Xususiy miologia Ko'krak mushaklari va fassiyalari


- rasm.Chanoq va son mushaklari (old tonioni)



Download 251,7 Kb.
bet9/14
Sana07.04.2022
Hajmi251,7 Kb.
#535742
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ANATOMIYA

57- rasm.Chanoq va son mushaklari (old tonioni). 1-m. psoas major; 2-m. piriformis; 3-lig. inguinale; 4-m. lacuna vasorum; 5-m. pectineus; 6-m. adductor longus; 7-m. gracilis; 8-m. vastus medialis; 9-lig. patellae; 10-tendo m. recti femoris; 11-tractus iliotibialis; 12-m. vastus lateralis; 13-m. tensor fasciae latae; 14-m. sartorius; 15-m. iliacus.
chanoqning ichki yuzasidagi (57-rasm) va chanoqning tashqi yuzasidagi mushakiarga bo'linadi.
Chanoqning ichki yuzasidagi mushaklar
Chanoqning ichki yuzasidagi mushakiarga yonbosh- bel va kichik bel mushaklari kiradi.



  1. sonni chanoq-son bo'g'imida bukadi, agar oyoq qimirlamay tursa, umurtqa
    .Yonbosh-bel mushagi (m. iliopsoas) turli sohadan boshlanuvchi ikki: katta bel va yonbosh mushagidan iborat. Katta bel mushagi (m.psoas major) duksimon shaklda bo'lib, XII ko'krak va barcha bel umurtqalarining ko'ndalang o'simtalari va tanasining lateral yuzasidan boshlanadi. U umurtqalaming ko'ndalang o'simtalari oldidan umurtqa tanasi bo'ylab pastga tushadi. Yonbosh mushagi (m. iliacus) yassi bolib yonbosh chuqurchasida yotadi. Yonbosh chuqurchasini yuqori uchdan ikki qismi, yonbosh qirrasining ichki labi, oldingi dumg'aza- yonbosh boylamidan boshlanib, katta bel mushagi bilan qo'shiladi. Yonbosh-bel mushagi chov boylami orqasidan mushakli lakuna (lacuna musculorum) orqali son sohasiga chiqadi va son suyagining kichik ko'stiga birikadi. Faoliyati: pog'onasini oldinga bukadi. Innervatsiyasi: plexus lumbalis (rr.muscularis).

  2. . Kichik bel mushagi (m. psoas minor) (40% holatda uchramaydi) XII ko'krak va I bel umurtqalarining yon yuzasidan, umurtqalararo diskdan boshlanadi. U katta bel mushagining oldingi yuzasida joylashadi va uzun pay vositasida yonbosh fassiyasiga birikadi. Faoliyati: yonbosh fassiyasini taranglaydi.



Innervatsiyasi: plexus lumbalis (rr.muscularis).
Chanoqning tashqi yuzasidagi mushaklar
Chanoqning tashqi yuzasidagi mushaklari yuza va chuqur qavat bo'lib joylashadi. Yuza mushakiarga dumba sohasi va chanoqning lateral yuzasida joylashgan katta, o'rta va kichik dumba mushaklari kiradi.

  1. Katta dumba mushagi (m. gluteus maximus) odamning tik holatda yurishi munosabati bilan kuchli rivojlangan mushakdir. U yonbosh suyagining tashqi yuzasidagi orqa dumba chizig'i, dumg'aza va dum suyaklarining orqa yuzasi va lig. sacrotuberale dan boshlanadi. Mushak tolalari pastga va lateral tomonga qiyshiq yo'nalib, son suyagining dumba bo'rtig'iga birikadi. Faoliyati: sonni chanoq-son bo'g'imida yozadi va tashqariga buradi. Oyoqlar qimiriamay tursa, engashgan tanani orqaga tortib to‘g‘rilaydi. Innervatsiyasi: n.gluteus inferior.

  2. O‘rta dumba mushagi (m. gluteus medius) yonbosh suyagining tashqi yuzasidagi oldingi va orqa dumba chiziqlari oralig'idan boshlanadi. Mushak tolalari pastga tomon yo'nalib, qalin pay vositasida son suyagi katta ko'stini uchiga va tashqi yuzasiga birikadi.

  3. Kichik dumba mushagi (m. gluteus minimus) o'rta dumba mushagi ostida yotadi. Bu mushak oldingi va pastki dumba chiziqlari o'rtasidan, katta o'tirg'ich o'ymasi chekkasidan boshlanadi. Mushak tolalari pastga tomon yo'nalib, son suyagi katta ko'stining oldingi lateral yuzasiga birikadi. Faoliyati: o'rta va kichik dumba mushaklari sonni uzoqlashtiradi va qisman ichkariga buradi. Oyoqlar qimiriamay turganida, chanoqni va tanani tik holatda tutadi. Innervatsiyasi: n.gluteus superior.

  4. Keng fassiyani taranglovchi mushak (m. tensor fascia latae) oldingi yuqori yonbosh o'simtasidan va yonbosh qirrasining unga yaqin qismidan boshlanadi. Mushak sonning keng fassiyasini yuza va chuqur varag'i o'rtasida joylashib pastga yo'naladi. Sonning yuqori va o'rta uchdan bir qismi oralig'ida keng fassiyaning yonbosh-boldir traktiga o'tib katta boldir suyagining tashqi do'ngsimon o'simtasiga birikadi. Faoliyati: yonbosh-boldir traktini taranglaydi, sonni bukadi. Innervatsiyasi: n.gluteus superior.

  5. Noksimon mushak (m. piriformis) dumg'aza suyagining chanoq yuzasidan dumg'aza chanoq teshiklarining lateral tomonidan boshlanadi. U katta o'tirg'ich teshigidan o'tib, son suyagi katta ko'sti uchining medial yuzasiga birikadi. Bu mushak katta o'tirg'ich teshigini butunlay to'ldirmaydi. Uning ustki va pastki tomonlarida qon tomir va nervlar o'tishi uchun teshiklar qoladi. Faoliyati: sonni tashqariga buradi va uzoqlashtiradi. Innervatsiyasi: plexus sacralis.

  6. Ichki yopqich mushak (m. obturatorius internus) yopqich teshikning chekkasidan va yopqich pardaning ichki yuzasidan, o'tirg'ich suyagining chanoq yuzasidan boshlanadi. U kichik chanoq bo'shlig'idan kichik o'tirg'ch teshigi orqali chiqib, son suyagi katta ko'sti chuqurchasiga birikadi. Bu mushak bilan birga kichik o'tirg'ich teshigi orqali yuqori va pastki egizak mushaklar ham o'tadi.

  7. Yuqori egizak mushak (m. gemellus superior) o'tirgich o'simtasidan boshlanadi.

  8. Pastki egizak mushak (m. gemellus inferior) esa o'tirgich bo'rtig'idan boshlanadi. Ikkala egizak mushaklar ichki yopqich mushakning ustki va pastki tomonidan yo'nalib, kichik o'tirg'ich teshigi orqali chanoq bo'shlig'idan chiqadi va son suyagi katta ko'sti chuqurchasiga birikadi. Faoliyati: ichki yopqich, yuqori va pastki egizak mushaklar sonni tashqariga buradi. Innervatsiyasi: plexus sacralis.

  9. Sonning kvadrat mushagi (m. quadratus femoris) yassi, to'rtburchak shaklidagi mushak. Otirg'ich bo'rtig'ining tashqi chekkasi yuqori qismidan

boshlanib, ko'stlararo qirraning yuqori qismiga birikadi. Faoliyati: sonni tashqariga buradi. Innervatsiyasi: n.ischiadicus.

  1. Tashqi yopqich mushak (m. obturatorius extemus) uchburchak shaklida bo'lib, qov suyagining tashqi yuzasi, o'tirg'ich suyagi shoxi va yopqich pardaning medial uchdan ikki qismidan boshlanadi. Mushak tolalari orqaga, yuqoriga va lateral yo'nalib son suyagi katta ko'sti chuqurchasiga birikadi. Faoliyati: sonni tashqariga buradi. Innervatsiyasi: n.obturatorius.

Son mushaklari
Son mushaklari tik holatda yurishni va tanani vertikal holatda turishini ta’minlab, uzun suyak richaglarini harakatga keltiradi. Shu sababli ular uzun bo'lib, katta massali, bir nechta boshli (ikki boshli, to'rt boshli) va bitta payli mushaklami hosil qiladi. Son mushaklari son suyagini har tomondan o'rab, chanoq-son va tizza bo'g'imlariga ta’sir ko'rsatadi. Son mushaklari faoliyatiga qarab uch: oldingi (yozuvchi), orqa (bukuvchi) va ichki-medial (yaqinlashtiruvchi) guruhlarga bo'linadi. Birinchi ikki guruh mushaklari chanoq-son va tizza bo'g'imlariga ta’sir qilib, ulami frontal o'q atrofidagi harakatini ta’minlaydi. Medial guiuh mushaklari esa chanoq-son bo'g'imini sagittal o'q atrofidagi harakatida ishtirok etadi.
Sonning oldingi guruh mushaklari
1. Tikuvchilar mushagi (m. sartorius, 57-rasm) yonbosh suyagining oldingi ustki o'simtasidan boshlanadi. Bu mushak odamning eng uzun mushagi hisoblanib, sonning oldingi yuzasida yuqoridan pastga va medial tomonga yo'naladi va katta boldir suyagi bo'rtig'iga birikadi. Birikkan joyda tikuvchilar mushagi payi nozik va yarimpay mushaklar payi bilan chatishib yuza g'oz panjasi deb ataluvchi uchburchak shakldagi pay qatlamini hosil qiladi. Faoliyati: sonni va boldimi bukadi, sonni tashqariga burish va uzoqlashtirishda ishtirok etadi. Innervatsiyasi: n. femoralis.
2. Sonning to'rt boshli mushagi (m. quadriseps femoris) odamdagi eng katta mushak bo'lib, to'rtta boshchasi bor. Uning har bir boshchasi alohida-alohida boshlanib, son suyagini har tomondan o'rab turadi. Sonning distal uchdan birida mushakning to'rtta boshchasi umumiy payni hosil qilib, katta boldir suyagi bo'rtig'iga birikadi.

  1. Sonning to'g'ri mushagi (m.rectus femoris) yonbosh suyagining oldingi pastki o'simtasi va sirka kosachasining ustki sohasidan boshlanadi. U pastga tomon chanoq-son bo'g'imining oldidan o'tadi. Uning payi tizza qopqog'i asosiga birikadi.

  2. Lateral keng mushak (m. vastus lateralis) to'rtta boshning ichida eng kattasi. Ko'stlararo chiziq, katta ko'stning pastki qismi, dumba bo'rtig'i va lateral mushaklararo to'siqdan boshlanadi. Sonning to'g'ri mushagi payiga, tizza qopqog'ining yuqori lateral qismiga va katta boldir suyagi bo'rtig'iga birikadi. Mushak payining bir qismi tizza qopqog'ini ushlab turuvchi lateral boylamga davom etadi.

d) Medial keng mushak (m. vastus medialis) ko'stlararo chiziqning pastki yarmi, son suyagi g‘adir-budir chizig'ining medial labi va medial mushaklararo to'siqdan boshlanadi. Tizza qopqog'i asosining yuqori chekkasiga va katta boldir suyagi medial bo‘rtig‘i oldingi yuzasiga birikadi. Bu mushak payi tizza qopqog'ini ushlab turuvchi medial boylamni hosil qilishda ishtirok etadi.
e) Oraliqdagi keng mushak (m. vastus intennedius) son suyagining oldingi va lateral yuzasini yuqori uchdan ikki qismi, son suyagi g'adir- budir chizig'i lateral labining pastki qismi va lateral mushaklararo to'siqdan boshlanadi. Tizza qopqog'i asosiga birikib, sonning to'g'ri, lateral va medial keng mushaklari payi bilan sonning to'rt boshli mushagining umumiy payini hosil qiladi. Faoliyati: tizza bo'g'imida boldimi yozadi. Sonning to'g'ri mushagi chanoq-son bo'g'imida sonni bukadi. Innervatsiyasi: n.femoralis.
3.Tizza bo'g'imi mushagi (m. articularis genus) sonning to'rt boshli mushagi payi ostida yotadi. Qisqarganida tizza bo'g'imini yozishda ishtirok etadi va bo'g'im xaltasini taranglaydi.
Sonning orqa guruh mushaklari
Sonning orqa yuzasida sonning ikki boshli, yarim pay va yarim parda mushaklari joylashgan. Yuqori tomonda ulaming uchalasini o'tirg'ich bo'rtig'idan boshlangan joyda katta dumba mushagi yopib turadi. Pastda yarim pay va yarim parda mushaklar medial tomonda joylashib, taqim osti chuqurchasini medial tomondan chegaralaydi. Ikki boshli mushak esa lateral tomonda joylashib, taqim osti chuqurchasini lateral tomondan chegaralaydi.

  1. Sonning ikki boshli mushagi (m. biceps femoris)ning uzun va kalta boshchasi bo'lib, uning uzun boshchasi (caput longum) o'tirg'ich bo'rtig'ining yuqori medial yuzasi va dumg'aza-bo'rtiq boylamidan, kalta boshchasi (caput breve) son suyagi g'adir-budir chizig'ining lateral labi, lateral mushaklararo to'siqdan boshlanadi. Sonning pastki uchdan bir sohasida mushakning ikkala boshchasi o'zaro birikib umumiy payni hosil qiladi. Umumiy pay pastga tizza bo'g'imining orqa lateral tomoniga yo'nalib, kichik boldir suyagining boshi va katta boldir suyagi lateral bo'rtig'ining tashqi yuzasiga birikadi. Faoliyati: sonni yozadi, boldimi tizza bog'imida bukadi va tashqariga buradi. Innervatsiyasi: uzun boshi n.tibialis, kalta boshi n.peroneus communis.

  2. Yarimpay mushak (m. semitendinosus) o'tirg'ich bo'rtig'idan boshlanadi. Sonning o'rta qismida uzun payga o'tib pastga tizza bo'g'imining orqa medial tomoniga yo'naladi va katta boldir suyagining yuqori qismining medial yuzasiga birikadi. Faoliyati: sonni yozadi, boldimi tizza bo'g'imida bukib ichkariga buradi. Innervatsiyasi: n.tibialis.

  3. Yarimparda mushak (m. semimembranosus) o'tirg'ich bo'rtig'idan uzun yassi pay parda shaklida boshlanadi. Pay parda pastga yo'nalib, sonning o'rtasida mushak qorinchasiga o'tadi. Mushak tizza bo'g'imi sohasida yassi payga aylanadi. U uchta tutamga bo'linib chuqur g'oz panjasini hosil qiladi va katta boldir suyagining medial bo'rtig'ining orqa lateral yuzasiga birikadi. Tutamlaming bittasi pastga yo'nalib katta boldiming yonlama boylamiga birikadi. Ikkinchisi pastga va lateral yo'nalib taqim mushagi fassiyasida va katta boldir suyagining kambalasimon mushak chizig'ida tugaydi. Uchinchi eng kuchli tutami taqimning qiyshiq boylamiga aylanadi. Faoliyati: sonni yozadi, boldimi bukadi va ichkariga buradi. Innervatsiyasi: n.tibialis.

Sonning medial guruh mushaklari
Sonning medial yuzasida bir sonni ikkinchi songa yaqinlashtiruvchi: nozik, taroqsimon, uzun, kalta va katta yaqinlashtiruvchi mushaklar joylashgan. Bu mushaklar o'tirg'ich va qov suyaklarining tashqi yuzasidan boshlanadi. Ulaming boshlanish joyi qov bo'rtig'idan to o'tirg'ich bo'rtig'igacha bo'lgan katta sohani egallaydi. Ular son suyagining g'adir-budir chizig'ini bor bo'yiga birikadi.

  1. Nozik mushak (m. gracilis) qov simfizi va qov suyagining pastki shoxidan boshlanib, sonning medial yuzasi bo'ylab yuza joylashadi. Uning payi katta boldir suyagi yuqori qismining medial yuzasiga birikib, yuza g'oz panjasini hosil qilishda ishtirok etadi. Faoliyati: sonni yaqinlashtiradi, boldimi bukadi va ichkariga buradi. Innervatsiyasi: n.obturatorius.

  2. Taroqsimon mushak (m. pecteneus) kalta, yassi mushak. Qov suyagining qirrasi va ustki shoxidan boshlanib, son suyagini taroqsimon chizig'iga birikadi. Faoliyati: sonni yaqinlashtiradi va bukadi. Innervatsiyasi: n.obturatorius, n.ischiadicus.

  3. Uzun yaqinlashtiruvchi mushak (m. adductor longus) uchburchak shaklida bo'lib, oldingi mushakdan pastda va medialroq joylashadi. Qov suyagining ustki shoxini tashqi yuzasidan qalin pay bilan boshlanadi. Pastga va lateral yo'nalib yupqa keng pay bilan son suyagi g'adir-budir chizig'ining ichki labiga birikadi. Faoliyati: sonni yaqinlashtiradi va ichkariga buradi. Innervatsiyasi: n.obturatorius.

  4. Kalta yaqinlashtiruvchi mushak (m. adductor brevis). Uchburchak shaklli qalin mushak. Qov suyagi tanasining tashqi yuzasi va pastki shoxidan boshlanadi. Pastga va lateral tomonga yo'nalib ancha kengayadi va qisqa pay vositasida son suyagi g'adir-budir chizig'ining yuqori qismiga oirikadi. Faoliyati: sonni yaqinlashtiradi va bukishda ishtirok etadi. Innervatsiyasi: n.obturatorius.

  5. Katta yaqinlashtiruvchi mushak (m. adductor magnus) medial guruhdagi eng katta, qalin va uchburchak shakldagi mushak. O'tirg'ich bo'rtig'i, o'tirg'ich va qov suyaklarining pastki shoxidan boshlanib, son suyagining g'adir- budir chizig'ining ichki labining bor bo'yiga birikadi. Faoliyati: sonni yaqinlashtiradi va yozishda ishtirok etadi. Innervatsiyasi: n.obturatorius, n.ischiadicus.

Boldir mushaklari
Boldir mushaklari tizza, oshiq-boldir va oyoq panjasi bo'g'imlariga ta’sir qilib, tanani vertikal holatda tutishga va yerda yurishga moslashgan. Shutting uchun ular boldir-oshiq bo'g'imi va oyoq panjasi bo'g'imlarini frontal o'q atrofida harakatga keltirish uchun ko'proq oldingi va orqa tomonlarida joylashgan. Oyoq panjasining sagittal o'q atrofidagi harakati lateral guruh mushaklari ta’siri ostida bo'ladi. Boldir mushaklari bo'ylama yo'nalishga ega bo'lib ba’zilari oyoq panjasining kaft oldi suyaklari va kaft suyaklarining asosiga, boshqalari esa barmoq falangalariga birikadi. Boldir mushaklarining go'shtdor qismi proksimal, paylari esa distal joylashgani uchun boldir konus shaklida boladi. Boldir mushaklari: oldingi, orqa va lateral guruhga bo'linadi.
Boldirning oldingi guruh mushaklari




ustki va pastki yozuvchi pay tutqichlari ostidan o'tadi. Oyoq panjasining

suyaklararo pardadan boshlanadi. Mushak pastga tomon yo'nalib boldirning

do'ngsimon o'simtasi, tanasining tashqi yuzasining yuqori qismi va
1. Oldingi katta boldir mushagi (m. tibialis anterior, 58-rasm) boldirning oldingi yuzasida joylashadi. Katta boldir suyagining tashqi pastki qismida uzun payga aylanadi. Uning payi oshiq-boldir bo'g'imi oldida medial chekkasini aylanib o'tgach medial ponasimon suyakning kaft yuzasiga va I kaft suyagi asosiga birikadi. Faoliyati: oyoq panjasini yozib, medial chekkasini ko'taradi va tashqariga buradi.
2. Barmoqlami yozuvchi uzun mushak (m. extensor digitorum longus) katta boldir suyagining tashqi do'ngsimon o'simtasi, kichik boldir suyagi tanasining oldingi yuzasi va suyaklararo pardaning yuqori qismidan boshlanadi. Oyoq panjasi tomon yo'nalib, ustki va pastki yozuvchi pay tutqichlar ostidan o'tgach, oshiq-boldir bo'g'imi sohasida to'rtta payga bo'linadi. Harbir pay II—V barmoqlaming o'rta va distal falangalarining asosiga birikadi. Mushakning pastki qismidan ajrab chiqqan kichkina mushak dastasi uchinchi kichik boldir mushagi (m. peroneus tertius) nomi bilan V kaft suyagi asosiga birikadi. Faoliyati: II—V barmoqlami kaft-barmoq bo'g'imida, shuningdek oyoq panjasini oshiq-boldir bo'g'imida yozadi va tashqi chetini ko'taradi.

Download 251,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish