390
noyob resurs, ya’ni ifloslantirishga ruxsatnoma, yaratadigan bo`ldi. Bu
ruxsatnomalar savdosini oxir-oqibat amalga oshiradigan bozor paydo bo`ladi va bu
bozor talab va taklif kuchlari tomonidan boshqariladigan bo`ladi. Ko`rinmas qo`l
bu yangi bozor ifloslantirish huquqini samarali taqsimlashiga ishonch hosil qiladi.
Ya'ni, to`lashga o`z tayyorligi bilan aniqlanadigan ruxsatni eng yuksak
baholaydigan firma qo`lga kiritadi.
Firmaning to`lash uchun xohishi, o`z
navbatida, ifloslanishni kamaytirish
harajatiga bog`liq bo`ladi: Ifloslanishni kamaytirish firma uchun qanchalik ko`p
harajatli bo`lsa, ruxsatnoma uchun to`lashga shunchalik ko`p tayyor bo`ladi.
Bozorlar uchun ifloslantirish ruxsatnomalariga yo`l qo`yish afzalligi
shundaki, firmalar o`rtasida ifloslantirish ruxsatnomalari boshlang`ich taqsimoti
iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan muhim emas deb hisoblanadi. Faqat
ifloslanishni arzon harajatlar bilan kamaytirishi mumkin
firmalar ruxsatnomalarni
sotadi va yuqori harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin firmalar o`zlariga
kerak miqdorda ruxsat sotib oladi. Ifloslantirish huquqlari uchun erkin bozor bor
bo`lgani tufayli, boshlang`ich taqsimotdan qat'iy nazar so`nggi taqsimot samarali
bo`ladi.
Ifloslantirish ruxsati yordamida ifloslanishni kamaytirish tuzatuvchi
soliqlardan farqli ko`rinsa-da, ikki siyosat ko`p umumiy jihatlarga ega. Har ikki
holatda ham, firmalar ifloslanish uchun to`laydi. Tuzatuvchi
soliqlar bilan atrof-
muhitni ifloslantiruvchi firmalar hukumatga soliq to`lashi kerak. Ifloslantirish
ruxsati bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar ruxsat sotib olish uchun to`lashi
kerak. (Hatto allaqachon o`z ruxsatnomasiga ega firmalar ham ifloslanish uchun
to`lashi shart: ular ochiq bozorda o`z ruxsatnomalarini sotishdan olgan miqdor
ifloslantirish imkoniyati harajatidir.) Tuzatuvchi soliqlar va ifloslantirish
ruxsatnomalari ikkalasi ham firma uchun ifloslantirishni
harajatli qilish orqali
tashqi ta'sirni o`zlashtiradi.
Ikki siyosat o`xshashligini ifloslantirish bozorini tahlil qilish orqali kor’rish
mumkin. 4-rasmdagi ikkala chizmalar ifloslantirish huquqi uchun talab chizig`ini
ko`rsatadi. Bu chiziq ifloslantish narxlari qanchalik past bo`lsa, firmalar
391
ifloslantirishni shunchalik ko`proq tanlashini ko`rsatadi. (a) chizmada EPA
ifloslantirish uchun narx belgilash uchun tuzatuvchi soliqdan foydalanadi. Bu
holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal elastik (chunki
firma soliq to`lash orqali ular istaganicha ko`p ifloslantirishi mumkin) va talab
chizig`i vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada, EPK ifloslantirish
ruxsatini joriy etish orqali ifloslanish miqdorini belgilab beradi. Bu holda,
ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal noelastik (chunki
ifloslantirish miqdori ruxsatnomalar soni bilan belgilanadi), va talab egri chizig`i
vaziyati ifloslanish narxini belgilaydi. Demak, EPA
tuzatuvchi soliq bilan narx
belgilash orqali, yoki ifloslantirish ruxsatnomalari bilan miqdorni o`rnatish orqali
berilgan talab egri chizig`ining har qanday qismiga erishishi mumkin.
Ba'zi hollarda esa, ifloslantirish ruxsatini sotish tuzatuvchi soliq undirishdan
ko`ra yaxshiroq bo`lishi mumkin. EPA daryoga 600 tonna dan kam chiqindi
tashlanishini istaydi. Lekin EPK ifloslanish talab chizig`ini
bilmasligi tufayli, bu
maqsadga erishish uchun qanday hajmda soliq joriy etishni bilmaydi. Bu holda, u
shunchaki 600 ifloslantirish ruxsatini kim oshdi savdosiga qo`yishi mumkin. Kim
oshdi savdosi narxi tuzatuvchi soliq tegishli hajmini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: