Xususiyatlari bitiruv malakaviy ishi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana18.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#821015
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari

Balki siz aytarsiz, nima bo„lganini?
( Parda Tursun )
. 2. Nafsi uchun
emas, balki qadri uchun yig„laydi –da.
( O‗. Usm. )
. 3. – Qayerga borish,
kimga uchrashishni u yaxshi biladi. – To„ppa – to„g„ri.
( Chingiz
Aytmatov ).
4. Hilola gapning to„g„risini aytdi
( O‗. Usm. ) gaplarida
[ W^ – lashayotgan ] so‗z qo‗llanilgan. 
[ W^] – simon ( so‗z – gapsimon ) deganda mohiyatan so‗z – gap
bo‗lmagan lug‗aviy birlikning so‗z – gap vazifasida kelishi tushuniladi.
Jumladan, modalsimonga [ shunday qilib], [ baxtga qarshi ], [ tavba ],
[ xudo saqlasin ]; undovsimonga erkalash ma ‗noli [ asalim ], [ oppog‗im]
va undalma ma‘noli [ ey do‗stlar ] kabi; tasdiq/ inkorsimonga [ xuddi
shunday ], [ hech qachon], [ noto‗g‗ri ] kabi; taklif/ ishorasimonga
[ boshlang ] ko‗rinishli so‗z misol bo‗ladi. 
Qisqasi, so‗z – gapning leksik – semantik turi bo‗lmish sof so‗z – gap
o‗zi tarixan kelib chiqadigan so‗z turkumidan batamom uzilgan
bo‗lib, uning ko‗pchiligi ravish, sifat, ot sifatida mutlaqo


23 
qo‗llanilmaydi. So‗z – gaplashgan unsur esa o‗zi tarixan kelib chiqqan
so‗z bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o‗z aloqasini
boshqa turkumdan to‗la uzmagan bo‗ladi. So‗z – gaplashayotgan
unsurga o‗zi boshqa so‗z turkumi ( ravish, sifat, olmosh, son, fe‘l) ga
tegishli, lekin so‗z – gapga xos ma‘no va vazifada qo‗llanila
oladigan birliklar kiradi va bularning so‗z – gapsimondan farqi
shundaki, ushbu qatlamga oid so‗z tarixiy taraqqiyot natijasida
batamom so‗z – gapga o‗tib ketishi mumkin. So‗z – gapsimon esa o‗z
turkumi doirasida qoladi. 
So‗z – gapning sintaktik xususiyati kesimlik qo‗shimchasini qabul
qilmasligi, bog‗lama bilan birika olmasligida. So‗z – gap ham undalma,
sodda gap kabi kengaygan yoyiq holatda bo‗lishi mumkin: 
1. Cho„lni o„zlashtirgan mardlarga ofarin.
( Abdulla Qahhor).
 
2. Falakning dastidan dod!
( Hamza ).
 
3. Barakalla, sizga! 
Misollardan ko‗rinib turganidek, so‗z – gap faqat bitta so‗zdan
iborat bo‗lmay, nutqda kengayish qobiliyatiga ham ega. So‗z – gapning
yana bir sintaktik xususiyati shundaki, [ WPm] qurilishli gapda
kesimlik kategoriyasi va ma‘nosi ( W ) ga ( Pm ) orqali kiritiladi, (m) 
ning esa o‗zbek tilida juda ko‗p ko‗rsatkichi mavjud. Shakl
o‗zgarishi bilan kesimlik kategoriyasining ma‘no turi ham o‗zgaradi.
Masalan, Bo‗ladi. Bo‗lmaydi. Bo‗lsa. Bo‗ldi. Va hokazo. Ammo so‗z – 
gapda bunday emas. Har bir so‗z – gap shu gapga xos bo‗lgan
ma‘noni ifodalashga xoslangan bo‗ladi. Chunonchi [ ha ] so‗zi tasdiqni
ifodalaydi. Uning bo‗lishsizligi ha emas bilan emas, balki alohida yo‗q
so‗zi bilan ifodalanadi. [ albatta] yoki [ shubhasiz ] modal so‗zi qat‗iy
ishonch va tasdiqni ifodalaydi, inkor ma‘nosi [ mutlaqo ], [ aslo]
so‗z–gapi bilan beriladi.


24 
So‗z – gapda zamon va shaxs ma‘nosi matnda muayyanlashadi.
O‗zbek tilida gap ( kesimlik ) zamon va shaxs ma‘nosidan xoli bo‗la
olmaydi. Zero, so‗z – gapda zamon va shaxs – son ma‘nosining
kontekstual aniqlanish xususiyati bu so‗zning asosiy sintaktik
xususiyati –kesimlik qo‗shimchasini qabul qilmay gap bo‗lib kela olishi
bilan sharhlanadi. So‗z – gapning yana bir sintaktik xususiyati – uning
gap tarkibida alohida pozitsiyada turishi, ya‘ni boshqa gap bo‗laklari
bilan bog‗lanmasligi va o‗zi gap sidatida ― yashay olishi‖, hamisha
lisoniy alohidalikni saqlab qolishi bilan belgilanadi. Chunonchi,
1
. – Ertaga kelasizmi? - Albatta. 
( O‗. Usm. ). 
2. – Yengil tortdingmi, qizim? - Shukur.
( Abdulla Qahhor). 
Ko‗rinadiki, modal so‗zning funksional – semantik shakllangan so‗z – 
gaplarning bir turi sifatidagi umumiy sintaktik xususiyati ular kesimlik
qo‗shimchasini qabul qilmagan holda gap va uning markazini tuza
olishida. Modal so‗zda kesimlik kategoriyasini tashkil etuvchi mayl – 
munosabat ma‘nosi yaqqol bo‗rtib turadi, bu esa faqat so‗z - gaplarning
ayni shu turiga xos xususiyat hisoblanadi. 


25 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish