2-jadval
“Mir-Jahon” X/k” xususiy korxonasi turoperatorlik faoliyatining SWOT-tahlili
Kuchli jihatlar
|
Kuchsiz jihatlar
| | |
Imkoniyatlar
|
Xavflar
|
Ko`plab aviatarmoqlar bilan muntazam aloqada bo`lish;
Rent car kabi qo`shimcha xizmatlarni tashkil etish
|
Raqobat ;
Qimmat aviabiletlar
|
Oxirgi yillarda iqtisodiyo`zgarishlar va yangi texnikalarning rivojlanishi xizmat va mahsulotlarni ishlab chiqarishda marketing shakllari va korxona boshqaruvlarida ahamiyatli biro`zgarishlarga sabab bo`ldi. Kompyuter texnologiyalaridagi rivojlanishlar ba’zi turistik yo`nalishlarning birlamchi rejaga chiqishiga sabab bo`ldi. Iste’molchi munosabatlaridagio`zgarishlar va boshqa omillar korxona xo`jayinlariga xaridorlarning kutish vaqtlariningo`tganini, endi o`zlari borib xaridorlarni izlash va ularni o`zlariga jalb qilish kerakligini tushina boshladilar. Bu jarayon turistik korxona, restoran yoki mehmonxona kabi sayohat byurosi uchun ham taaluqlidir.
“Mir-Jahon” X/k” turoperatorlik korxonasining mamlakat turizm bozoridagi raqobatbardoshliligini ta’minlashda reklama va narx siyosati tahlili
Reklama - bu turmahsulot va iste’molchi orasidagi bilvosita aloqa shaklidir. “Golden East Travel” xususiy korxonasi reklamada ommaviy axborot vositalaridan, ayniqsa, katalog, broshura, afisha kabi nashr materiallaridan foydalanadi (2-rasm).
Turizmda reklamaning tipik maqsadlari quyidagilardir:
Axborotlilik:
• Mahsulot haqida ma’lumot berish;
• Mahsulot imidjini shakllantirish;
• Firma imidjini shakllantirish;
•Firma faoliyati to`g‘risidagi tasavurlarni shakllantirish.
Ishontiruvchi:
• Mahsulotni sotib olishga undash;
• Sotishlarni amalga oshirish;
• Mahsulotga munosabatni o`zgartirish;
• Raqobatning teskari ta’siri.
Eslatuvchi:
• Xabardorlik va talabni qo`llab-quvatlash;
• Imidjni tasdiqlash.
Turmahsulot reklamasining murakkabligi shundaki, u bir vaqtning o`zida qator turli xil jihatlarni aks ettirishi lozim:
talabning bozor segmentlari bo`yicha takliflarning turli-tumanligi (masalan, yosh bolalardan boshlab, o`rta sinf vakillariga qadar vaVIP-turistlar uchun);
sayohat va safarlar joylarining farqlari (masalan, an’anaviy yo`nalishlar - Turkiya, Kipr, Italiya, Ispaniya, Marokko, Bali, Keniya va hokazo kabi yangi yo`nalishlar);
turizmning turli ko`rinishlari (sport, tarixiy, sog‘lomlashtirish va boshqalar).
Reklama maqsadi - diqqatni jalb etish, qiziqish uyg‘otish, iste’molchilarga ma’lumot yetkazish va uni ma’lum tartibda harakat qilishga majbur qilish (masalan, turagent bilan bog‘lanish, qo`shimcha ma’lumotlar so`rab olish va hokazo). Turmahsulot ishlab chiqish - bu hali hammasi yetarli degani emas, u o`z mijozini topishi asosiysidir (3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |