Mavzu: XVI-XVII asrlarda G‘arbiy Yevropada ilk utopistik sotsializm. Niderlandiyada siyosiy mafkuralar rivoji



Download 152 Kb.
bet1/17
Sana29.04.2022
Hajmi152 Kb.
#594056
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Амударья - копия - копия (10)


MAVZU: XVI-XVII asrlarda G‘arbiy Yevropada ilk utopistik sotsializm. Niderlandiyada siyosiy mafkuralar rivoji



  1. 1. Tomas Morning utopik qarashlari.

  2. 2. Tommazo Kampanellaning ideal jamiyat to’g’risidagi orzusi.

  3. 3. Utopik-sotsializm maktabi namoyandalarining faoliyatlari.

Xayoliy sotsializm - 1) amalga oshmaydigan, real bo’lmagan, xayoliy, g’ayrimilliy sotsializm. Jamiyat taraqqiyoti qonunlari haqidagi bilimga ega emas, balki ideal ijtimoiy tuzum kurish haqidagi orzu-xayollarga asoslangan ta’limot.

  1. Kelajakdagi ideal ijtimoiy tuzumni aks ettiruvchi amalga oshmaydigan
    orzu, xom xayoliy sotsializm;

  2. Jamiyat tuzumining ideal kelajagini tasvirlovchi badiiy asar haqidagi
    qarashlar.

Xayoliy sotsializm — ideal jamiyat to’g’risidagi utopik ta’limot. "Xayoliy sotsializm" termini Tomas Mor (1478-1535), Tommazo Kampanella (1568-1539) tomonidan ishlab chiqilgan. Utopik sotsializm asoschilaridan biri ingliz gumanist-mutafakkiri Tomas Morning "Utopiya" (1516) asari nomidan olingan.
G’arbiy Evropa mamlakatlaridagi XIX asr xayoliy sotsializm tarafdorlaridan Anri Sen-Simon (1760-1825), Sharl Fure (1772-1837) va Robert Ouen (1771-1858) bo’lib hisoblanadi.
1520 yil ozodlik va tenglikning ajoyib jangchisi bo’lgan Tomas Myuntser vafot etdi. Bu voqea Germaniyada bo’lib o’tdi. O’n besh yil o’tib esa Angliya mo’zofotida ajoyib inson Tomas Mor olamdan o’tdi. Bu ikki insonning ovozasi o’z davrida butun Evropa bo’ylab tarqalgan edi. Ular boshqa-boshqa mamlakatlarda yashar, harakat uslubida ham hech qanday umumiylik yqq, harakterlarida ham o’xshashlik bo’lmasa-da, ular o’z fikrlaricha ikkisi ham kommunistlar edi. Biri dehqon va hunarmandlarni to’plab, knyazliklar va dindorlarni titratgan xalq rahbari, tashqilotchi va yo’l boshlovchi edi. Ikkinchisi esa bugun dunyoni lol qoldiradigan asarlar yozgan, ingliz qiroli saroyida lord-kantsler degan ulug’ martabaga erishgan olim va davlat arbobi edi. Ularning ikkisi ham mardlikda, o’z fikrlarining mustahkamligida teng edilar, ikkisida ham bir maqsad bor edi - adolatli xalq davlatiga va jamiyatiga erishish va ikkisi ham eshafotda hayotdan ko’z yumdi.
XVI asrda ingliz savdogarlariga mislsiz boylik keltirgan, yangi erlar ochgan yangi Amerika koloniyalari ingliz mollarini harid qila boshladi. Mahso’lot ko’paydi, demak ishlab chiqarishni ham orttirish kerak edi. Chet davlat bozorlarida ingliz yungiga bo’lgan ehtiyoj o’sib, yung narxi shunchalik oshdiki, natijada er egalari erlarini dehqonlarga bergandan ko’ra chorvachilik bilan shug’ullanish foydaliroq degan xulosaga kelishdi. Shuning uchun ham o’z erlaridan ijarachi dehqonlarni hayday boshlashdi. Ersiz qolgan dehqonlar o’z ishchi kuchlarini manufaktura savdogarlariga sotishlariga to’g’ri keldi. Shunday qilib XVI asr boshlaridan boshlab angliyada sekin-asta yangi kapitalizm paydo bo’la boshladi. Buning kapitalizm deb atalishiga sabab unda asosiy o’rinni kapital egallar edi Savdogar katta korxona olishi va unga kerakli ishchi kuchini sotib olishi uchun. Dehqonchilik yqq bo’lishi bilan birga ishsiz qolgan xizmatkorlar va o’zaro urushlar tugagani oqibatida ishsizlar ko’paydi. Buning oqibatida esa sanoatni yutib yuborishi mumkin bo’lgan darajada ishsizlik ortdi. Bu vaqtda esa ishsiz qolish jallod qkliga tushish demakdir, chunki ishsizlik va kambag’allik katta jinoyat hisoblanardi.
1520 yil Angliya qiroli Genrix VIII ning qonuniga binoan faqat qari va ishga yaroqsizlargina gadoylik qilishi mumkin edi. Solom odamlar gadoylik qilib qqlga tushsa ularni qamchi bilan savalashar va qamashar edi.
1536 yilda esa qonun yanada qiyinlashdi. Agar kimda kim ikkinchi bor gadoylik qilib qqlga tushsa savalash bilan birga qo’loqlari kesilar, uchinchi bor qqlga tushsa xalq dushmani sifatida qamab qqyishardi. Tarixchilarning so’zlariga qaraganda, Genrix VIII davrida xuddi shunday jazo bilan 7200 kishi jazolangan ekan. Lekin bu bilan qirol kambag’allikni yqq qila olmadi.
Ishsizlik va kambag’allik jinoyat deb e’lon qilinsa-da, xristian xalqining qadimiy orzusi bo’lgan tenglik va qardoshlik ham ziddiyatni to’xtata olmadi. Va shu davrda faqat bir insongina shunchalar mard va o’zoqni ko’ra oladigan ediki, u odamlarga hamma qiyinchiliklar va ziddiyatni echishning yaxshi usuliga yo’l ko’rsata oldi. Bu kommunizm kelajagining ko’rinmas tasvirini chizgan inson qirolning lord-kantsleri Tomas Mor edi. U 1478 yil Londonda sudyalar oilasida dunyoga keldi. Maktabdan keyin Oksford universitetida tahsil oldi. Lekin otasi uning huquqshunos bo’lishini istagani uchun har qanday yordam berishni to’xtatdi. Mor doim yarim och yurar, uni doim etishmovchilik taoqib etar, ba’zan xatto etik sotib olishga po’li bo’lmas edi. Oxir oqibatda u universitetni tashlab, otasining xohishiga binoan London huquqshunoslik maktabiga qatnay boshladi. 1501 yil u ziyrak, hozirjavob va o’zgalar manfaatini ko’zlovchi advokat bo’lib etishdi. 1504 yilga qadar Mor partezianlar ibodatxonasi yaqinida yashadi, cherkov ibodatlarida qatnashar va o’zi ham rohib bo’lishni istardi. Lekin uning dindorligi o’zini oldingi betaraflik va qattiqqqligini sezganda bu xohish tark etdi. 1504 yil u oddiy insonlar hayotiga qaytdi va parlamentga saylandi, chunki u yosh bo’lishiga qaramay salmoqli ta’sirga ega edi. Bu vaqtda Angliya dunyo bozorlarida qatnasha boshlagan edi va London ham Lissabon, Antverpen va Parij kabi jahon shaharlari qatoridan joy oldi. Genrix VII taxtga o’tirganda Mor Niderlandiyaga savdo bitimini imzolash uchun elchilarning biri sifatida yuborildi. U Niderlandiyada 6 oy bo’ldi. Bitim to’zishlar unga ancha bo’sh vaqtni berardi va u bu erda o’zining taniqli asarini yozdi. Tilla kitob shunchalar foydali va alati ediki, u yangi davlat qurish va Utopiya oroli haqidadir ("utopiya" grekchada "yqq joy, xayoliy joy"). Bu kitobning birinchi nashri 1516 yil chiqarilgan va keyinchalik butun Evropa tillarining barchasida nashr etildi.
Bu asarda Mor majburiyatsiz mehnat va qiyinchiliklarsiz davlat fikri berdi. "Utopiya oroli"dan kattagina taassurotlar olindi. Bu asar o’sha zahotiyoq Morni Angliyaning birinchi siyosatchilari qatoriga qqshdi. Mor o’zining asarida xayoliy orolda tqliq hayot bilan yashayotgan yaxshi qurilgan davlat tasvirini ko’rsatadi. Bu davlat millatning hayoti shunchalar tqliq tasvirlanganki, ularga har qanday ziddiyatlarga ruhsat berilgan. Mor o’zoq kelajakka nazar tashladi va hamma narsa sinfiylikka qarshi kommunistik davlatni quyadi. Uning davlatida hamma narsa printsip asosida taqsimlanadi: mehnat majburiy, har kim qanday ishlay olsa ishlaydi va o’ziga qancha kerak bo’lsa shuncha narsa oladi, har qanday mehnat taqtsirlanadi, har bir inson badavlat yashaydi va xatto hech kim boshqasidan ko’p olmasa ham xususiy mulkdorlik yqq. utopiya orolida qonunlari, odatlari, boshqaruvi va korxonalari bir xil bo’lgan 24 ta katta shaharlar mavjud. Bundan tashqari mamlakatda barcha qishloq xo’jaligi qurollar bilan tqliq tahminlangan. Bu
shahardan qishloqqa ko’chirib turiladigan aholi yashaydi. Har bir qishloq oilasida 40 dan kam bo’lmagan ayol va erkak yashashi kerak. har bir oiladan har yili 20 ta odam shaharga qaytariladi va boshqa 20 ta shaharlik odamlar bilan o’rin almashadi, u erda ular qolgan 20 ta odamdan qishloq xo’jaligini o’rganishadi, har bir odam qishlokda 2 yil davomida yashaydi. Dehqonchilik bilan shug’ullanishning bu xilda almashinilishiga sabab, hech kim o’z xohishiga qarshi ko’p vaqt oir jismoniy mehnat bilan shug’ullanmasligi kerak. qishloq aholisi erga ishlov berish, hayvonlarni boqish va shaharga tashish uchun daraxtlar kesish bilan shug’ullanishadi. Ular yana maxsus apparatlar yordamida jo’ja etishtirish bilan ham shug’ullanishadi. Utopistlarning asosiy masho’loti dehqonchilik bo’lsa-da, ular yana o’zining mutaxassisligi sifatida kasb o’rganishadi va ayol va erkaklar baravar o’rganishadi. Asosiy kasblari bo’z va junni qayta ishlash, bundan tashqari kabi kasblari bor. Utopiyada faqat 6 soat ishlashadi, ertalabdan tushgacha 3 soat, 2 soat dam olishadi va tushdan so’ng yana 3 soat ishlashadi. So’ng kechki ovqatni eyishadi. Erta uxlashadi va uyqu vaqti 8 soat davom etadi. Qolgan vaqtlarini esa har kim o’zi xohlaganidek o’tkazadi. Solom va yoqimli hayot uchun kerakli oziq-ovqatlar va narsalarni ishlab chiqarishga 6 soat ish kuni etarli hisoblanadi. Jamoa rahbarlari va o’zlarini ilmga baishlash uchun xalqdan ruhsat so’ragan insonlardan tashqari barcha odam ishlaydi. Agar o’zlarini ilmga baishlagan insonlar xalq kutgan natijalarga erishmasa, yana ishchilar qatoriga qaytariladi. Qishloq aholisi o’zlari va shaharliklar uchun oziq-ovqatlar etishtirishadi. Shaharliklar ham o’zlari qishloqliklar uchun ishlashadi. Har yili har bir shahardan orolning umumiy muammolarini hal qilish uchun 3 ta yoshi ulug’ insonlar markazga yuboriladi. Ular qaerda kamchiliklar va ortiqliklar borligini aniqlab ularni hal qilishadi. Biror shahar o’zidan ortganini boshqa shaharga hech qanday mablasiz beradi, chunki o’zi ham boshqa shaharlardan o’ziga kerakli narsalarni hech narsa evaziga oldai. Shu usulda orol butun boshli Oilani tashqil qiladi. Utopiyada po’l tushunchasi umuman yqq. hamma narsalar ortii bilan bor. Hech kim o’ziga kerakli bo’lganidan ortiqcha narsani talab qilmaydi, chunki hech qachon etishmovchilikda qolmasligini biladi.
Har bir shaharning har bir ko’chasida o’lkan, ajoyib saroylar qurilgan. Bu saroylarda ZOta oila uchun yagona saylangan javobgar shaxs yashaydi. Har bir saroyga uning ikki tomonida joylashgan 30 ta oila birlashtirilgan. Bu saroylarning bosh oshpazi aniq bir vaqtda bozorga borib 30 ta oila uchun etarli oziq-ovqatlarni oladi. Lekin eng sara oziq-ovqatlar kasalxonadagi kasallar uchun yuboriladi. Aniq bir vaqtda 30 ta oila o’zlarining saroylariga tushlik va kechki ovqatga kelishadi. Bozorlarda odamlar o’zlari xohlaganlaricha eydigan narsa olishi mumkin. Lekin hech kim o’z xohishi bilan o’z uyida alohida ovqatlanmaydi, chunki yonginasidagi saroyda tayyor ovqatlarturganida o’zlari tayyorlashmaydi. Saroyda esa ovqatni oila ayollari navbat bilan tayyorlashadi. Stol atrofida esa bolalar va qizlar xizmat qilishadi.
Sifograntning asosiy vazifasi u hech kim bekorchi qolmasligi uchun tekshirib turadi. Hamma sifograntlar xalq tomonidan berilgan 4 nomzoddan o’ziga knyaz saylaydi. Knyazning lavozimi umrbodga saylanadi. Agar u shaxsga sig’inishga berilsa, unda o’z lavozimidan bo’shatiladi. Dinga sig’inish orolda har kimning shaxsiy ishi hisoblanadi. Ruhoniylar ham davlat lavozimlariga o’xshab xalq tomonidan saylanadi.
Utopiya aholisi urush va uning natijasidan nafratlanishadi. Urush faqatgina o’z vatanlari va do’stlarini dushmandan himoya qilish uchungina zarur. Olimlar juda katta hurmatdadir.
Shunday qilib Utopiyada shaxsiy mulkchilik va po’l yqq. har kim jamiyat uchun ishlaydi va hamma narsa jamiyatga teng bo’linadi. Xususiy mulkchilik bo’lmasa-da u erda ham farovon, sokin hayot kechiriladi. Tomas Morning kommunizmi etishib bo’lmaydigan va utopik edi. Shunga qaramay u juda katta bilim bilan, o’sha davrning hayotini tushunish orqali yaratilgan Mor birinchi kommunizmning yangilanishiga harakat qildi, kapitalistik jamiyatning yana qayta paydo bo’lishi davrida va birinchi marta kommunizmning asosiy printsiplarini ilgari surdi, qaysiki keyinchalik Karl Marksning ilmiy kommunizmining teoriyasiga kirdi: har biridan - imkoniyatga qarab, har biriga - kerakligicha.
Morning ilmiy qarashlari birinchi marta insonlar uchun xizmat qilishga berildi. Xristianlar tasavvuricha, dushmanlikka o’xshash yangi, adolatli jamiyat qurish zarurati kelib chiqadigan ilmni berdi. Mor bu ilmni hammaning yuqori darajadagi foydasiga qql eratli qilib berdi. Lekin Mor o’zining kommunistik jamiyatiga etishishning yo’llarini ko’rsatmagan, buning ustiga o’sha davrda buni bajara olmadi.

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish