Xulosa va takliflar foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati



Download 2,45 Mb.
bet2/10
Sana13.10.2022
Hajmi2,45 Mb.
#852920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MErojidin

tashkil etilishi
“Mir-Jahon” X/k xususiy korxonasi 2014-yil “Aviabiletlarni soyishga ixtisoslashgan tashkilot” ko`rinishida Toshkent shahar Chilonzor tumani Lutfiy 94 tashkil topgan va faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunga kelib esa mamlakatimizda turizm sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani va keng imkoniyatlar berilayotgani sababli mazkur korxona turoperatorlik faoliyati bilan ham shug’ullanmoqda.
“Mir-Jahon” X/k xususiy korxonasi kirish, chiqish va ichki turizm turlarini amalga oshiradi. Korxona 2014-yil turoperatorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan sertifikat hamda 2015-yil esa litsenziyaga ega bo`ldi. Shu kundan e’tiboran “Mir-Jahon” X/k xususiy korxonasi turistlarga o`zlarining xizmat turlarini ko`rsatib kelmoqda.
1-rasm. “Mir-Jahon” X/k

“Mir-Jahon” X/kXususiy korxonasining USTAVI


1-Modda. UMUMIY QOIDALAR

    1. Keyinchalik “Xususiy korxona” deb yuritiluvchu aviabiletlarni sotishga ixtisoslashgan “Mir-Jahon” X/kaviakassa korxonasi Ustavi O`zbekiston Respublikasi “Xususiy korxona to`g’risida”gi Qonuni va boshqa qonunhujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

    2. Xususiy korxona yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot bo`lib, u o`zbekiston Respublikasining yuridik shaxsidir, mustaqil balansi, bank muassasalarida hisob va boshqa raqamlariga egadir. Xususiy korxona o`z faoliyatini to`liq xo`jalik hisobi, o`z-o`zini moliyaviy ta’minlash va o`z harajatlarini o`zi qoplash asosida olib boradi.

    3. Xususiy korxona o`zining to`liq firma nomi, davlat tilida to`liq ifodalangan va xususiy korxonaning joylashgan yeri ko`rsatilgan muhrga ega.

    4. Xususiy korxona o`zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o`z emblemasiga, shuningdek, belgilangan tartibda ro`yhatdan o`tkazilgan Tovar belgisiga hamda ko`zga turadigan boshqa identifikatsiya vositalariga ega bo`lishga haqli.

    5. Xususiy korxona o`zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, o`z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo`lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo`lishi mumkin.

    6. Xususiy korxona o`z majburiyatlari bo`yicha o`ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Xususiy korxona mulkdori (ta’sischisi) korxonaning mol-mulki yetarli bo`lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo`yicha o`ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo`ladi.

2-Modda. XUSUSIY KORXONANING FIRMA NOMI, POCHTA MANZILI VA FAOLIYAT MUDDATI


2.1. Xususiy korxonaning firma nomi:

  • O`zbek tilida “Mir-Jahon” X/k Xususiy korxonasi;

  • Rus tilida - “Mir-Jahon” X/kЧастное предприятие.

2.2. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi:

  • O`zbek tilida “Mir-Jahon” X/k;

2.3. Xususiy korxonaning pochta manzili: Toshkent shahar, Chilonzor tumani Lutfiy 94
2.4. Pochta manzili o`zgargan taqdirda, bu haqda davlat ro`yhatidan o`tkazgan organga 10 kun mobaynida habar berilishi lozim.
2.5. Xususiy korxona nomuayyan muddatga tuzilgan.
3-Modda. XUSUSIY KORXONANINGASOSIY FAOLIYAT TURLARI
3.1. Xususiy korxona o`z ishbilarmonlik faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni ko`zlovchi tijorat tashkilotidir. Xususiy korxona qonun hujjatlariga muvofiq har qanday faoliyat turlarini amalga oshiradi.
3.2. Xususiy korxonaning asosiy faoliyat turi mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha xizmat ko`rsatish bo`lib hisoblanadi.
3.3. Ushbu faoliyatdan tashqari xususiy korxona quyidagi faoliyat turlarini ham amalga oshiradi:
- Ichki va tashqi bozorda marketing izlanishlarini amalga oshirish;
- Xususiy korxona mulkdor tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar assortimentini kengaytirishga doir strategic takliflarni ishlab chiqish;
- Mahsulot va xizmatlar eksporti va mahalliy bozordagi buyurtmalarni jalb etishda kuchlarni birlashtirish uchun takliflar ishlab chiqish;
- Yuridik va jismoniy shaxslarga aviabiletlarni sotishni yuritish bo`yicha xizmat ko`rsatish;
- Mijozlarningo`zbekiston havo yo`llari korxonasi bilan munosabatlarida optimal takliflarni ishlab chiqish;
- Mijozlarga konsalting xizmatini ko`rsatish;
- Investitsiya, qarz va bank kreditlarini jalb etish maqsadida mijozlarning moddiy potensialidan unumli foydalanish;
- Mijozlarga va boshqalarga eksport va import operatsiyalarida, bojxona xizmatlarida yordam berish;
- Xalq iste’mol mollarini ishlab chiqish;
- Qurilish, montaj va ta’mirlash ishlari;
- Texnik-loyihalashtirish ishlari;
- Asbob-uskunalar va nostandart jihozlarni ishlab chiqarish;
- Kompyuter xizmatlari;
- Kompyuter bo`yicha informatsion xizmatlarni ko`rsatish, shu qatorda Internet orqali;
- Kompyuter, axborot, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish, montaj qilish, ularga xizmat ko`rsatish;
- Chakana va ulgurji savdo;
- Reklama faoliyati, badiiy bezak ishlari, reklama-noshirlik faoliyati;
- Dilerlik, distribyutorlik xizmatlarini ko`rsatish;
- Savdo bazalarini, yarmarkalarni tashkil etish;
- Mulk saqlash omborxonalarni tashkil qilish;
- Mulkni ijaraga berish, shu jumladan turli ko`chmas mulk, bino va inshootlar ham;
- Ko`chmas mulk bilan turli operatsiyalarni bajarish;
- Turli poligrafiya xizmatlarini ko`rsatish, bosmachilik va nashriyot faoliyati;
- Maketlik nashri, reklama prospektlari, buklatlarni, axborot byulletenlarini tayyorlash;
- Matbaa faoliyati, laminatsiya ishlari;
- Dizayn sohasida ishlarni amalga oshirish va xizmat ko`rsatish;
- Qandolat va non mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish;
- Oziq-ovqat mahsulatlarini ishlab chiqarish va sotish;
- Vino-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish va mahsuslashtirilgan do`konlarni tashkil qilish;
- Paxta mahsulatlarini ishlab chiqarish va sotish;
-Yuridik va jismoniy shaxslarga transportda yuk tashish xizmatlarini ko`rsatish;
- Yong’indan saqlash signalizatsiya hamda yong’inga qarshi avtomatik vositalarni loyihalashtirish, texnik xizmat ko`rsatish, sozlash va o`rnatish;
- Qo`riqlash signalizatsiya vositalarini loyihalashtirish, texnik xizmat ko`rsatish, sozlash va o`rnatish;
- Ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
- Murakkab maishiy texnikani ta’mirlash;
- Turar joylarini ta’mirlash, qurilishda pardoz ishlarini amalga oshirish;
- Intellektual mulk sohasiga oid bo`lgan axborot izlash ishlarini amalga oshirish va xizmat ko`rsatish;
- Tarjimonlik, nusxa ko`chirish xizmatlari;
- Konsalting xizmatlarini ko`rsatish;
- Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish;
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
- Moliyaviy va operativ lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
- Sug’urta faoliyatini amalga oshirish;
- Qayd qilingan faoliyat turlari yuzasidan tijorat ishlari olib borish;
- Fuqarolar va tashkilotlarga ilmiy-texnik, tijoratchilik, maslahatchilik va boshqa xizmatlar ko`rsatish;
- Turli maishiy xizmatlarni ko`rsatish, jumladan poyafzal va charm-teri mahsulotlarini ta’mirlash, soat tuzatish hamda elektron va elektr jihozlarini texnik xizmat ko`rsatish va ta’mirlash bo`yicha xizmatlar;
- Veterinariya xizmatlari;
- Chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqalarni tashkil qilish va yordamchi xo`jalikni rivojlantirish bilan shug’ullanish;
- Qishloq xo`jalik mahsulotlarini, yung, teri va mo`yna (shu jumladan, ulardan mahsulotlar), paxta va uning chiqindilari, hamda dorivor o`simliklar, urug’larni yetishtirish, qayta ishlash, qadoqlash, ularni sotish va sotib olish;
- Qishloq xo`jalik, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash;
- Pullik tibbiyot, stomatalogiya vakosmetologiya xizmatlarini ko`rsatish;
- Madaniy hordiq chiqarish, sport, salomatlik, ma’rifiy, o`quv faoliyatini, turizmni, shu jumladan, xalqaro turizmni tashkil qilish;
- Ko`rgazmalar, taqdimotlar, yarmarkalar, kim oshdi savdolarini o`tkazish, davolash va maslahatchilik yordami, transport va mehmonxona xizmatlarini ko`rsatish;
- Sug’urta agenti faoliyatini ko`rsatish;
- o`quv markazlari, o`quvchilarni qayta tayyorlov xizmatlarini ko`rsatish;
o`zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan ta’qiqlanmagan va ushbu Ustavda ko`rsatilmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
3.4. Litsenziya olishni talab qiladigan faoliyat, xususiy korxona tomonidan tegishli litsenziya olingandan keyin amalga oshiriladi.
4-Modda. XUSUSIY KORXONANING HUQUQLARI
4.1. o`z faoliyatini amalga oshirish va o`z oldida turgan vazifalarni yechish maqsadida xususiy korxona quyidagi huquqlarga egadir:
- o`zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank hisob varaqalarini ochish;
- tuzilgan shartnomalarga muvofiq, moddiy-texnik va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishni ta’minlash;
- xorijiy mamlakatlarning korxonalari va tashkilotlari bilan o`zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish;
- ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, ko`rsatilgan xizmatlarni kelishilgan narx va tariflar bo`yicha sotish;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo`lishga yoki ularning ustav fondida o`zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli;
- birgalikda faoliyat ko`rsatish to`g’risidagi shartnomalar asosida xususiy korxona va uning filiallari ish faoliyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish (bu holda foydaning taqsimoti alohida shartnomada ko`rsatib o`tiladi);
- o`zbekiston Respublikasi hamda undan tashqaridagi hududlarda davlat, tijorat, yuridik va jismoniy shaxslar bilan turli bitimlar va boshqa yuridik aktlarni tuzish;
- jamiyat ishlariga chet el jismoniy shaxslarini jalb qilish;
-o`zbekiston Respublikasi hududida ko`char va ko`chmas mulklarni, intellectual mulkni, mulkchilik huquqlarini yaratish, sotish, sotib olish, foydalanish;
- uyushma, ittifoq, konsortsium va birlashmalarga a’zo bo`lish;
- belgilangan tartibda banklarda har qanday, shuningdek, valyuta hisob raqamlarini ochish, bank kreditlari va ssudalarini olish, amaldagi qonunchilik asosida har qanday to`lov shakllarini o`tkazish va akseptlash, o`z mablag’larini o`rnatilgan tartibda vakolatli banklar orqali ayirboshlash;
- tender va sinovlarda qatnashish;
- naqd pulga mahsulotlar va xizmatlarni sotish va sotib olish;
- o`zining ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatini hamda jismoniy rivojlantirish jamg’armalarini mustaqil rejalashtirish;
- o`zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq mustaqil ravishda o`z qaramog’idan mol-mulk, qarz, kamomad, boshqa ziyonlarni chiqarish;
- Jamiyatning Ustavida ko`zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo`lgan ishlab chiqarish vositalari asbob-uskunalar, homashyo, transport vositalarini sotib olish;
- kim oshdi savdosi, savdo, tanlovlarda ishtirok etish, homiylik va hayriya faoliyatini amalga oshirish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo`lishga yoki ularning fondida boshqacha tarzda ishtirok etishga, sho`ba korxona, vakolatxonalar va filiallar tuzish.
4.2. Xususiy korxona bitimlar tuzishda erkindir.
4.3. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshiradi.
5-Modda. XUSUSIY KORXONA MULKDORI (TA’SISCHISI)NING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
5.1. Xususiy korxona mulkdori (ta’sischisi) quyidagi huquqlarga ega:
- Xususiy korxona Ustaviga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish;
- xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to`g’risida qaror qabul qilish;
- xususiy korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar to`langanidan kyin qolgan foydasidan har oy yakuni bo`yicha o`z ixtiyoriga ko`ra foydalanish;
- xususiy korxonaga tegishli mol-mulkni boshqa shaxsga berish, ijaraga berish, garovga qo`yish, boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga hissa sifatida kiritish yoki ushbu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etish;
- xususiy korxona mulkdori (ta’sischisi) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.
5.2. Xususiy korxona mulkdori (ta’sischisi):
- ustav fondini shakllantirish;
- o`ziga qarashli korxonani yakka boshqarish shart.
Xususiy korxona mulkdori (ta’sischisi) zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo`lishi mumkin.
6-Modda. XUSUSIY KORXONANING USTAV FONDI
6.1.Xususiy korxonaning ustav fondi bo`linmasdir va uni mulkdor (ta’sischisi) ningo`zi belgilaydi.
Xususiy korxonaning faoliyatini ta’minlash uchun mulkdor (ta’sischi) hisobidan 69 000 000 (oltmish to`qqiz million) so`m miqdorida (kompyuter, printer va ofis mebel jihozlari ko`rinishida) Ustav Fondi tashkil etiladi.
Pul, qimmatli qog’ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar yohud boshqa shaxsga beriladigan o`zga huquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga qo`shiladigan hiss abo;lishi mumkin. Mulkdor (ta’sischisi)xususiy korxonaning ustav fondigao`zi kiritadigan m ol-mulkni mustaqil baholaydi.
6.2. Agar xususiy korxonaning ustav fondishakllantirilayotganda mulkdor (ta’sischi) o`z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni korxonaga berayotgan bo`lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
8-Modda. XUSUSIY KORXONANING MOL-MULKI
8.1. Xususiy korxona o`zining mustaqil balansida hisobga olinadiga alohida mol-mulkka ega bo`ladi.Egalik huquqida xususiy korxonaga uning mulkdori (ta’sischisi) tomonidan hissa sifatida berilgan mulk, shuningdek, boshqa asoslar bo`yicha sotib olingan mulk tegishli bo`ladi.
8.2. Xususiy korxona mulkdor (ta’sischi) huquqlarini amalga oshirgan holda o`z qaramog’idagi mulkiga nisbatan amaldagi qonunchilikka zid bo`lmagan har qanday harakatlarni o`z ixtiyori bilan amalga oshirishga haqli, shu jumladan:
- mulkini o`z qaramog’idan boshqa shaxslar mulkchiligiga chiqarishga;
- mulkdor (ta’sischi) sifatida qolgan holda mulkka egalik qilish, ishlatish va tasarruf etish huquqlarini berishga;
- mulkini garovga berish va uni boshqa yo`llar bilan ishlatishga;
- mulkini boshqa yo`llar bilan tasarruf etishga haqli.
8.3. Xususiy korxona mol-mulki Ustav jamg’armasi, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, shuningdek qonunda belgilangan tartibda va ishbilarmonlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan xususiy korxona sotib oladiganmol-mulk, bank hisoblaridagi mablag’lardan iborat.
11-Modda. XUSUSIY KORXONANI BOSHQARISH
11.1. Xususiy korxona mulkdori (ta’sischisi) korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi, korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko`radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, xususiy korxonaning pul mablag’larini hamda boshqa mol-mulkni tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob varaqalar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha hodimlari uchun majburiy bo`lgan buyruqlar chiqaradi. Korxona rahbari “direktor” deb ham nomlanishi (yuritilishi) mumkin.
11.2. Xususiy korxona mulkdori (ta’sischisi) o`zi vawtinchalik bo`lmagan taqdirda shu muddatda rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash to`grisida yozma qaror qabul qiladi. Xususiy korxona mulkdori (ta’sischisi) muvaqqat rahbarning xususiy korxona mol-mulkini tasarruf etishga oid huquqini cheklab qo`yishi mumkin.
11.3. Vafot etganligi, muomalaga layoqatsizligi, muomala layoqati cheklanganligi yoki bedarak yo`qolgan deb topilganligi oqibatida mulkdor (ta’sischi) ning xususiy korxona rahbari vazifasini bajarishi mumkin bo`lmay qolgan taqdirda xususiy korxonani boshqarish fuqarolik qonun hujjatlariga va xususiy korxonaning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
13-Modda. XUSUSIY KORXONANING MOLIYAVIY-XO`JALIK FAOLIYATI. UNING HISOBI VA HISOBOTI.
13.1. Xususiy korxona o`z faoliyatida buxgalterlik, statistic hisobotni olib boradi va qonun hujjatlari bilan belgilangan soliqlar hamda boshqa majburiy to`lovlarni to`lab boradi.
13.2. Buxgalterlik hisoboti, xususiy korxonaning yillik hisobotlarini tuzish va tekshirish o`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq olib boriladi.

  1. Mir-Jahon” X/k” turoperatorlik korxonasining infratuzilmasi.

Turistik korxonani boshqarishning asosiy e’tibor talab qiladigan nuqtasi bu uning infratuzilmasini tizim faoliyatining ta’minoti sifatida yo`lga qo`yishdan iboratdir. Turistik korxona infratuzilmali xizamat ko`rsatish ob’yektiga moddiy-texnik va mehnat resurslari kiradi. Moddiy-texnik resurslarga korxonaning tashrif buyuruvchi mijozlar uchun jihozlanganlik darajasi, aqlli texnikaning mavjudligi, havo almashtirish uskunalari, zamonaviy yoritgichlar,o`rindiqlar, suhbat stoli hattoki ofis texnikasi kabi mijozlarda ijobiy taasurot qoldiruvchi moddiy qulaylikni yaratuvchi jihozlar kiradi.


Albatta turistik korxonaning infratuzilmasi unda faoliyat yurituvchi hodimlarga ham bir qator qulayliklarni yaratishi lozim. Chunki bu kabi tashkilotlarda faoliyat yurituvchi turoperatorlar qanchalik ilhomlansa, shunchalik ko`proq va qiziqarliroq turistik mahsulotni yaratadilar. Korxonaga tashrif buyurgan inson hoh u mehmon hoh hodim bo`lsin, ma’naviy zavq olishi darkor. Buning uchun moddiy texnikalar va mebel jihozlari yorqin ranglarda bo`lishi lozim. Devorlarning rangi ham yorqin bo`lishi maqsadga muvofiq.
Korxonaning infratuzilmasiga uning joylashgan joyi ham ta'sir etai. Korxona qanchalik qulay joylashgan bo`lsa, uni boshqaruvi shunchalik yengil bo`ladi. Bunga hodimlarning isho`rinlarigao`z vaqtida yetib kelishi, kuzatuv kameralariga korxonaning har bir tomoning ko`rinib turishi, biometrik va ID qulflarning mavjudligi korxona boshqaruvini yengillashtiradi.
Xususan, “Mir-Jahon” X/kturistik korxonasi infratuzilmasi yuqorida ta’kidlangan qulayliklarning barchasiga ega. U 4 qavatli binoning 1-qavatida joyashgan. Korxona 2ta turoperator, 1ta marketolog, moliyaviy direktor, 1ta hisobchi, 1ta haydovchidan iborat edi. Turoperatorlar o`zo`rnida marketologlar bilan birga bamaslahat faoliyat yuritgan holda turmahsulot yaratadi. Turoperatorlar bevosita korxona rahbari yoki marketologlar buyrug`i bilan o`zi yaratgan mahsulotiga o`zgartirish kirita oladi.
Korxona 63m2 joyini olgan holda faoliyat yuritadi. Joy 4 qismga bo`lingan: rahbarlar xonasi, turoperator va marketologlar xonasi, suhbat olib borish xonasi, yordamchi xona.
Korxona infratuzilmasi qulayligining yana bir jihati shundaki, katta avtoturargohini mavjudligidadir. Har qaysi ijtimoiy avtotransportlar marshrutiga to`g`ri kelishidir.
Korxonaning infratuzilmasi yuqori darajada avtomatlashtirilgan bo`lib, har bir kompyuter yagona tizim tarmog`i orqali birlashtirilgan. Agarda biror-bir kompyuter nosoz ahvolga keladigan bo`lsa, undagi ma’lumotlar yo`qolib ketmaydi. Bunday holat yuz bergan paytda shartnoma orqali kompyuter ustasi chaqiriladi va kompyuter soz holatga kelguncha hodimo`z faoliyatini planshet orqali davom ettirishi mumkin, vaholanli barcha ma’lumotlar ba’zasi yagona tarmoq orqali birlashtirilgan.


  1. Mir-Jahon” X/k” turoperatorlik korxonasining


Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish