yo‘l: amaliy kreativ harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish. Pedagoglar talabalarda kreativ harakat ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko‘rsatmali metod va usullardan foydalanadi. Bu o‘rinda savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin, biroq, talabalara interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi.
yo‘l: kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish. Mazkur yo‘l talabalarni muammoni echish va innovatsion g‘oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, ijodiy fikrlashga urg‘u beradi. Mazkur jarayonlarda kreativ metod va usullar faol qo‘llanilmasa-da, kreativ fikrlash yuz beradi. M: “YUrak va qon aylanishi tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish” (Isaksen& Tgeffingeg,1985).Topshiriqni bajarar ekan, talabalar odamning qon aylanishi tizimi bilan bog‘liq turli muammolarni tahlil qiladi. Natijada ushbu jarayonda ko‘p tomonlama fikrlash, mushohada yuritish ro‘y beradi.
yo‘l: kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish. Bu yo‘lni tutishda pedagog talabalarga “Odamning qon aylanish tizimi” mavzusida Roweg Roint dasturi yoki multimediya yordamida taqdimotni yaratish topshirig‘ini berishi mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmalari faol rivojlanadi.
Talabalar o‘zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to‘la namoyon qilishlari mumkin. Agar talabalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo‘rquv hissi mavjud bo‘lsa, fikrni noto‘g‘ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo‘lmaydi. Talabalarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko‘nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin.
Bevosita xulosa chiqarish
Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi.Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak.
Xulosa chiqarish - tafakkurning asosiy mantikiy shakllaridan biri. Unda mantiqning maʼlum qoidalari yordamida bir yoki bir necha hukmdan yangi hukm chiqariladi. Xulosa chiqarish chin asoslarga tayansa va toʻgʻri mantikiy kridalardan foydalansa, u vaqtda chiqarilgan xulosa ham chin boʻladi. Bu prinsipga amal qilmaslik Xulosa chiqarishda xatoga olib keladi. Masalan, "hamma mustaqil davlatlar BMT ga aʼzo" va "Oʻzbekiston mustaqil davlat" degan chin asoslardan mantikiy qoidalarga rioya qilingan holda "Oʻzbekiston BMT ga aʼzo" degan toʻgʻri xul osa kelib chiqadi. Voqelikni bilish jarayonida yangi bilimlarni hosil qilishning — Xulosa chiqarishning turli usullari mavjud. Asoslarining soniga koʻra, bevosita va bavosita Xulosa chiqarish, xulosaning chinlik darajasiga koʻra, zaruriy va ehtimoliy Xulosa chiqarish, fikrning harakat yoʻnalishiga koʻra, deduktiv, induktiv va analogiya kabi turlarga boʻlinadi. Xulosa chiqarishni fikrning harakat yoʻnalishiga koʻra turlarga ajratish nisbatan mukammalroq boʻlib, u Xulosa chiqarishni boshqa turlari haqida ham maʼlumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv Xulosa chiqarish zaruriy Xulosa chiqarish deb, induktiv Xulosa chiqarish va analogiya ehtimoliy Xulosa chiqarish deb karalishi, bevosita Xulosa chiqarish esa deduktiv Xulosa chiqarishning bir turi sifatida oʻrganilishi mumkin. Xulosa chiqarish nazariyasining yaratilishi va uni rivojlantirishda Aristotel, Forobiy, Ibn Sino, F. Bekon, M.I.Karinskiy, L.V.Rutkovskiy va boshqa mantiqshunos olimlarning xizmati katta.
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir. Deduksiya – oldindan mavjud bo’lgan bir umumiy haqiqat, umumiy prinsipning o’ziga xos tartibli fikrlash va mantiq qoidalariga asoslangan holda, maydaroq, yakka holatlarga tadbiq qilinishiga aytiladi. Deduksiyada umumiy bir gipoteza hayotdagi mavjud yakka holatlar orqali tekshirib chiqiladi. Bu umumiy prinsip oldindan mavjud, va holatlarni faqatgina bu prinsipni tekshirish, tatbiq qilish uchungina o’rganiladi. Bu yerda birlamchi o’rinda mantiq turadi, tajriba esa ikkilamchi hisoblanadi. Deduksiya (lot. deductio — xulosa chiqarish) — mantsh qoidalariga koʻra xulosa chiqarish. Dastlab formal man-tikda umumiylikdan xususiylik, ayrimlik tomon muhokama yuritish D. deb atalgan. Mas, "Barcha metallar elektr utkazuvchandir (umumiy) va "Mis — metall" degan ikki hukm (asos)dan deduktiv yul b-n "Mis elektr utkazuvchandir" degan xususiy yangi hukm (xulosa) chiqariladi. Induksiyanmng karama-qarshisi. Mantiqqa oid adabiyotlarda "D." atamasini birinchi bor rimlik mantikshunos faylasuf Boetsiy (480— 524) ishlatganligini taʼkidlaydilar. Biroq, bu taʼlimot sillogizm shaklida birinchi bor Aristotelning "Birinchi analitika" asarida tahlil qilingan. Keyinchalik D. tushunchasini R. Dekart, G. Leybnits kabi faylasuflar rivojlantirdilar. Oʻrta asr arab falsafasida Kindiy, Roziy, Gʻazoliy, Ibn Rushd tomonidan D.ga alohida eʼtibor berilgan. Unga yangi bilim berish vositasi deb qaraganlar. Forobiy, Ibn Sino Aristotelning deduktiv mantigʻiga yangilik kiritib mantiqning sillogizm shaklinigina emas, balki shartli, ayiruvchi kabi shakllarini ishlab chikdilar. Xulosa chiqarishning yangi usullarini yaratdilar. Hozirgi zamon fanida "D." termini keng maʼnoda qoʻllanilib, muayyan hukmdan mantiq qonunlari asosida xulosa chiqarish tushuniladi. Agar asos qilib olingan xukm qaqiqiy va D. qonunlariga rioya qilingan boʻlsa, undan chiqariladigan xulosa ham haqiqiy boʻladi. D.— isbotnnnt asosiy vositasidir. Shuning uchun fandagi nazariyalar deduktiv metod natijasida yaratiladi. Odatda, deduktiv metod maʼlum sohada faktik materiallar toʻplangandan soʻng , ularni chuqur oʻrganish, tizimga solish va b. maqsadlarda qoʻllaniladi. D. psixologiya va bilish nazariyasitsa ham amal qiladi. D. psi-xologiyada shaxsning individual tafakkuri jarayonini oʻrgansa, bilish nazariyasida ilmiy bilish metodi sifatida namoyon boʻladi. Deduktiv metod turli shakllarda, xususan aksiomatik metod, shuningdek, gipotetik — deduktiv metod shaklida uchraydi. Mavjud faktik materiallardan deduktiv yoʻl b-n nazariya yaratishda asos boʻladigan fikrlar majmuasi (aksioma va b.) tanlab olinib, mantiq qo-nunlari asosida ulardan boshqa bilimlar hosil qilinadi.
Ehtimoliy xulosa chiqarish turli xil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat – xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan.
Ehtimoliy xulosa chiqarish ba’zan induksiya (lotincha– inductio – yagona asosga keltirish) - juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o’tish shaklida sodir bo’ladi.
Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida amalga oshib, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi.Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o’rnatilgan turli empirik qonunlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o’z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga olib keladi. Induksiya – ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni kuzatish orqali, shu kuzatishlarga tayangan holda ishlab chiqarilgan umumiy xulosa chiqarish. Bu usul bo’yicha, oldin ko’p miqdordagi obyekt yoki jarayonlar yaxshilab kuzatiladi, o’rganib chiqiladi, keyin ushbu kuzatishlardan yagona, umumiy xulosa chiqariladi. Induksiyada mantiqiy asosiy o’ringa ega emas,tajriba birlamchi ro’lga ega. Faktlardan qoidaga qarab, yakka holdagi ko’plab o’rnaklardan yagona umumiy xulosaga qarab boriladi. Xususiy holatlar, fikrlardan umumiy bir xulosa ishlab chiqiladi. Induksiya (lot.inductio — toʻgʻrilash, tartibga keltirish) (mantiqda) — ayrim fikrlardan umumiy xulosalar chiqarishda va mantiqiy tadqiqotlarga qoʻllaniladigan muhokama usuli. Xususiylikni oʻrganib, umumiylik bilib olinadi. Umumiylik predmet va hodisalar b-n uzviy aloqada boʻladi. Umumiylikning eng muhim tomonlaridan biri induktiv xulosa chi-karishdir. I. ni oʻrganish fanda kadimdan, hind, yunon mantiqshunosligida, Lao-szi maktabida boshlangan. I. masalalari Aristotel, Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. 17— 18-asr larda empirik tabiatshunoslik yuzaga kelgach, olimlar bu masalaga alohida eʼtibor berdilar. I. ni rivojlantirishga F. Bekon, G. Galiley, I. Nyuton, J. Mill kabi olimlar katta hissa qoʻshdilar. I. bilimlarning tashkil topishida, qonuniyatlarni ochishda, tushunchalarni maydonga chiqarish jarayonida, gipotezani olgʻa surishda fan uchun muhim aqamiyatga ega. I. toʻliq, toʻliq boʻlmagan va ilmiy xulosa chiqarishga boʻlinadi. Toʻliq induktiv xulosa chiqarish biror narsani sinchiklab oʻrganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Toʻliq I. doimo toʻliq boʻlmagan I. b-n bogʻliq. Toʻliq boʻlmagan I. da aniq faktlar asosida noaniq faktlar keltirib chiqariladi va natijada ong boyitiladi. I. ning oliy shakli ilmiy I. dir. Ilmiy I. asosida narsalarning sababiy bogʻlanishini tekshirish uslubi yotadi. Mas, oʻsimliklarning ayrim koʻrinishlarini oʻrganish asosida biz suv ular uchun asosiy hayot manbai, degan xulosaga ke-lamiz, chunki hamma oʻsimliklarga namlik kerak. Har qanday induktiv xulosa chiqarish asosini borliq, narsa tashkil qiladi. Bu uslub dunyoni ilmiy bilishda muhim rol oʻynaydi. Shuning uchun obʼyektiv haqiqatni bilishda I. doim deduksiya b-n mustahkam aloqada boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |