Xususiyatlari bitiruv malakaviy ishi


  3.2. Ijobiy va salbiy munosabat bildiruvchi modal so‘zlarning



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana18.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#821015
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari

 


51 
3.2. Ijobiy va salbiy munosabat bildiruvchi modal so‘zlarning
uslubiy imkoniyatlari 
O‗zbek tilida modal so‗zlar ham xuddi boshqa so‗z turkumlari
singari o‗ziga xos tuzilish tarkibiga ega sanaladi. Chunonchi, modal
so‗zlarning ham tuzilishiga ko‗ra turlari uchta hisoblanadi. Bular
quyidagilardir: 
1. Sodda modal so‗zlar; 
2. Qo‗shma modal so‗zlar; 
3. Juft va takror modal so‗zlar; 
Sodda modal so‗zlarning o‗zi ham ikkiga bo‗linadi: 
1. Sodda tub modallar; 
2. Sodda yasama modallar. 
Faqat bir o‗zakdan tashkil topgan modal so‗zlar sodda modal
so‗zlar deyiladi. O‗zbek tilida modal so‗zlar yasalish xususiyatiga
ega emas. Shuning uchun o‗zbek tilidagi barcha sodda modal
so‗zlarni sodda tub modal so‗zlarga misol qilib keltirsa bo‗ladi.
O‗zbek tilida soda yasama so‗z hosil bo‗lishi uchun bu so‗z o‗z
navbatida ma‘noli qismlarga ajralishi lozim bo‗ladi. Modal so‗zlarning
tarkibida mavjud qo‗shimchalar esa bu so‗zlar bilan qo‗shilib,
yaxlitlanib qolgan. Shu boisdan, ular ma‘noli qismga ajratilmaydi va
o‗zbek tilida modal so‗zlar yasalish xususiyatiga ega emas, deb
qaraladi. Bundan tashqari modal so‗zlar leksik tabiatiga ko‗ra ham
ikki xil bo‗ladi. Sof va vazifadosh modal so‗zlar. Vazifadosh modal
so‗zlar bugungi kunda boshqa turkum birligi vazifasida ham faol
bo‗lgan, o‗z navbatida modal so‗z vazifasida ham kela oladigan
so‗zlarga nisbatan qo‗llanadi. O‗zbek tilida modal so‗zlarning deyarli


52 
ko‗pchiligi boshqa turkumlardan o‗sib chiqqan va keyinroq modal
so‗z sifatida adabiy tilda qotib qolgan hisoblanadi. Modallar, asosan,
quyidagi turkumlarning birligidan ma‘no taraqqiyoti natijasida o‗sib
chiqqandir: 
1. Ot so‗zlardan o‗sib chiqqan; modallarning ko‗pchilik qismini
shular tashkil etadi. Bunda modal: 
1) tub leksemashaklga teng deb qaraladi; 
2) asli arabcha leksemaning tushum kelishigi shakliga teng
bo‗lib, o‗zbek tili nuqtayi – nazaridan tub deb qaraladi: 
haqiqatan
( haqiqat + an )
kabi; 
3) asli predlog va leksemadan iborat bo‗lib, o‗zbek tili nuqtayi – 
nazaridan tub deb qaraladi:
darhaqiqat
( tojikcha
dar
predlogi va
arab tilidan o‗zlashgan haqiqat leksemasidan iborat bo‗lib, tojik tilida
analitik grammatik shaklli leksemashakl sifatida
dar haqiqat
tarzida
ajratilib yoziladi ),
darvoqe
( bu modal ham xuddi shunday tuzilgan:
tojikcha
dar
predlogi + arabcha
voqe

dar voqe
o‗zbekchada
haqiqatda
deb tarjima qilinadi) kabi. Arxaik
filhaqiqat
modali esa
arabcha
fi
predlogi,
al
aniqlik artikli va
haqiqat (un)
leksemasidan
tuzilgan:
fi al haqiqat = fil haqiqat ; 
4)
asli ―ot leksema + atributiv shakl yasovchi ― tarkibiga ega
leksemashakldan o‗sib chiqqan va ma‘noli qismlarga ajratilmaydigan
bo‗lgan:
shubha + siz = shubhasiz; shakl + li = shekilli
kabi ( keyingi
misolda kelgan
kll
tovushlarini talaffuz qilish qiyin bo‗lgani sababli
kl 
tovushlari oralig‗iga

tovushi kiritilgan ) kabi; 
5 ) asli leksema va shakl hosil qiladigan morfemadan tuzilgan
bo‗lib, modal turkum birligi sifatida o‗sib chiqqan, shakl hosil


53 
qiladigan morfemalar o‗z grammatik mohiyatini yo‗qotgan,
ajratilmaydigan bo‗lgan. Bunday modallar asli: 
a ) ―leksema + birlik sonlovchisi + III shaxs nisbatlovchisi + bosh
kelishik ko‗rsatkichi‖ tarkibiga ega bo‗lgan:

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish