘yadi.  Genri  Ketrin  Berkliga  bo‘lgan  sevgisi  bi-
lan urush dahshatlaridan ham tashqi, dunyo mashaqqatlaridan ham 
qutulishga intiladi. Lekin u shaxsiy hayot va muhabbatdan ham baxt 
topa olmaydi. Ketrin tug‘riqxonada o‘lganidan so‘ng Genri butunlay 
umidsizlikka tushib qoladi. «Alvido, qurol!» romanida Birinchi ja-
hon urushi va umuman urush qoralanadi. Biroq unda bayon etilgan 
norozilik shaxsiy yo‘sindadir. 
qidchi, adabiyotshunos Ralf Uoldo Ellison (1914–1994) – o‘zining 
yagona yakuniga yetkazilgan “Ko‘rinmas odam”(1952) romani bi-
lan nom qozondi. Bo‘lajak yozuvchi AQShning Oklaxoma shtadi-
dagi Oklaxoma-Siti shahrida tug‘ildi.
1933-yili  u Alabamadagi  Taksigi  universitetiga  o‘qishga  kirdi. 
Bu yerda u modernistik adabiyot bilan jiddiy qiziqib qoldi. O‘qishni 
tugatish uchun mablag‘ yetishmaganligi bois, uch yildan keyin 
o‘qishni tashlab, Nyu-York shahriga keladi. Bu yerda u rassom Ro-
mare Birden va yozuvchi Richard Rayt bilan tanishadi. Rayt unga o‘z 
kuchini yozuvchilikda sinab ko‘rishni maslahat beradi va tez orada 
Ellison o‘zining birinchi hikoyasi “Hymie’s Bull”ni chop ettiradi. 
1937–1944-yillarda  u  muntazam  ravishda  Nyu-York  jurnallarida 
hikoya va tanqidiy maqolalari bilan ishtirok etadi. 49-yillarning ox-
irlaridan Ellison “Ko‘rinmas odam” romani ustida ishlay boshladi. 
Roman XX asrning 40-yillarida Nyu-York shahrida istiqomat 
qiluvchi, ismsiz afroamerikalikning nomidan yozilgan bo‘lib, 
tabulangan  mavzularga  ham  to‘xtalib  o‘tadi. Asar  katta  muvaf-
faqiyat qozondi, hamda muallifga nufuzli Milliy kitob mukofoti 
topshirildi. 
1955–1958-yillarda Ellison Ovrupada bo‘lib, bir necha muddat 
Rimda yashadi. Keyin u Qo‘shma shtatlarga qaytib, Bard shahridagi 
kollejda Amerika va rus adabiyotidan dars bera boshladi. 1964-yil-
dan Rutger va Yel universitetlarida ishladi. 1964-yili uning “Ta’qib 
qil va harakat qil” (Shadow And Act), esselar to‘plami chop etildi. 
Bu  yillarda  Ellison  tugatishga  ulgurmagan  “19-iyun”(Juneteeth) 
romani ustida  ishladi. Uning yozishicha, roman qo‘lyozmasining 
asosiy qismi yozuvchining Massachusets shtati Pleynfild shahridagi 
uyida 1967-yili sodir bo‘lgan yong‘in paytida nobud bo‘lgan. 
1985-yili yozuvchining o‘n yettita essedan iborat “Hududga ke-
tayotib” (Going to the Territory) to‘plami nashr ettirildi. To‘plamga 
mashhur yozuvchi Uilyam Folkner va yirik afroamerikalik ijodkor 
Richard  Raytlar  ijodi,  shuningdek,  afroamerikaliklarning  AQSh 
madaniyatiga qo‘shgan hissasi tadqiq qilingan esselar ham kiritil-
gan. 1970-yili Ellison Fransiyaning san’at va adabiyot Ordeni bilan 
taqdirlandi va Nyu-York universiteti o‘qituvchilarining tarkibiga do-
imiy a’zo qilib tayinlandi.
Ellison 1994-yilning 16-aprelida vafot etdi. O‘limidan keyin un-
ing  chop  etilmagan  qo‘lyozmalari  topildi.  1996-yili  “Uyga  uchib 
ketayotib va boshqa hikoyalar”(Flying  Home: And  Other  Stories) 
kitobi, 1999-yili esa adibning professor Jon F.Kallaxan tahriri ostida 
368  sahifadan  iborat  tugallanmagan  “19-iyun”(Juneteeth)  romani 
nashrdan chiqarildi. 
Amerikalik  yozuvchi  Jerom Devid Selinjer (1919–2010)ning 
asarlari 1940-yillarning ikkinchi yarmi va 50-yillarda The New York-
er  jurnalida nashr etila boshlandi. 
Selinjer 1919-yilning 1-yanvarida Nyu-Yorkda yahudiy oilasida 
tavallud topdi. U 1936-yili Velli-Forj shahridagi harbiy bilim yurtini 
tamomladi. 1937-yili Jerom Nyu-York universitetida ma’ruzalar tin-
gladi. 1939-yilda Kolumbiya universitetiga o‘qishga kirdi va “Sto-
ri”  jurnalining  muharriri  U.Bernettning  qisqa  hikoyalar  haqidagi 
ma’ruzalarini tingladi. 
Selinjer Manxettenda ulg‘aydi va maktabda o‘qib yurgan yillari 
hikoyalar yoza boshladi. Uning ilk asari bo‘lgan “Yoshlar” hikoya-
si Ikkinchi jahon urushidan oldin, 1940-yili “Stori” jurnalida chop 
etildi1941-yildan «The New Yorker» jurnali bilan hamkorlik qila 
boshladi va bir nechta hikoyalarini chop ettirdi. Urush boshlanganda 
ko‘ngilli bo‘lib frontga ketdi. 1944-yili serjant Selinjer Normandi-
ya, Ardenna va Xyurtgendagi janglarda qatnashdi. Urushda u harbiy 
muxbir Ernest Xeminguey bilan uchrashdi. Frontda tutgan kundal-
igiga: “Men kerakli vaqtda kerakli joyda ekanligimni his qilmoqda-
man, chunki bu yerda butun insoniyatning kelajagi uchun jang ket-
moqda”, deb yozib qo‘ygan edi. 
1948-yilda  yozilgan  “Bananka  –  balig‘i  yaxshi  ovlanmoqda” 
hikoyasi uning birinchi jiddiy muvaffaqiyati bo‘ldi.
1940-yillarni ikkinchi yarmida Selinjer Amerika novellistikasin-
ing eng mohir muallifi sifatida nom qozondi. Birinchi hikoyasi chop 
etilgandan o‘n bir yil o‘tgach, 1951-yilning 16-iyulida yozuvchining 
“Javdardagi tik jarlik ustida” romani bosmadan chiqdi va juda katta 
muvaffaqiyat qozondi, tanqidchilarning e’tiboriga tushdi. Yuqori sinf 
o‘quvchilari va talaba yoshlarning bir necha avlodi asar qahramoni
voyaga  yetayotgan  Xolden  Kolfildning  bolalikdagi  orzu-umidlari, 
tasavvurlarini birin-ketin yo‘qolib borishini achinib, xayrixohlik bi-
lan kuzatib bordi. Qisqa muddatda kitob 60 million nusxada sotildi 
va hozirgi vaqtda ham har yili 250 000 nusxada sotilmoqda. 
Selinjer asarlarining aksariyat qahramonlari o‘n yetti yoshga-
cha bo‘lgan o‘smir yoshlar. Biroq uni “bolalar” yozuvchisi deyish 
to‘g‘ri emas. Selinjer o‘z asarlarida (birinchi navbatda “Javdardagi 
tik jarlik ustida” romani) o‘smir-qahramonlarning ularni o‘rab tur-
gan “kattalarning” qabih va shafqatsiz dunyosiga qarama-qarshiligi 
mavzusini ko‘tarib chiqadi. Yozuvchi adabiyot vositalari yordamida 
intuitiv  ravishda  1980–90-yillarda  fransuz  faylasuflari  Jan-Lyuk 
Nansi va F.Laku-Labartlar “inkor qiluvchi, rad etuvchi” deb atagan 
sub’ektning obrazini yaratdi.
1965-yildan keyin yozuvchi o‘z asarlarini chop ettirmay qo‘ydi 
va uzlatda yashay boshladi. O‘zining so‘nggi intervyo‘sini  1980-
yili berdi. Hayotining so‘nggi yillarida u tashqi olam bilan aloqani 
uzib, deyarli hech kim bilan muloqat qilmadi. Selinjer 2010-yilning 
27-yanvarida 91 yoshda vafot etdi. 
Amerika yozuvchisi Uilyam Stayron (1925–2006) adabiyot so-
hasidagi  ko‘plab  mukofotlar,  jumladan,  Pulitser  mukofoti  (1968) 
sohibi, nosir, dramaturg, essenavis. Virginiya shtatida tug‘ilgan Ui-
lyam, Shimoliy Karolina shtatidagi Devidson kollejini tamomladi 
va Ikkinchi jahon urushi so‘ngida harbiy xizmatda bo‘ldi. Urushdan 
keyin Dyuk universitetida o‘qib, 1947-yili ingliz tili bo‘yicha baka-
lavr darajasini oldi.

Xulosa
Amerika adabiyoti o’zinning ko’p yillik davrida. O’quvchi kitobxonlar nigohida yangilanishlarni boshlab berdi. Bu davrda ijod qilgan yozuvchilar o’z asarlarida zamonning adolatsizliklariga munosib javob qaytardi.

XX asrning birinchi yarmida AQSh adabiyotida katta umumlash-


malarga  intilish  kuchaydi,  buni  T.Drayzerning  “Amerika  fojeasi” 
romani misolida kuzatish mumkin. Tanqidiy realizm yo‘nalishida 
G.Spenser  falsafiy  qarashlarining  ta’siri  sezilarli  ekanligi  ko‘zga 
tashlandi. Spenser evolyusionizmining ta’siri T.Drayzerning “Istak 
trilogiyasi” va J.Londonning bir qancha asarlarida o‘z aksini topdi.
AQSh adabiyotida novella janri XIX asrdagi mavqeyini yo‘qotdi.
Uning o‘rnini realistik roman egalladi. Shu bilan birga, bir qator yo-
zuvchilar faqat novella janrida ijod qildi. Shunday yozuvchilardan 
biri O.Genri (Uilyam Sidni Porter) edi. U Amerika adabiyotida “hap-
py end”ning asoschisi bo‘ldi va novella janrining yangi yo‘nalishini 
belgilab


Download 33,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish