shekilli, chamasi, chog„i;
2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi:
ehtimol, balki;
3) fikrning tusmolli ekanligini bildiradi
: aftidan;
4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradi:
har
holda, har qalay.
3. Xulosa qiladi:
xullas, demak.
4. Afsusni anglatadi:
afsus, attang, esiz.
5. Zaruriyatni bildiradi:
kerak, zarur, lozim.
6. Mavjudlik va mavjud emaslikni anglatadi:
bor, yo„q.
Bulardan tashqari:
binobarin, zero, holbuki, vaholanki
kabi modal
so‗zlar ham mavjud. Modal so‗zlarning ko‗pchiligi mustaqil so‗zlardan
o‗sib chiqqandir:
1) ot turkumidan:
aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat;
2) sifat turkumidan:
so„zsiz, shubhasiz, tabiiy;
30
3) ravishdan:
albatta;
4) fe‘ldan:
hoynahoy
( tojikcha hohi – nahohi so‗zidan kelib chiqqan);
5) bog‗lovchidan
: balki;
6) so‗z birikmasidan
: har qalay, har holda;
7) gapning modal so‗zga aylanishi:
holbuki
( Hol buki );
8) so‗z tushirish natijasida hosil bo‗lgan:
o„z – o„zidan
( aniq so‗zi
tushib qoladi ).
Endi modal so‗zlarning formal tilshunoslikdagi tadqiqiga to‗xtalsak.
Bu tasnifning birinchi namunasini formal ilshunoslikning otaxon
vakillaridan biri bo‗lgan Shavkat Rahmatullayevning ―Hozirgi adabiy
o‗zbek tili‖ darsligidan olishga qaror qildik. Mazkur tasnifning
yuqorida biz nisbatan mukammal tasnif deya e‘tirof etgan tasnifdan
farqi u darajada katta emas. Deyarli bir xil desa ham bo‗ladi.
Faqat ularning tarkibiy qismida biroz tafovutlar ko‗zga tashlanishi
mumkin. Demak, Shavkat Rahmatullayev modal so‗zlarni quyidagicha
tasniflashni lozim ko‗radilar:
Modallar gapshaklga bir butun holda qo‗shilib, so‗zlovchining o‗zi
anglatayotgan fikrning aniqligiga, chinligiga ishonch darajasini,
voqelikdan taajjublanishini, afsuslanishini ifodalaydi:
1. Fikrning aniqligini ifodalovchi modallar o‗z navbatida
quyidagicha guruhlanadi:
1) fikrning rostligini, realligini ifodalovchilar:
darhaqiqat,
haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat
( eskirgan ) kabi.
Darhaqiqat, bu
mojaroning boshqa oqibatlari hozir uning ko„ziga o„z – o„zidan
barham topgan va topayotganday ko„rinar edi.
( Abdulla Qahhor ).
31
Haqiqatan, keyinroq eshitsa, kelini: “Yana o„qiyman” degan gap
chiqaribdi
( Odil Yoqubov ) kabi;
2) fikrninig qat‘iyligini ifodalovchilar:
shubhasiz, shaksiz, so„zsiz
kabi.
Bu, shubhasiz, bizning yutug„imiz
( Abdulla Qahhor ) kabi.
3) anglatilayotgan voqelikning yuz berishiga ishonch bildiruvchi:
albatta
( she‘riyatda
albat
shaklida ham uchraydi ):
Lekin jigar…Esga
tushsa achinaman, albatta
( Uyg‗un ).
…bu gapining ham ustidan
chiqadi, albatta
( Odil Yoqubov ) kabi;
4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanini
ifodalovchilar:
o„z – o„zidan, tabiiy
kabi.
Tabiiy, Yefim Yefimovich ham
bu yangi do„stlaridan osonlikcha ko„ngil uzolmas edi
( Hakim Nazir)
kabi;
5) fikrning chinligi, realligini eslatuvchilar:
rostdan, darvoqe, aslida
(
asli
ba‘zan
aslan
shaklida ham uchraydi ):
Darvoqe, bu gap
Do'stlaringiz bilan baham: |