6-rasm. “Mir-Jahon” X/k” turoperatorlik korxonasining xorijiy turistlarga ko`rsatadigan xizmat turlari
Yuqoridagi rasmda korxonaning asosiy xizmatlari ro`yxati kiritilgan. Ushbu xizmatlardan tashqari korxona mijozlarga yana 10ga yaqin xizmatlarni ko`rsatadi.
“Mir-Jahon” X/k” turoperatorlik korxonasi turistik xizmatlarni yaratuvchi va turistik xizmat(turpaket)larni sotuvchi tashkilot hisoblanadi. Turpaket xizmatlar
harakatining 24 soatdan vaqtiga ega va tunab qolish, joylashtirish va joydan joyga ko`chib o`tish, yuk tashishni o`z ichiga oladi. Turpaketda barcha ko`rsatilgan xizmatlar va barcha harajatlarni o`z ichiga olgan umumiy narx bo`yicha taklif etiladi.
“Mir-Jahon” X/k” turoperatorlik korxonasida turaperatorlar faoliyatining asosiy vazifasi tegishli xizmat ko`rsatish dasturi bilan mustahkamlangan tur tashkil qilish hisoblanadi. Aynan shu mahsulot turaperator tomonidan bozorga chiqariladigan asosiy turistik mahsulot hisoblanadi. Sotishni tashkil etish usuli va turist talabnomasi turiga qarab turlar individual va guruhli bo`lishi mumkin.
Individual turlarda turistarga ko`proq mustaqil harakatlanish imkonini beradi ammo bunday turlar guruhli turlarga nisbatan qimmatroq, chunki individual turlar tarkibiga kiruvchi ichki marshrutdagi transport, gid xizmatlari va bazi boshqa xizmatlar uchun to`lov to`liq turist zimmasiga tushadi.
Guruhli turlarda esa to`lov ular o`rtasida taqsimlanmaydi. Aynan shuning uchun individual turlar ko`pchilik turistlar orasida unchalik talabga ega emas. Guruhli turizm nisbatan arzon, ko`p sonli turistlar uchun hamyonbob ammo bunda guruhning barcha azolari o`rnatilgan tartibga bo`ysunishlari lozim.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Хalqaro turizmning mamalakat iqtisodiyotidagi muhim tarmoq ekanligini hisobga olgan holda O`zbekistonda ham bu sohani rivojlanitirish, uni o`rganish, turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish, turizm sohasida global marketing va
raqobatni shakllantrish zaruriy ishlardan biridir.
Тurmahsulotlarimiz kam iste’mol qilinadigan bozorlardagi turoperatorlarga nisbatan o`rnatiladigan munosabatlarga quyidagi ustivor yo`nalishlarni belgilashimiz mumkin:
• o`zlashtirilayotgan bozordagi yangi hamkor turoperatorlarni O`zbekistonga yanada yuqori baho berishga ishontirish;
• turistlarning qiziqishini o`rgangan holda, maxsus yo`nalishlar, dasturlar tuzish, charter reyslarini amalga oshirish;
• hamkorlikda ishlayotgan turoperatorlar tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar yetarli darajada bo`lmayotganini bilib qolsa, ushbu xizmatlarni oshirishga va ularni axborot bilan ta’minlash, paydo bo`lgan muammolarni birgalikda yechimini topishga erishish lozim.
Hisobotning barcha vazifalarini o`rganish jarayonidan so`ng quyidagi xulosaga kelish mumkinki, “Mir-Jahon” X/k” turoperatorlik korxonasi o`zining faoliyatini bir qancha sohalarda rivojlantirishi lozim.
Misol uchun, turistik korxona quyidagi yo`nalishlar bo`yicha o`zining xizmat sifatini yaxshilashi kerak:
marketing sohasida malakali mutahassislarni jalb qilish;
hodimlarning malakasini doimo oshirib turish;
hodimlarni motivatsiya qilish;
hodimlar ishini tashkil etishni yaxshilash.
“Mir-Jahon” X/k” turoperatorlik korxonasida o`tgan amaliyotim yakunida quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
korxona maydonini kengaytirish;
xizmat ko`rsatish uchun yuqori sifatli texnologiyalarni qo`llash;
yangi operatorlik dasturlarini ishlab chiqish;
tashqi tarafdan korxona o`zining katta belgisini o`rnatishi;
hodimlarga uniforma joriy etish;
qo`shimcha xizmatlar sigatini yaxshilash;
yanada rivojlangan ofis uskunalaridan foydalanish;
reklamaninig barcha turlaridan foydalanish;
esdalik mahsulotlarini ishlab chiqish: kalendarlar, kundaliklar, postkartalar, bukletlar, ruchkalar, nishonlar, idishlar, soatlar, kiyimlar;
ma’lumotlar bazasini tuzish;
potensial xaridorlar uchun pochta orqali reklama materiallarini jo`natish.
Amaliyotni o`tash jarayonida biz telefon qo`ng’iroqlariga to`g’ri javob berishni, hujjatlarni rasmiylashtirishni va to`ldirishni o`rgandik: mijozlar bilan shatnomalar, yo`nalish ko`rsatmalari, vizalar uchun kerakli hujjatlar.
Bundan tashqari, bronlashtirish uchun arizlarni to`ldirishni, turistik vaucherlarni to`ldirishni o`rgandik, zamonaviy aloqa vositalari bilan ishlash ko`nikmalarimizni rivojlantirdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |