Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


-§.  O 'zbekistonning  ma’muriy-hududiy  tuzilishi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/37
Sana31.12.2021
Hajmi1,58 Mb.
#278890
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

2-§.  O 'zbekistonning  ma’muriy-hududiy  tuzilishi

Har  qanday  mamlakat,  jumladan,  O'zbekiston  ham  m a’lum  geo- 

grafik  joyda  belgilangan  chegaralar  doirasida  joylashgan.  Bu  mam- 

lakatning hududi  hisoblanadi. Aniq chegaralangan  hududga ega  bo'lish 

davlatni  davlat  sifatida  ko'rsatuvchi  asosiy  shartlardandir.  M a ’lum 

hududsiz  davlat  bo'lishi  mumkin  emas.  Davlat  aniq  bir  hududda  faoli- 

yat  ko'rsatadi  va  davlat  faoliyati  shu  hududda  amal  qiladi.

Hudud  -   davlatga  tegishli  maydon.  Hudud  yer,  suv,  osmon 

chegaralaridan  iborat  bo'ladi.

H ar  bir  m am lak atnin g   hududi  katta-kichikligiga,  aholisi- 

ning  soniga  qarab,  tegishli  bo'lakchalarga  bo'lib  idora  etiladi.  Bu 

bo'lakchalar  bir  necha  pog'onadan  iborat  bo'lib,  uiarning  har  biri 

o'z  hududiga  (chegarasiga)  ega.  M am lakat  hududi  bo'lakchalarga 

bo'linishi,  davlat  boshqaruvini  mukam m al  tashkil  etish  bilan 

bog'liq  bo'lganligi  uchun  u  juda  muhim  davlat-huquqiy  institut 

bo'lib,  konstitutsiyaviy  darajada  mustahkamlanadi.

O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining alohida  to'rtinchi 

bo'limi  va  u n in g   ikki  bobi  (XVI,  XVII  boblar)  m a’muriy-hududiy va 

davlat  tuzilishi  masalalariga  bag'ishlangan.  Uning  alohida-alohida 

moddalarida  m a ’muriy-hududiy  tuzilish  masalalari  huquqiy  tartib­

ga  solingan.

H ar  bir  m am lakat  m a’muriy-hududiy  tuzilishini  belgilashda 

butun  hududni  boshqarishga  oson  bo'lishi,  markaz  ta ’sirining  joy- 

larda  sam arali  bo'lishi,  xalqning  davlat  organlariga  yaqin  bo'lishi, 

ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  unumli,  arzon,  samarali 

bo'lishi,  sanoatni  hom  ashyo  bilan  ta ’minlash  darajasi,  aholining 

urf  odatlari,  qadriyatlari,  tarixiy  tajribasini  hisobga  oladi  va  o'ziga 

ma’qul  m a’muriy-hududiy  birliklarni  o'rnatadi.

M a ’muriy-hududiy  tuzilish  konstitutsiyaviy  asosda  hal  qilina­

digan  ijtimoiy  munosabatlar  qatoriga  kiradi.

S hu n ing   uchun,  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi­

ning  68-moddasida:  “O'zbekiston  Respublikasi  viloyatlar,  tu- 

manlar,  shaharlar,  shaharchalar,  qishloqlar,  ovullar,  shuningdek 

Qoraqalpog'iston  Respublikasidan  iborat”,  —  deb  belgilangan.  Bu 

birinchidan,  O'zbekiston  hududi  nimalardan  iborat  bo  lishini,  ik-

261


www.ziyouz.com kutubxonasi


kinchidan,  O'zbekiston  hududining,  qanday  m a'm uriy  birliklardan 

tashkil  topganini  ko'rsatadi.

Bu  hududiy  birliklarning  huquqiy  maqomi,  hududiy  hola- 

ti,  aholisining  soni.  moddiy  ne’m atlar  ishlab  chiqishi  yoki  aholi 

m ashg'ulotiga  qarab  bir-biridan  farq  qiladi.

O'zbekiston  ma'muriy-hududiy  birliklarini  huquqiy  maqomi, 

darajasiga  qarab  uchga  bo'lish  mumkin.

Birinchisi,  yuqori  pog'ona  -   bunga  Qoraqalpog'iston  Respublika­

si,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri.  ikkinchisiga,  turnan  va  shaharlar, 

uchinchisiga,  shaharlar,  shaharchalar,  qishloqlar  va  ovullar  kiradi.

Tuman  va  shahar  bir  maqomdagi  ma'm uriy-hududiy  birlik 

bo‘lsa-da,  ular  ijtimoiy  hayot,  kishilarning  asosiy  mashg'ulotlari, 

ishlab chiqarishdagi  isntirokiga  qarab  bir-biridan  farq  qiladi.  Tuman- 

lar,  asosan,  qishloq  xo'jaligi  bilan,  shah arlar  sano at  ishlab  chiqa- 

rishi  bilan  shug'ullanadi.  Bundan  tashqari,  tu m a n g a   bo'ysunuvchi 

shahar  va  shahar  tarkibidagi  tu m an lar  ham  mavjud,  u la rn in g   faoli- 

yat  doirasidan  maqomi  belgilanadi.


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish