Uilyam Folkner (1897–1962). XX asr AQSh adabiyotining
yirik namoyandalaridan biri. U “Nurafshon avgust”, “Shovqin va
qahr”, “Shahar”, “Qo‘rg‘on”, “Qishloq”, “Ayiq”, “Xoku turobni
bulg‘ovchi”, “Sahro”, “O‘lim to‘shagida”, “Sartoris”, “Avessalom,
Avessalom”, “Rohibaga marsiya”, “Hikoyalar majmuasi” singari ja-
honga mashhur asarlar muallifi.
“Rivoyat”, “O‘g‘rilar” romanlariga Amerikaning “Pulitser” mu-
kofoti berilgan. 1950-yilda uning asarlari Nobel mukofotiga sazovor
bo‘ldi. Folkner dunyoning o‘ziga xos, betakror, eng keskin uslubli
adiblaridan biri. U inson fojialarini eng yuksak gumanizm nuqtai
nazaridan yorita oldi. XIX–XX asr Amerika hayoti, tarixi reallikla-
rini, tang vaziyatlarni haqqoniy, qiziqarli tasvirlaydi. O‘ziga xos
“tang” uslubda yozadi. Uning barcha asarlari, ularning voqealari,
qahramonlari o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketadi. Va yaxlit san’at
diyori gavdalanadi. Realizm, naturalizm, modernizm uning asar-
larida yorqin, ta’sirchan adabiy-badiiy hodisa kabi hayratga soladi.
Agar Xemingueyning tashqi ko‘rinishi, fe’l-atvori, adabiyotdagi us-
lubi modaga kirgan bo‘lsa, Folkner Amerika va jahon adabiyotiga
real chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Xeminguey jahon urushlari (Birinchi
va Ikkinchi), turli mamlakatlar va odamlar haqida yozgan bo‘lsa,
Folkner o‘zining aksariyat asarlarida AQShning Mississipi shtatin-
ing Yoknapatof okrugi haqida yozdi.
Umuman olganda, mazkur okrug AQShning agrar hududi bo‘lib,
bu yerda sanoat, ishlab chiqarish munosabatlari yyyetarli darajada
rivojlanmagan, irqiy munosabatlarda muammolar yyyetarli dara-
jada. Tabiiy rivojlanish to‘xtatilganda, xatto odamlar xotirasida ham
ko‘p narsalar yo‘q bo‘lib ketadi, tarix afsonaga aylanadi.
Bu afsona hozirga qadar yashab keladi. Adabiyot u bilan cham-
barchas bog‘liq. Bu afsona janubliklarga o‘z ma’naviy mustaqillig-
ini saqlab qolishga yordam beradi. AQShda hozir regional adabiyot
deyarli yo‘q, garchi Gottornni Yangi Angliyasiz, Mark Tvenni esa
Yovvoyi G‘arbsiz tasavvur qilish qiyin bo‘lsa ham. Shuningdek,
janubiy romanchilik maktabi haqida ham gapiriladi. Bu janubliklar
yo‘qolib ketmaganliklaridan dalolat beradi. Folkner bu afsonaning
mohiyatini juda aniq, yorqin bo‘yoqlarda aks ettiradi.
Adibning 1924-yili nashr ettirilgan “Marmar favn” she’riy
to‘plami muvaffaqiyat keltirmadi. 1925-yili u taniqli yozuvchi
Shervud Anderson bilan tanishdi, aynan u Folknerga she’riyat bilan
emas, nasr bilan shug‘ullanishni, o‘zi yaxshi bilan Janub va janub-
liklar haqida yozishni maslahat beradi. 1926-yili uning “Askar mu-
kofoti” romani chop ettirildi. Adib urushdan qaytib kelib, tinch ha-
yotga moslasha olmagan, jismoniy va ruhiy majruh kishilarning fo-
jeasini tasvirlaydi. 1927-yili “Moskitlar”, 1929-yili esa “Sartoris”,
“Shovqin va qahr” romanlari e’lon qilindi. Shundan keyin Folkner
o‘zini to‘liq adabiyotga bag‘ishlashga qaror qildi. Zo‘ravonlik va
qotillikka bag‘ishlangan “Ibodatxona” (1931) romani katta shov-
shuvga sabab bo‘ldi.
30-yillarda Folkner gotika uslubida “O‘lim to‘shagida”, “Sarto-
ris”, “Avessalom, Avessalom” romanlarini yozdi. 1942-yili yozu-
vchi o‘zining eng mashhur qissalaridan biri “Ayiq”ni chop ettirdi.
1948-yilda rasizm muammosi bilan bog‘liq, muhim ijtimoiy romani
“Xoku turobni bulg‘ovchi” yozdi. 40–50 yillarda yozuvchining Ja-
nublik zodagonlarning fojeali taqdiriga bag‘ishlangan “Shahar”,
“Qo‘rg‘on”, “Qishloq” romanlaridan iborat eng yaxshi trilogiyasi
nashrdan chiqdi. 1949-yili Folkner zamonaviy roman janrini rivo-
jlantirishdagi xizmatlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
I.G‘ofurov “Uosh”, “Emili uchun atirgullar”, “Qora musiqa”,
“To‘zonli sentyabr”, “O‘t qo‘yuvchi”, “Qorong‘i tushganda”, “Alvon
yaproqlar”, “Karkasson” hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |