Xususiyatlari bitiruv malakaviy ishi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana18.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#821015
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari

demadi.
( O‗tkir Hoshimovdan ). Gapda modal ma‘noni ifodalovchi
shekilli
so‗zi so‗zlovchining o‗z fikriga nisbatan tusmolli munosabatda
ekanligini anglatyapti. Ya‘nikim, so‗zlovchi raisning Ra‘noxonning
holini sezgan yoki sezmaganligini aniq aytib berolmaydi. Chunki buni
o‗zi ham bilmaydi. Biroq Ra‘noxonga har qalay yo‗q demaganligining
boisini aynan ana shu taxmini orqali tafakkur qiladi. Xuddi
shunday,
chamamda, chamasi, taxminan, taxminimcha
,
chog„i
kabi
modal so‗zlar ham xuddi shu vazifada shu uslubda qo‗llaniladi.
Modal so‗zlarning uslubiy ma‘no qirralari, ayniqsa, she‘riyatda yaqqol
ko‗zga tashlanadi. She‘riyatda mustaqil so‗z turkumlaridan yangi
modal so‗zlar o‗sib kelayotganini ham payqash mumkin. 
Degaylarki, charos-u ol gilos olmish labingdan rang, 
Labing teksa hasad qilgum, gilos birlan uzumdan ham.
( Erkin
Vohidovdan). Ushbu misrada
degaylarki
so‗zi modal so‗z ma‘nosida
qo‗llangan. Ya‘ni
aytishlaricha, demishlarki
so‗zlari xuddi shu
degaylarki
so‗ziga ma‘nodosh bo‗la oladi. Muallif charos, gilos
mevalarining yorning labidan rang olib qizarganini shunchaki aytib
qo‗ya qolsa ham bo‗ladi. Biroq
degaylarki
so‗zi fikrning isboti
uchun ma‘qul tanlanib, muallif fikrining yanada hissiy va subyektiv
bo‗yoqdorligini ta‘minlashda katta ahamiyat kasb etgan. Xuddi shu
she‘rning keyingi misralarida ham modal so‗zdan fikrni ta‘kidlash
uchun unumli foydalanilgan.
Visol onida ko„z ochsa, Ne tong, tongdan ko„ngilda ranj, 
Judo qilgay meni oy yuz, xumor ko„z yulduzimdan ham.
( Erkin
Vohidov ). Ushbu misralarda
ne tong
modal so‗zi ishtirok etgan
bo‗lib, bu so‗z ham so‗zlovchining voqelikdan ajablanish, taajjub
munosabatini ifodalashga xizmat qilmoqda. Aniqrog‗i,
ne tong
modal
so‗zi bugungi kunda arxaiklashgan
shoyad, shoyadki
modal


40 
so‗zlarining zamonaviy ko‗rinishi hisoblanadi. Umuman, she‘riyatda
modal so‗zlarning ma‘nolari yanada ingichkalashib, badiiiy asar
matnining ta‘sirchan va ifodali bo‗lishiga betakror hissa qo‗shishi,
shubhasiz. Yuqorida biz modal so‗zlarning tarkibi xususida so‗z
ochdik. Darhaqiqat, modal so‗zlarning tilshunoslikda aniq chegarasi
belgilab berilmagan. Til hamisha taraqqiyotda ekan, modal so‗zlar
ham biri arxaiklashib, o‗rniga boshqasi paydo bo‗laveradi. Modal
so‗zlar tilning boshqa birliklari kabi har doim ana shunday
o‗zgarish va rivojlanishda bo‗ladi. Tabiiyki, ularning uslubiy ma‘no
qirralari ham o‗zgarishi mumkin. Buni yuqorida misol keltirganimiz
she‘r misrasida qo‗llanilgan
ne tong
modal so‗zining taraqqiyotidan
ham bilsa bo‗ladi. Bu so‗z o‗zining modal so‗zlik faoliyatini,
asosan, XX asrda boshlagan bo‗lsa, undan oldin tilshunosligimizda
mustaqil so‗z turkumi sifatida ya‘ni payt ravishi ma‘nosini
ifodalashga xizmat qilgan. Keyinroq, badiiy asar matnlari orqali,
ko‗proq Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor kabi mahoratli adiblarning
asarlaridan xalqning so‗zlashuv tiliga ham kirishib, singishib ketdi.
Biroq, baribir bu so‗zni biz ko‗proq badiiy uslubda, she‘riyatda
qo‗llanilganligi bois uslubiy xoslangan modal so‗z sifatida qabul
qilishimiz mumkin bo‗ladi. Adabiy tilimizda bunga o‗xshash holatlarni
ko‗plab kuzatishimiz mumkin. Ya‘ni ko‗proq badiiy uslubda, yoki
ko‗proq ilmiy uslubda qo‗llaniluvchi maxsus modal so‗zlar ham bor.
Masalan, fikrning noaniqligini ifodalashga xizmat qiluvchi
taxminan,
chamasi, chog„i, ehtimol, balki
kabi modal so‗zlar orasida
taxminan
modal so‗zi uslubiy betaraf so‗z hisoblanadi. Bu so‗z keng xalq
so‗zlashuv tilida ham, ilmiy, rasmiy, badiiy uslublarda ham birday
teng qo‗llanila oladi. Shu boisdan ham bu so‗zning o‗z ma‘nosidan
tashqari uslubiy ma‘no ifodalashi qiyinroq masala, albatta. Uning
ma‘nosiga uyg‗un
chog„i
va
shekilli
modal so‗zlari esa ko‗proq
uslubiy xoslangan so‗zlar safiga kirishi mumkin. Boisi bu so‗zlar


41 
ilmiy va rasmiy uslubda deyarli qo‗llanilmaydi. Faqat ommabop
uslubda, oddiy so‗zlashuv uslubida, ba‘zan esa badiiy uslubda
qo‗llanilish ehtimoli kuchli.
Ehtimol, balki
so‗zlarida ham biroz
uslubiy bo‗yoqdorlik mavjud, deb o‗ylayman. Chunki bu so‗zlar ham
o‗zining ko‗proq kitobiy uslubga xos ohangi bilan ajralib turadi.
Modal so‗zlarning uslubiy ma‘nolarini tahlil qilishda ko‗proq
misollar asosida yondashilsa, yana ham maqsadga muvofiq bo‗lishi,
shubhasiz. Shu bois fikrimizni ba‘zi misollar orqali davom
ettirmoqchimiz.
– Chunki mening daraxtlarga chiqish, gilos danaklarini otishdan
ham ko„ra kattaroq ayblarim bor…Birinchidan, boy qiz
emasman…Qulog„imga chalingan gaplarga qaraganda, kambag„al qizni
hech kim nazariga ilmas emish…Innaykeyin, chiroyim yo„q…Mendan
so„rasangiz, bu – kambag„allikdan ham kattaroq bir kamchilik.
( Rashod
Nuri Guntekindan ). Ushbu badiiy matnga ikkita modal so‗z
kiritilgan

bo‗lib, har ikkalasi ham fikrning tartibini izohlash uchun
xizmat qiladi. Birinchisi,
birinchidan
modal so‗zi bo‗lib, bu so‗z
ham uslubiy betaraf so‗z hisoblanadi. Chunki mazkur so‗zdan ham
hamma uslubda bab –baravar foydalanishimiz mumkin bo‗ladi. Biroq,
undan keyin qo‗llanilgan
innaykeyin
modal so‗zi o‗ziga xos
uslubiy ma‘no tovlanishlariga ega hisoblanadi. Bu so‗z ko‗proq
badiiy uslubda qo‗llanilganligi bois, uni biz uslubiy xoslangan
so‗zlar toifasiga kiritishimiz mumkin. Mashhur o‗zbek shoiri va
yozuvchisi G‗afur G‗ulomning ―Shum bola‖ qissasida bu so‗z bilan
bog‗liq juda qiziqarli syujet bayon qilingan. Qolaversa,
innaykeyin
so‗zi
birinchidan
modal so‗ziga yondosh ravishda
ikkinchidan
modal
so‗zining o‗rniga ham qo‗llanilishi mumkin ekan. Buni biz
yuqoridagi badiiy matn misolida ko‗rishga muvaffaq bo‗ldik. Ba‘zi
modal so‗zlar gap ohangi orqali o‗z ma‘nosidan chekinishi, butunlay


42 
boshqa ma‘no kasb etishi ham mumkin bo‗ladi. Masalan, iltimos
ma‘nosini anglatuvchi
iltimos
modal so‗zi gapda turli xil ma‘no
qirralarini namoyish etishi mumkin. Ba‘zan bu so‗z gapda iltijo,
yolvorish ohangida qo‗llanilsa, ba‘zan aksincha, buyruq – xitob
ma‘nosini ifodalashi ham mumkin. Masalan, quyidagi gaplar orqali
biz fikrimizni asoslashga harakat qilamiz. 
-
Iltimos, faqat yerga tushirmasdan ushlab oling.
( Rashod Nuri
Guntekindan ). 
-
Iltimos, menga ikki yuz ellik ming qarz berib tur, qisqa
muddatda qaytarishga harakat qilaman.
( O‗tkir Hoshimovdan ).
 
-
Iltimos, derazani yopib yuboring. 
-
Iltimos, meni o„z holimga qo„ying.
( Oddiy so‗zlashuv
uslubidan ).
 
Bu gaplarni turlicha ohanglar bilan turli shakllarga solish
mumkin. Chunonchi, birinchi gapda
iltimos
modal so‗zi o‗z
ma‘nosida, hech qanday kuchaytirilmasdan, bo‗rttirilmasdan ifoda
qilinyapti. Uning ma‘nosi ham ma‘lum xatti – harakatni amalga
oshirilishini so‗rab bayon qilinayotgan oddiy kundalik holatga
nisbatan amalga oshyapti. Ikkinchi gapda esa bu so‗zning ma‘nosi
o‗z ma‘nosidan yuqoriroq darajaga – yolvorishga, iltijo ohangiga
aylanmoqda. Uchinchi gapda yana ham hayratlanarlisi, bu so‗z teskari
ma‘noga – ya‘ni buyruq – xitobni anglatish ma‘nosiga xizmat qilmoqda.
To‗rtinchi gapda ham uchchala gapdan anglashilgan ma‘nodan biroz
farqliroq ottenkani ifodalamoqda. Ko‗rib turganimizdek, birgina
iltimos
modal so‗zi gapda vaziyatga muvofiq ravishda turli xil uslub va
ma‘noda qo‗llanilishi mumkin ekan. 


43 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish