Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


-§.  Shaharlarning  maqomi,  ularni  turkumlash



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/37
Sana31.12.2021
Hajmi1,58 Mb.
#278890
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

4-§.  Shaharlarning  maqomi,  ularni  turkumlash

O'zbekiston  m a ’muriy-hududiy  tuzilishi  uch  pog'onali  ma’mu- 

riy  birliklardan  iborat: 

birinchisi  —

  viloyatlar,  Toshkent  shahri; 



ikkinchisi  —

  tu m an lar  va  shaharlar; 



uchinchisi  —

  shaharcha, 

qishloq  va  ovullar.  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  ham  mamuriy- 

hududiy  bo'linishi  nuqtai  nazaridan  birinchi  guruhga  kiradi.  De- 

mak,  birinchi  g u ru h   yuqori  darajali,  ikkinchi  guruh  o'rta  darajali, 

uchinchi  g u ru h   quyi  darajali  m a’muriy  birliklardan  iborat.

Bundan  tashqari,  tumanlar,  viloyat  tarkibidagi,  yani  viloyatga 

bo'ysunuvchi,  shahar  tarkibidagi,  ya’ni  shaharga  bo ysunuvchi  tu­

manlar  hisoblanadi.  Xuddi  shuningdek,  shaharlar  ham  respublika- 

ga  bo'ysunish,  viloyatga  bo'ysunish,  tum anga  bo ysunish  maqomi- 

dagi  shaharlarga  bo'linadi.

265

www.ziyouz.com kutubxonasi




Respublikada  bitta  shahar  -   Toshkent  respublikaga  bo'ysunuv- 

chi  yagona  shahardir.  Shuning  uchun  ham   u n in g   maqomi  viloyat- 

larga  tenglashtirilgan.

Respublikamizda,  shuningdek  Q oraqalpog'iston  Respublikasi- 

da  viloyatga  bo'ysunuvchi  shaharlar  tu rk u m ig a,  qoida  tariqasida, 

aholisi  kamida  o'ttiz  ming  bo'lgan,  m u ayyan  m a ’muriy  ahamiyat 

kasb  etadigan,  istiqbolli  iqtisodiy  va  m adaniy  m ark a zlar  deb  hisob­

langan  shaharlar  kiritilishi  mumkin.

Ya'ni,  shahar  viloyat  buysunuvidagi  sh a h a r  bo'lishi  uchun,  u 

m a ’lum  miqdorda  aholiga  ega  bo'lishi  kerak;  u  muhim  m a ’muriy 

ahamiyat  kasb  etishi  kerak;  madaniyat  o'chog'i  bo'lishi,  iqtisodiy 

rivojlanish  istiqboli  bo'lishi  zarur.

Shaharlarni  viloyat  bo'ysunuvidagi  sh ah arlar  tu rk u m iga  kiri- 

tish,  ularni  qayta  tuzish  tegishli  viloyat  hokim larining  iltimosno- 

masiga  asosan  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ah k am a sin in g  

taklifiga  muvofiq  Oliy  Majlis  tomonidan  am alga  oshiriladi.

Qoraqolpog'iston  Respublikasida  shaharlarni  respublika  bo'y­

sunuvidagi  shaharlar  turkum iga  kiritish,  ularni  qayta  tuzish  Q ora­

qalpog'iston  Respublikasi  hukum atining  taklifiga  muvofiq  Jo'qorg'i 

Kenges  tomonidan  amalga  oshiriladi.

Tuman  bo'ysunuvidagi  shaharlar  turk u m ig a,  qoida  tariqasida, 

kamida  yetti  ming  aholisi  bo'lgan,  sanoat  korxonalari  va  rivoj- 

langan  infrastrukturasi  mavjud  shaharlar,  aholi  punktlari  kiritilishi 

mumkin.  Shahar  yoki  aholi  punktini  shunday  tu rk u m g a   kiritish 

uchun  u  ma’lum  miqdorda  aholiga  ega  bo'lishi,  iqtisodi  normal 

rivojlangan  bo'lishi  va  tegishli  rivojlanishni  ta ’minlaydigan  dara­

jada  infrasrukturasiga  ega  bo'lishi  kerak.

Shahar,  shaharcha,  aholi  puktlarini  tu m a n   bo'ysunuvidagi 

shaharlar  turkum iga  kiritish,  ularni  qayta  tuzish  tegishli  viloyat 

hokimlarning  iltimosnomasiga  asosan  O'zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  M ahkam asining  taklifiga  muvofiq  Oliy  Majlis  tomonidan 

amalga  oshiriladi.  Bu  masala  Qoraqalpog'istonda  tegishli  tum an 

hokimining iltimosnomasiga  asosan  Q oraqalpog'iston  Respublikasi 

hukum atining  taklifiga  muvofiq  Jo'qorg'i  Kenges  tomonidan  am al­

ga  oshiriladi.

266

www.ziyouz.com kutubxonasi




Karnida  ikki  m ing  aholisi  bo'lgan,  sanoat  korxonalari,  quri- 

lishlar,  temir  yo‘l  stansiyalari  va  boshqa  muhim  obyektlar  yaqi- 

nida  joylashgan  aholi  punktlari  shaharchalar  turkum iga  kiritilishi 

mumkin.  Bu  masala  tegishli  tum an  hokimlarining  iltimosnomasi- 

ga  asosan  Q oraqalpog'iston  Respublikasi  Jo'qorg'i  Kengesi,  xalq 

deputatlari  viloyat  Kengashlari  tomonidan  hal  qilinadi.

O 'zbekiston  Respublikasi  m a’muriy-hududiy  tuzilishini  belgi- 

lashga  qaratilgan  munosabatlarda  m a’muriy-hududiy  birliklar  va 

aholi  punktlarig a  nom  berish,  nomini  o'zgartirish  tartiblari  ham 

mazkur  qonun  bilan  tartibga  solinadi.

Q o n u ng a  binoan,  viloyatlar,  tumanlar,  shaharlarga  nom  be­

rish  va  u la rn in g   nomini  o'zgartirish  tegishli  viloyat  hokimlarining 

iltimosnomasiga  asosan  Oliy  Majlis  tomonidan  amalga  oshiriladi.

Qoraqolpog'iston  Respublikasida  tum anlar  va  shaharlarga 

nom  berish  va  ularning  nomini  o'zgartirish  tegishli  tuman,  sha- 

har  hokim larining  iltimosnomasiga  asosan  Jo'qorg'i  Kenges  tomo­

nidan  am alga  oshiriladi.

Shaharchalar,  qishloqlar,  ovullar,  aholi  punktlariga  nom  berish 

va  u larn in g   nomini  o'zgartirish  tegishli  tuman,  shahar  hokimlari­

ning  iltimosnomasiga  ko'ra  xalq  deputatlari  viloyat  Kengashi  tomo­

nidan,  Qoraqolpog'istonda  -   Jo'qorg'i  Kenges  tomonidan  amalga 

oshiriladi.




Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish