Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


-§.  Qoraqalpog'iston  R espublikasi  hududi  va  chega-



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/37
Sana31.12.2021
Hajmi1,58 Mb.
#278890
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Bog'liq
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

3-§.  Qoraqalpog'iston  R espublikasi  hududi  va  chega- 

ralarini  o‘zgartirish  tartibi

Qoraqalpog'iston  O'zbekiston  tarkibidagi  suv eren   Respublika 

deb  belgilangan  ekan,  suverenlikning  m uhim   x u su siy ati  hudud 

va  chegaradir.  Shuning  uchun,  O 'z b ek isto n   Respublikasi  Kon- 

stitutsiyasining  73-moddasida:  “Q o raq alp o g 'isto n   Respublikasi­

ning  hududi  va  chegaralari  uning  roziligisiz  o'zgartirilishi  mumkin 

emas.  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  o'z  m a ’m uriy-hududiy  tu- 

zilishi  masalarini  mustaqil  hal  qiladi” ,  -   deb  m u stah k am lang an . 

Qoraqalpog'iston  chegarasi  faqat  un ing   roziligi  bilan  Jo'qorg'i 

Kenges  qaroriga  asosan  Oliy  Majlis  to m o n id an  o'zgartirilishi 

mumkin.

Bu  birinchidan,  Q o raq alp o g 'isto n n in g   c h e g a rasi  va  hududi 

uning  o'z  roziligisiz  o'zgartirilishi  m um kin  emasligini  o'rnatadi. 

Bu  Qoraqalpog'istonning  umumiy  hududiga  taalluqlidir.  Chega- 

ra,  hududning  o'zgarishi  Q oraqalpog'iston  hududining  kamayi- 

shi  yoki  ko'payishiga  olib  keladi.  Ikkinchidan,  Qoraqalpog'iston 

о  z  ma  muriy-hududiy  tuzilishini  ham  m ustaqil  hal  qila  olishini 

ko'rsatadi.  Shundan  kelib  chiqib,  Q oraqalpog'iston  Respublikasi



272

www.ziyouz.com kutubxonasi




K onstitutsiyasining  “Davlat  suveren iteti’ ni  belgilovchi  birinchi 

bobi,  3-moddasida  Qoraqalpog  iston  Respublikasi  o'zining  m a ’mu- 

riy-hududiy  tuzilishi  masalalarini  mustaqil  hal  qilishi  belgilangan.

S h u n g a   mos  ravishda,  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Kons­

titutsiyasining  66-moddasida:  “Qoraqalpog'iston  Respublikasi  tu ­

manlar,  shaharlar,  shaharchalar,  ovullardan  iborat”,  -   deb  belgi­

langan.  Bu  Q oraqalpog  istonning  m a ’muriy-hududiy  birligi  ikki 

bo  g  indan  iboratligini  ко  rsatadi.  Tuman  va  shahar  —  yuqori 

bo‘g ‘in,  s h ah arch a,  ovullar  -   quyi  bo‘g ‘in.

Q o raqalpog'iston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  67-mod- 

dasida  “Tum an lar,  shaharlar  tashkil  qilish  va  ularni  tugatish, 

shuningdek  ularn ing   chegaraiarini  o'zgartirish  Qoraqalpog'iston 

Respublikasi  Jo 'q o rg 'i  Kenges  tomonidan  amalga  oshiriladi”  -  

deb  m u sta h k am lan g an .

Shulardan  kelib chiqib,  “O'zbekisiton Respublikasida  m a ’muriy- 

hududiy  tuzilish,  toponimik  obyektlarga  nom  berish  va  ularning 

nomini  o'zgartirish  masalalarini  hal  etish  tartibi  to'g'risida”gi 

Qonunda 


m a ’muriy-hududiy  masalalarda  Qoraqalpog'istonning 

huquqlari  aniq  ko'rsatib  o'tilgan.

Q o nu n n in g   2-moddasiga  asosan,  Qoraqalpog'istonda  tuman- 

larni  tuzish  va  tugatish  Qoraqalpog'iston  hukumatining  taklifiga 

muvofiq  Jo'qorg'i  Kenges  tomonidan  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining  roziligi  bilan  amalga  oshiriladi.  Shunday  qoida  O'zbe­

kiston  Konstitutsiyasining  69-moddasida  ham  nazarda  tutilgan.

Ovullarni  tuzish  va  tugatish  tuman  hokimining  iltimosiga 

asosan  Jo 'q o rg 'i  Kenges  tomonidan  amalga  oshiriladi.

Q o raq alp o g'isto n d a  tumanlarni  o'zgartirish  tegishli  tum an 

hokim ining  iltim osnom asiga  asosan  Q oraqalpog'iston  huku­

m atining  taklifiga  muvofiq  Jo'qorg'i  Kenges  tomonidan  amalga 

oshiriladi.

Ovullar  chegarasini  o'zgartirish,  aholi  punktlarini  birlash- 

tirish  tu m an   hokimlarining  iltimosnomasiga  asosan  Jo  qorg  i 

Kenges  tom onidan  amalga  oshiriladi.

Qoraqalpog'iston  Respublikasining  poytaxtini  belgilash  va 

ko'chirish  O 'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  roziligi  bilan 

Jo'qorg'i  Kenges  tomonidan  amalga  oshiriladi.

273

www.ziyouz.com kutubxonasi




Ovullar  m a ’m uriy  markazlarini  belgilash  va  ko'chirish  teg ish­

li  tu m an   hokim ining  iltim osnom asiga  asosan  Jo 'q o rg 'i  Kenges  to­

monidan  amalga  oshiriladi.

Q oraqalpog'iston  Respublikasida  shaharlarni  respublika  bo'y- 

sunuvidagi  shaharlar  tu rk u m iga  kiritish,  ularni  qayta  tuzish  hu- 

ku m atn in g   taklifiga  ko'ra  J o 'q o rg 'i  Kenges  tom onidan  amalga 

oshiriladi.

Shaharlarni,  aholi  punktlarini  tu m a n   bo'ysunuvidagi  s h ah ar­

lar  turkum iga  kiritish,  ularni  qayta  tuzish  tegishli  tu m a n   hokim­

larining  iltim osnom asiga  asosan  Q o raqalpog'iston  h uk u m atin in g  

taklifiga  muvofiq  J o 'q o rg 'i  Kenges  tom onidan  am alga  oshiriladi.

Aholi  punktlarini  shaharchalar  tu rk u m ig a  kiritish  tegishli  tu ­

man  hokimlarining  iltim osnom asiga  asosan  J o 'q o rg 'i  Kenges  to­

monidan  amalga  oshiriladi.

S haharlarning  chegaralarini  belgilash  va  kengaytirish  teg ish­

li  tum an,  shahar  hokimlarining  iltim osnom asiga  asosan  Q o ra­

qalpog'iston  h u ku m atin in g   taklifiga  muvofiq  J o 'q o rg 'i  Kenges  to ­

monidan  amalga  oshiriladi.

Tum anlar,  shaharlar,  shaharchalar,  ovullarga  nom  berish  va 

ularni  nomlash  tum an,  shahar  hokimlarining  iltimosnomasiga 

asosan  Jo'qorg'i  Kenges  tomonidan  am alga  oshiriladi.

Demak,  Q oraqalpog'iston  Respublikasi  respublika  hududi 

chegaralarini  o'zgartirishda,  m a ’muriy-hududiy  birliklar  tashkil 

qilishda  keng,  mustaqil  huquqqa  ega.  Ana  shu  huquqlarni  ikki  gu- 

ruhga  bo'lish  mumkin.  Brinchisi,  O 'zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining  roziligi  bilan  Jo'qorg'i  Kenges  tom onidan  hal  qilinadi- 

gan  ishlar.  Bunga  tumanlarni  tuzish  va  tugatish,  Qoraqalpog'iston 

poytaxtini  belgilash  va  ko'chirishni  kiritish  mum kin.

Ikkinchisi,  hech  kimning  roziligini  olmay  J o 'q o rg 'i  Kenges 

tomonidan  mustaqil  hal  qilinadigan  ishlar,  bular:

-  ovullarni  tuzish  va  tugatish;

-  tum an  chegaralarini  o'zgartirish;

-  ovullarning  chegarasini  o'zgartirish;

-  ovullarning  m a ’muriy  markazlarini  belgilash,  ko'chirish;

-  shaharlarni  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  bo'ysunuvi  tu r­

kumiga  kiritish;



274

www.ziyouz.com kutubxonasi




sh ah arla rn in g   chegaralarini  belgilash  va  kengaytirish.  sha- 

harchalarning  chegaralarini  belgilash  va  kengaytirish;

tu m an lar,  shaharlar,  ovullarga  nom  berish,  ularning  nomini 

o'zgartirish.

Q o raqalpog'iston  Respublikasining  chegarasi  faqat  Qora- 

qalpog  isto n n in g   roziligi  bilan  Jo'qorg'i  Kenges  qaroriga  asosan 

Oliy  Majlis  tom onidan  o'zgartirilishi  mumkin.


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish