Xususiyatlari bitiruv malakaviy ishi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana18.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#821015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari

 
 



I BOB

Tilshunoslikda modal so‘zlar va ularning o‘rganilishi 
1.1.Modal so‘zlarning o‘ziga xos tabiati va o‘rganilishi 
Tilda mantiqdan kirib kelgan modallik kategoriyasini ifodalovchi
asosiy vositalardan biri bu fe‘lning bu mayllar deb yuritilgani. Bu
usul esa modallik morfologik ifodalovchi asosiy vositadir. Shu bilan
bir qatorda leksik- semantik so‗zlar majmuasi borki, bu so‗zlar
modal so‗zlar deb yuritiladi. Modal so‗zlar ayrim hollarda gap
modalligini ochuvchi uslubiy qatlam vazifasini o‗taydilar. Lekin modal
so‗zlar mustaqil so‗z turkumini hosil qiladimi yoki alohida yordamchi
so‗zlar turkumini hosil qiladimi degan savol hozirgi kunda tilshunoslar
oldidagi dolzarb muammolardan biri bo‗lib kelmoqda. Ushbu savolga
javoblar ham turlicha. Ayrim tilshunoslarning fikricha, modal so‗zlar
―gapdan tashqarida‖ bo‗ladi, faqat unga ―bitishadi‖. Boshqa so‗zlar
bilan aloqada bo‗lmay, ―ular gap bo‗lagi bo‗lmaydi, hatto yordamchi
ham bo‗lmaydi‖ deb qaraydilar.
2
N. K. Dmitriyev esa boshqird
tilidagi modal so‗zlarni alohida so‗z turkumiga emas, balki alohida
so‗zlar majmuasi va yuklamalar orasidagi bir turkum so‗zlardir deb
qarasa, A.N. Kononov, A.N. Baskakov va boshqalar yuklamalar kabi
modal so‗zlarni alohida yordamchi so‗z turkumi deb ajratmaydilar.
Ayrim turkshunoslar modal so‗zlarni alohida yordamchi so‗z turkumi
deb ta‘kidlaydilar. 
Boshqa bir guruh tilshunoslar esa yordamchi so‗z turkumlari bilan
bir qatorda modal so‗z turkumlari deb ajratadilar va bu turkumga
yuklamalar bilan modal so‗zlarni kiritadilar. 
Rus tilshunosligida esa modal so‗zlarni ravishlar tarkibida yoki
bog‗lovchilar tarkibida tahlil qilingan. Bu xildagi qarashlar uzoq vaqt
2
O‘zbek tili grammatikasi. II tomlik. I tom. T.: Fan –1976. – B.243. 


10 
modal so‗zlarni alohida bir leksik – semantik birlik sifatida
qarashlarning rivojlanishiga to‗sqinlik qilib keldi. 
Modal so‗zlarni alohida kategoriya sifatida talqin etish bilimini
V.V. Vinogradov ishlab chiqdi. U modal so‗zlarning o‗ziga xos
xususiyatlari, Grammatik mazmun – mohiyati, kelib chiqishi, lug‗aviy
tarkibi, vazifalari, boshqa turkum so‗zlar bilan munosabati kabilaarni
ko‗rsatib berdi. Lekin V. V. Vinogradovning modal so‗zlar to‗g‗risidagi
qarashlari to‗liq va tom ma‘noda o‗z ifodasini topmadi. Shu bilan
bir qatorda S. I. Abakumovaning modal so‗zlarning alohida so‗z
turkumi sifatida alohida e‘tirof etishi hamda I. I. Menzaninovaning
kirish ( modal ) so‗zlarni alohida so‗z turkumi deb ajratish to‗g‗risidagi
dadil konsepsiyasi ham o‗z rivojini topmadi.
O‗zbek tilida modal so‗zlar bo‗yicha bir necha ishlar amalga
oshirilgan. R. Komiljonovaning ―O‗zbek tilida modal so‗zlar‖ (1975,
nomzodlik dissertatsiyasi), S. Saidovning ―Modal so‗zlarni o‗rganish
tarixidan‖ ( O‗TA. N4, 1963), ―Hozirgi zamon o‗zbek tilidagi modal
so‗zlarning klassifikatsiyasi masalasiga doir‖ ( O‗TA. No6, 1963) kabilar
shular jumlasidandir. Shunday bo‗lsa ham, o‗zbek tilida modal so‗zlar
hozircha to‗liq o‗rganilgan emas. Shunday ekan, biz ham o‗z ishimizda
xuddi shu masala haqida fikr yuritmoqchimiz. Modal so‗zlarni alohida
so‗z turkumi sifatida talqin etish uchun quyidagi 3 ta omilga e‘tibor
berish kerak: 
1. Tildagi modallik kategoriyasini keng ma‘noda tushunishdan kelib
chiqish. 
2. Modal so‗zlarni yordamchi so‗z turkumi sifatida qarab sintaktik
birlik bo‗lgan kirish so‗zlardan farqlash. 
3. Modal so‗zlarni yuklamalardan farqlash mezonini ishlab chiqish. 


11 
Modal so‗zlar o‗zining leksik – grammatik ma‘no – mohiyatiga ko‗ra
undov so‗zlarga ham yaqin turadi. Ikkalasi ham hayajonni, asabiy
holatni ifodalaydi va so‗zlovchining borliqdan ta‘sirchanligini ko‗rsatadi. 
Ularni bir – biridan farqlab turgan narsa shuki, undov so‗zlarning
aksariyati insonlarning yarim ongli ruhiy ta‘sirlanishini ifodalasa, modal
so‗zlar subyektivlikni, so‗zlovchining ifodalanayotgan fikriga
munosabatini ifodalaydi. 
Morfologik belgilariga ko‗ra modal so‗zlar boshqa yordamchi so‗z
turkumiga kiruvchi: ko‗makchi, bog‗lovchi, yuklama, undov, taqlid
so‗zlardan farq qilmaydi. Chunki modal so‗zlar ham yordamchi so‗z
turkumlari kabi o‗zgarmas, so‗z yasash, so‗z o‗zgarish affikslariga ega
emas. 
Ularni bir – biriga o‗xshash tomonlarining boisi ularning tarixi bilan
bog‗liqdir, chunki modal so‗zlar turli xil mustaqil so‗z turkumlaridan
kelib chiqqan. Bunday tarixiy jarayon, ya‘ni so‗zlarning leksik
grammatik o‗zgarishi natijasida ayrim modal so‗zlar to‗laligicha o‗zining
boshlang‗ich nuqtasidan tamomila uzilib chiqib ketganki, ular faqat
modal ma‘nolarni ifodalaydi, boshqalari esa to‗lig‗icha modal so‗zlar
qatoriga o‗tib ketmagan shuning uchun ular ayrim hollarda modal
ma‘nolarni ifodalasa, boshqa hollarda ma‘lum gap bo‗lagi vazifasini
bajaradi. Masalan: 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish