11- seminar mashg`uloti (2 soat).
Mavzu: “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar guruhlarini tuzilishi.
Mashg`ulotning maqsadi:
Talabalarga:
1.”Yosh qutqaruvchilar” ko`ngillilar quruhlarini o`qitishni tashkil etishni;
2.“Yosh qutqaruvchi” musobaqasini o`tkazish tartibini o‘rgatish
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011- yil 19- iyulda qabul qilingan “Aholini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash kompleks dasturini tasdiqlash to`g`risida”gi 208-son qarorining asosiy maqsadi Respublikamiz aholisini tayyorlashni to`liq qamrab olishdan iboratdir. Qarorda ta`lim muassasalarida uch bosqichli “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar musobaqalarini tayyorlash va o`tkazish belgilangan.
Dasturning asosiy maqsadi quyidagilarga qaratilgan:
yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
yoshlarda yuz berishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda jabrlanganlarga yordam berish hissini shakllantirish;
yosh qutqaruvchilarning ahloqiy va ruhiy holatlarini mustahkam shakllantirish, bir-biriga o`zaro yordam ko`rsatish ko`nikmalarini shakllantirish;
yosh qutqaruvchilarda qutqaruv vositalari va asbob-anjomlarini ishlata bilish ko`nikmalarini shakllantirish;
yosh qutqaruvchilarning ekstremal vaziyatlarda jismoniy va ruhiy tayyorgarligini, chidamliligini, qiyinchiliklarni matonat bilan engish kabi tuyg`ularini shakllantirish;
favqulodda vaziyatlarda, murakkab (ruhiy, iqlim) sharoitlarda, avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni bajarishda to`g`ri va aniq harakat qilishga o`rgatish.
2.”Yosh qutqaruvchilar” ko`ngillilar quruhlarini o`qitishni tashkil etish.
“Yosh qutqaruvchilar” ko`ngillilar klubi o`quv mashg`ulotlari hisobi quyidagicha belgilangan:
T/r
|
Mashg`ulotlar nomlanishi
|
Mashg`ulotlar vaqti, soat
|
1.
|
Me`yoriy-huquqiy tayyorgarlik
|
2
|
2.
|
Tibbiy tayyorgarlik
|
12
|
3.
|
Topografik tayyorgarlik
|
2
|
4.
|
Ruhiy tayyorgarlik
|
5
|
5.
|
Omon qolish asoslari va qutqaruvchilarning hayot faoliyati
|
5
|
6.
|
Qutqaruv ishlari tayyorgarligi
|
26
|
JAMI:
|
52
|
1.Me`yoriy-huquqiy tayyorgarlik
Me`yoriy-huquqiy tayyorgarlik darsligida “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar klubi shaxsiy tarkibi aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari va favqulodda vaziyatlarda qutqaruvchining o`rni va unga qo`yiladigan talablar to`g`risida ma`lumotga ega bo`ladilar. Shu bilan birgalikda qaysi me`yoriy huquqiy hujjatlarga asoslanib o`z faoliyatlarini olib borishlari bo`yicha tushunchaga ega bo`ladilar.
T/R
|
MAVZULAR NOMI
|
SHULARDAN
|
Jami soatlar
|
Nazariy
|
Amaliy
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1. Meyoriy-huquqiy tayyorgarlik
|
1.
|
Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari.
tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar tasnifi.
|
1
|
1
|
-
|
3.
|
Favqulodda vaziyatlar oqibatini bartaraf etish kuchlari va vositalari.
|
1
|
1
|
-
|
Jami:
|
2
|
2
|
-
|
2.Tibbiy tayyorgarlik
Tibbiy tayyorgarlik darsligi asosan amaliy yo`nalishda olib boriladi. Bundan maqsad “Yosh qutqaruvchilar” ko`ngilli klub a`zolari favqulodda vaziyatlar oqibatda turli tan jarohatlarni olgan va jabrlangan fuqarolarga to`g`ri va aniq birinchi tez tibbiy yordam ko`rsata olishni bilishlari nazarda tutilgan. Shu bilan birgalikda jabrlangan fuqarolarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish usullari to`g`risida tushunchaga ega bo`lishadi.
T/R
|
MAVZULAR NOMI
|
SHULARDAN
|
Jami soatlar
|
Nazariy
|
Amaliy
|
2. Tibbiy tayyorgarlik
|
1.
|
Odam organizmining fiziologik va anatomik tuzilishi.
|
1
|
1
|
-
|
2.
|
Birinchi yordam ko`rsatish usullari va vositalari.
|
1
|
1
|
-
|
3.
|
Jarohatlar. Jarohat turlari.
|
1
|
1
|
-
|
4
|
Qon ketishi turlari va birinchi tibbiy yordam qoidalari.
a) tashqi qon ketishi.
b) ichki qon ketishi.
|
2
|
1
|
1
|
5.
|
Suyak sinishi turlari va birinchi tibbiy yordam qoidalari.
a) yopiq sinish.
b) ochiq sinish.
|
2
|
1
|
1
|
6.
|
Yurak-o`pka reanimatsiyasi.
|
1
|
-
|
1
|
7.
|
Kuyish, sovuq oldirish va tok urishda birinchi tibbiy yordam ko`rsatish qoidalari.
|
2
|
1
|
1
|
8.
|
Kundalik turmushda uchraydigan KTEZM, zaharlanishda birinchi tibbiy yordam va muhofazalanish qoidalari.
|
2
|
2
|
-
|
Jami:
|
12
|
8
|
4
|
3.Topografik tayyorgarlik
Yosh qutqaruvchilar topografik tayyorgalik darsida har xil hududlarda harakat qila olishlariga, o`z turgan joylarini aniqlay olishga, karta va kompassiz tomonlarni aniqlay olishga, topografik xaritalarning turlari va topografik belgilarni o`qiy olish bilan bog`liq vazifalarga tayyorlashdan iboratdir.
T/R
|
MAVZULAR NOMI
|
SHULARDAN
|
Jami soatlar
|
Nazariy
|
Amaliy
|
3. Topografik tayyorgarlik
|
1.
|
Xaritadan foydalanish.
a) Kompas va undan foydalanish tartibi.
b) Kompassiz joyni aniqlash.
|
1
|
1
|
1
|
Jami:
|
2
|
1
|
1
|
4.Ruhiy tayyorgarlik
Ruhiy tayyorgarlik fanini o`rgatishdan maqsad, yosh qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga ruhan tayyorlash, ularda stress, vahima va ularni oldini olish yo`llari va favqulodda vaziyatlarda aholi ruhiyatining o`ziga xos jihatlari bo`yicha umumiy tushuncha hosil qilishdir. Bundan tashqari favqulodda vaziyatlar sodir bo`lgan hududlarda va nostandart vaziyatlarda yosh qutqaruvchilar tushkunlikka tushmasdan qisqa vaqtda to`g`ri qarorlarni qabul qilishga tayyorlashdan iborat.
T/R
|
MAVZULAR NOMI
|
SHULARDAN
|
Jami soatlar
|
Nazariy
|
Amaliy
|
4. Ruhiy tayyorgarlik
|
1.
|
Qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga ruhan tayyorlash.
|
2
|
2
|
-
|
2.
|
Stress, vahima va ularni oldini olish yo`llari.
|
2
|
2
|
-
|
3.
|
Relaksatsiya mashqlari.
|
1
|
-
|
1
|
Jami:
|
5
|
4
|
1
|
5. Omon qolish asoslari va qutqaruvchilarning hayot faoliyati.
Omon qolish asoslari va yosh qutqaruvchilarning hayot faoliyatini o`rgatishdan maqsad, qutqaruvchilarga qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish vaqtida avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv tuzilmalari shaxsiy tarkibini omon qolish qoidalarini o`rgatishdan iborat.
T/R
|
MAVZULAR NOMI
|
SHULARDAN
|
Jami soatlar
|
Nazariy
|
Amaliy
|
5. Omon qolish asoslari va qutqaruvchilar hayot faoliyati
|
1.
|
Omon qolish asoslari.
|
1
|
1
|
-
|
2.
|
Tabiatda yolg`iz qolgan ekstremal vaziyatda to`g`ri harakat qilish
|
2
|
2
|
-
|
3.
|
Tabiiy favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish.
|
1
|
1
|
-
|
4.
|
Yong`in paytida to`g`ri harakatlanish va yong`indan muhofazalanish.
|
1
|
1
|
-
|
Jami:
|
5
|
5
|
-
|
6.Qutqaruv ishlari tayyorgarligi.
Qutqaruv ishlari tayyorgarlikning asosiy maqsadi, qidiruv-qutqaruv, tog`-qutqaruv, suvda qutqaruv va turli tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezkor ravishda bartaraf etishda to`g`ri harakat qilishga o`rgatishdan iborat. Shu bilan birgalikda yosh qutqaruvchilar avariya-qutqaruv maxsus asbob-anjomlar to`g`risida boshlang`ich tushunchalarga ega bo`lishlaridan iborat.
T/R
|
MAVZULAR NOMI
|
SHULARDAN
|
Jami soatlar
|
Nazariy
|
Amaliy
|
6. Qutqaruv ishlari tayyorgarligi
|
A) Qutqaruv ishlarida foydalaniladigan texnik vositalar va maxsus asbob-anjomlar
|
1.
|
Avariya-qutqaruv asbob anjomlari, vazifasi va qo`llanishi
a)Gidravlik qutqaruv asboblar turlari
b)Tog`-qutqaruv asbob-anjomlari
v) Radiatsion, kimyoviy va biologik (bakteriologik) kuzatuv asboblari
g) G`avvoslik asbob-anjomlari
|
4
|
1
|
3
|
2.
|
Yong`inga qarshi kurashish vositalari.
|
2
|
1
|
1
|
B) Turli tusdagi favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini
tashkillashtirish va o`tkazish
|
3.
|
Qidiruv-qutqaruv ishlari davrida xavfsizlik qoidalari
|
2
|
1
|
1
|
4.
|
Favqulodda vaziyat hududida razvedka ishlarini olib borish.
|
1
|
|
1
|
5.
|
Vayronalarda o`tkaziladigan qidiruv-qutqaruv ishlari.
|
2
|
-
|
2
|
6.
|
Transport vositalari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlari.
|
2
|
-
|
2
|
7.
|
Yong`in sharoitida qutqaruv ishlari.
|
2
|
1
|
1
|
8.
|
Radiaktiv zararlangan hududlarda qutqaruv ishlari.
|
2
|
1
|
1
|
9.
|
KTEZM bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlari.
|
2
|
1
|
1
|
10.
|
Maxsus ishlovdan o`tkazish punkti (PSO), uning vazifasi, yoyish va ishlovdan o`tkazish tartibi
|
1
|
-
|
1
|
11.
|
Tog`li sharoitda o`tkaziladigan qutqaruv ishlari.
|
2
|
-
|
2
|
12.
|
Suvga cho`kish bilan bog`liq holatlarda qutqaruv ishlari.
|
2
|
-
|
2
|
13.
|
Shaxsiy va guruh uchun mo`ljallangan himoya vositalaridan foydalanish.
|
2
|
-
|
2
|
Jami:
|
24
|
5
|
19
|
UMUMIY MASHG`ULOTLAR SOATI:
|
52
|
26
|
26
|
II. Tashkiliy uslubiy ko`rsatmalar
Har bir o`quv muassasalaridan saylangan “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar klub rahbari murabbiylarini hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazida tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar vaqtida aholini to`g`ri harakat qilishga va fuqarolarning hayoti va sog`lig`i xavfsizligini ta`minlashga yo`naltirilgan o`quv seminarlarini tashkil qilinadi.
1.1. O`quv qo`llanmani o`zlashtirish uchun barcha umumiy o`rta maktablar va o`rta- maxsus o’quv yurtlarilar, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`quvchilari ko`ngilli ravishda jalb etiladi.
1.2. Klub mashg`ulotlarini o`tkazish uchun o`quv muassasalari rahbarlari tomonidan alohida sinf xonalari ajratiladi.
1.3. Ajratilgan o`quv sinf honalarida hayot faoliyati xavfsizligi, yong`in xavfsizligi va yo`l harakati xavfsizligi burchaklari tashkil qilinadi.
1.4. Klub mashg`ulotlari xaftada ikki marotaba belgilangan soatlar hajmidan tashqari 1 - 2 o`quv soatidan olib boriladi.
1.5.O`quv qo`llanma mavzulari Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy va tarkibiy tuzilmalari bilan kelishilgan holda, klub rahbari tomonidan ishlab chiqiladi.
1.6. O`quv mashg`ulotlari samaradorligini oshirish maqsadida nazariy mashg`ulotlarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari jalb qilinishi mumkun.
1.7. Sinov va suhbatlardan muvaffaqiyatli o`tgan o`quvchilar o`z ixtiyorlari bilan “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar klubiga qabul qilinadi. (Klubga jinsi, irqi, millati, tili, dini, e`tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat`iy nazar, o`n to`rt yoshga to`lgan O`zbekiston Respublikasining fuqarolari va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`quvchilari, shuningdek, o`z qonuniy vakillari tomonidan tegishli yozma ruxsati bor 14 yoshga etmaganlar (umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilari) a`zo bo`lishi mumkin.
1.8. “Yosh qutqaruvchi” klubiga jismonan baquvvat, ruhan sog`lom, tibbiy ko`rikdan o`tgan (sog`ligi to`g`risida ma`lumotnomasi bo`lishi shart) bolalar qabul qilinadi.
III.O`quv yilining yakuni.
2.1. O`quv yilining yakunida yosh qutqaruvchilardan nazariy va amaliy mashg`ulotlar bo`yicha sinovlar tuman, shahar, viloyatlar va respublika birinchiligi bo`yicha o`tkaziladigan “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar klublari o`rtasida bo`lib o`tadigan musobaqalar davrida sinovlar qabul qilinadi, (musobaqalar Yosh qutqaruvchi musobaqasini o`tkazish to`g`risidagi nizomning 2 bo`limi 8 bandiga asosan joylarda tashkil etiladi).
2.2. O`quv yili va musobaqalarda faol ishtirok etgan va sovrinli o`rinlarga ega bo`lgan klub a`zolariga “Yosh qutqaruvchi” maxsus guvohnomasi taqdim etiladi.
3.“Yosh qutqaruvchi” musobaqasini o`tkazish tartibi.
“Yosh qutqaruvchi” musobaqalarini o`tkazish uchun “Yosh qutqaruvchi musobaqasini o`tkazish tartibi to`g`risida“ nizom ishlab chiqilgan.
Nizomning umumiy qoidalari:
Mazkur Nizom fuqaro muhofazasi sohasida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 -yil 19 -iyuldagi “Aholini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash kompleks dasturini tasdiqlash to`g`risida”gi 208-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilari o`rtasida hamda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari (keyingi o`rinlarda ta`lim muassasalari) o`quvchilari o`rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasini (keyingi o`rinlarda musobaqa deb ataladi) tashkil etish tartibini belgilaydi.
Musobaqa yoshlarni favqulodda vaziyatlarda to`g`ri harakat qilish, o`zini o`zi himoya qilish va boshqalarga ko`mak berish borasidagi bilim hamda ko`nikmalarini oshirish maqsadida o`tkaziladi.
II. Musobaqani tashkil etish va o`tkazish tartibi
Musobaqa Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilaridan iborat guruhlar o`rtasida, shuningdek o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`quvchilaridan iborat guruhlar o`rtasida tashkil etiladi.
4. Musobaqani tashkil etish va uni o`tkazish mas`uliyati mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat tashkiliy qo`mita zimmasiga yuklatiladi.
O`quvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda musobaqalar umumiy o`rta ta`lim maktablari hamda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`quvchilari o`rtasida alohida-alohida o`tkaziladi.
5. Musobaqada ishtirok etuvchi guruhlar tegishli ta`lim muassasasining “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar klublari (keyingi o`rinlarda klub deb yuritiladi) orasidan 8 nafardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Guruhlar faqatgina musobaqada qatnashayotgan ta`lim muassasasining 8 nafar (5 nafar o`g`il bola, 3 nafar qiz bola) o`quvchisidan iborat tarkibda tuziladi.
Musobaqa shartlarini bajarish paytida guruhlar 6 nafardan (4 nafar o`g`il bola, 2 nafar qiz bola) iborat tartibda ishtirok etadi.
6. Musobaqada qatnashuvchi guruh a`zolariga qutqaruvchi maqomi beriladi. Musobaqada “Hayot xavfsizligi asoslari” va “Fuqaro muhofazasi” fanlari yuzasidan bilim va ko`nikmalarga ega bo`lgan klub a`zolari ishtirok etadi.
7. Musobaqada ishtirok etadigan guruhlarda quyidagi anjomlar va kiyimlar bo`lishi shart:
– qutqaruv asbob-anjomlari;
– qutqaruvchi himoya kaskasi;
– himoya qo`lqoplari;
– karabin muftali jumark, blok rolik (bittalik).
– bir turdagi mavsumiy maxsus kiyim bosh hamda sport kiyimi.
8. Musobaqa 3 bosqichda o`tkaziladi.
Musobaqaning tuman (shahar), hududiy (Qoraqalpog`iston, viloyatlar va Toshkent shahri) va yakuniy (respublika) bosqichlari fevral-iyun oylarida o`tkaziladi.
9. Musobaqani o`tkazish joyi va vaqti:
– tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va o`tkazish fevral oyida amalga oshirilib, o`tkazilish vaqti va joyi 10 kun oldin tuman (shahar) tashkiliy qo`mitasi tomonidan belgilanib, hududdagi ta`lim muassasalariga ma`lum qilinadi. Tashkiliy qo`mita tarkibiga hududdagi ta`lim muassasalarining “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar klubi rahbarlari hamda Yoshlar Ittifoqi tuman (shahar) kengashlari mas`ul xodimlari kiritiladi.
– hududiy (Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) bosqichini tashkil etish va o`tkazish har yili aprel oyida rejalashtirilib, o`tkazilish vaqti va joyi 10 kun oldin Yoshlar Ittifoqining hududiy kengashlari, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi, Xalq ta`limi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va boshqa mas`ul tashkilotlar vakillaridan iborat tashkiliy qo`mita tomonidan belgilanadi.
– musobaqaning yakuniy (respublika) bosqichi har yili iyun oyida tashkil etilib, o`tkazilish vaqti va joyi respublika tashkiliy qo`mitasi tomonidan belgilanadi va 15 kun oldin hududiy (Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) bosqichda g`olib bo`lgan umumiy o`rta ta`lim maktablari hamda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga ma`lum qilinadi.
10. Tashkiliy qo`mita musobaqani o`tkazish bo`yicha barcha tashkiliy masalalarni hal etadi, o`tkazilish vaqti va joyini belgilaydi. Hakamlar hay`ati tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
11. Musobaqada qatnashuvchi guruh a`zolari tashkiliy qo`mitaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
– fuqarolik pasporti, tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
– ta`lim muassasasining o`quvchisi ekanligini tasdiqlovchi ma`lumotnoma yoki o`quvchilik guvohnomasi;
– sog`ligi to`g`risidagi U-86 tibbiy ma`lumotnoma (tuman (shahar) sog`liqni saqlash bo`limi tibbiy ko`rigidan o`tganligini tasdiqlovchi);
– 3x4 hajmdagi fotosurat – 4 dona.
12. Musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etadigan jamoalarga qo`yiladigan talablar:
- jamoaning nomi va shiori
Jamoa a`zolarining safda turgan holda o`z jamoalari nomini aytib tanishtiradilar va shiorini aytadilar. Bunda nafaqat jamoaning shiorining mazmun-mohiyatiga va uni ijro etish mahoratiga ham alohida e`tibor qaratiladi. Jamoaning shiori insonlarni xayotini asrab qolish va qutqaruvchilarni hayot faoliyati bilan bog`liq so`zlardan foydalangan bo`lishi shart.
- foto albom va vimpellar
Ishtirokchi jamoalar o`zlari bilan musobaqaning tuman va hududiy bosqichlaridagi ishtirokini hamda “Yosh qutqaruvchi” klubning faoliyatini o`zida aks ettiruvchi foto albomini, 40x30 sm hajmdagi vimpelini, hudud va jamoa nomi yozilgan taxtachasini olib kelishi lozim.
- jamoalarning maxsus ustki kiyimi
Jamoaning ustki kiyimi (shu jumladan, bosh kiyimi) maxsus tiktirilgan, barcha guruh a`zolari uchun bir turda bo`lishi talab etiladi. Musobaqa hakamlari tomonidan jamoalarning ustki kiyimida kamchiliklar aniqlansa (boshqa musobaqalar uchun tiktirilgan ustki kiyimlardan foydalanilgan bo`lsa), jamoaga “5” ball jarima beriladi yoki jamoa musobaqadan chetlashtiriladi.
- ko`rgazma
Ko`rgazmada “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar klubini faoliyatini aks ettiruvchi fotoalbom va ko`rgazmali vositalar hamda klubning me`yoriy hujjatlari, fuqaro muhofazasi burchagi, klub a`zolari tomonidan erishilgan yutuqlarni o`zida aks etirgan vositalardan shuningdek, o`z hududlarining boy ma`naviy a`analarini o`zida aks ettirgan ko`rgazmali vositalar olib kelishlari talab etiladi.
- jamoa bayrog`i
Jamoa musobaqaning tegishli bosqichiga O`zbekiston Respublikasi va “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar klubi bayroqlarini (o`lchami 90x120 sm dastasi 210x5sm) olib kelishlari shart.
III. Musobaqaning umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan bosqichining shartlari va baholash mezonlari
12. Musobaqa 5 ta shart asosida o`tkaziladi.
13. Musobaqaning birinchi shartida guruh sardori tashkiliy qo`mita tomonidan guruhlar soniga mos ravishda tayyorlangan maxsus konvertlar ichidan bittasini tanlaydi. Konvertlarda 5 ta savoldan iborat bilet bo`ladi. Biletdagi savollarning barchasiga guruhning bir nafar ishtirokchisi yoxud har bir savolga guruhning boshqa ishtirokchilari tomonidan javob berilishi mumkin. Bu shartda qo`shimcha javoblar berilishiga yo`l qo`yilmaydi. Shuningdek, guruhlarga hakamlar hay`ati tomonidan qo`shimcha 1 ta umumiy savol berilishi mumkin.
Savollarga o`ylash uchun 4 daqiqa, javob berish uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi va shart 5 ballik tizimda baholanadi.
14. Musobaqaning ikkinchi sharti davomida guruhlar fuqaro muhofazasi va tezkor tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha bellashadilar. Ushbu shartda hakamlar hay`ati tomonidan guruhlarga 3 ta favqulodda vaziyatdagi holat taqdim etiladi. Favqulodda vaziyatlarda tezkorlik va aniqlik bilan harakat qilgan hamda shartni to`liq bajargan guruh g`olib hisoblanadi.
Bu shart 10 ballik tizimda baholanadi.
15. Musobaqaning uchinchi shartida guruhlar daryodan arqonlar yordamida o`tish hamda belgilangan vaqtda palatka yoyish bo`yicha bellashadilar.
Bu shart 10 ballik tizimda baholanadi.
16. To`rtinchi shartda guruhlar favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilish jarayonida kerak bo`ladigan jismoniy mashqlar (o`n turdagi arqon bog`lash usullari, qutqaruv anjomlaridan qanday holatlarda va usullarda foydalanish, o`z-o`zini himoyalash vositasi (maxsus kiyim)ni kiyish, arqon yordamida yuqoriga (jumar yordamida) 6 metr balandlikka ko`tarilish va qaytib tushish) bo`yicha sinovdan o`tadilar. Ushbu shartda guruhning barcha ishtirokchilari qatnashadi. Eng chaqqon va epchil guruh bu shart g`olibi hisoblanadi.
Bu shart 15 ballik tizimda baholanadi.
17. Musobaqaning beshinchi shartida guruhlar 60 metr masofaga to`siqlar osha estafetali yugurish mashqini bajaradilar.
Bu shart 10 ballik tizimda baholanadi.
18. Guruhlar tomonidan bajarilgan shartlar quyidagi tartibda baholanadi:
– noto`g`ri berilgan javob va bajarilmagan mashq uchun ball berilmaydi;
– savolga to`liqsiz qoniqarsiz javob berilgan holatda, har bir savol uchun 0,5 jarima bali qo`llaniladi;
– mashq bajarish davomida belgilangan reglamentdan chiqqan guruhga 0,5 jarima bali qo`llaniladi;
– bir marotaba bajarilgan noto`g`ri harakat uchun 0,2 jarima bali qo`llaniladi;
– guruh murabbiyi yoki sardori tomonidan qabul qilingan noto`g`ri qaror uchun 0,5 jarima bali qo`llaniladi;
– mashq bajarish vaqtida texnika va boshqa xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmaganlik uchun 1 jarima bali qo`llaniladi;
– musobaqa (shart) jarayonida boshqa guruh hamda hakamlar hay`ati a`zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo`lganligi yoki odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun 2 jarima bali qo`llaniladi.
IV. Musobaqaning o`rta-maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan bosqichi shartlari va baholash mezonlari
19. Musobaqa 5 ta shart asosida o`tkaziladi.
20. Musobaqaning birinchi shartida guruh sardori musobaqaning tashkiliy qo`mitasi tomonidan guruhlar soniga mos ravishda tayyorlangan maxsus konvertlar ichidan bittasini tanlaydi. Konvertda 10 ta savoldan iborat bilet bo`ladi. Biletdagi savollarga guruhning barcha a`zolari javob berishi mumkin. Bu shartda qo`shimcha javoblar berilishiga yo`l qo`yilmaydi. Shuningdek, guruhlarga hakamlar hay`ati tomonidan qo`shimcha 2 ta umumiy savol berilishi mumkin.
Savollarga o`ylash uchun 4 daqiqa, javob berish uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi va shart 5 ballik tizimda baholanadi.
21. Musobaqaning ikkinchi sharti davomida guruhlar fuqaro muhofazasi va tezkor tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha bellashadilar. Ushbu shartda hakamlar hay`ati tomonidan guruhlarga 5 ta favqulodda vaziyatlardagi holat taqdim etiladi. Favqulodda vaziyatlarda tezkorlik va aniqlik bilan harakat qilgan hamda shartni to`liq bajargan guruh ushbu shart g`olibi hisoblanadi.
Bu shart 10 ballik tizimda baholanadi.
22. Musobaqaning uchinchi shartida guruhlar daryodan arqonlar yordamida o`tish, to`siqlardan o`tish hamda belgilangan vaqtda palatka yoyish bo`yicha bellashadilar.
Bu shart 10 ballik tizimda baholanadi.
23. To`rtinchi shartda guruhlar favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilish jarayonida kerak bo`ladigan jismoniy mashqlar (o`n besh turdagi arqon bog`lash usullari, qutqaruv anjomlaridan qanday holatlarda va usullarda foydalanish, o`z-o`zini himoyalash vositasi (maxsus kiyim)ni kiyish, arqon yordamida yuqoriga ko`tarilish va tushish (10 metr balandlik) yuzasidan sinovdan o`tadilar. Bu shartda guruhning barcha a`zolari qatnashadi. Eng chaqqon va epchil guruh shart g`olibi hisoblanadi.
Bu shart 15 ballik tizimda baholanadi.
24. Musobaqaning beshinchi shartida guruhlar 100 metr masofaga to`siqlar osha estafetali yugurish mashqini bajaradilar.
Bu shart 10 ballik tizimda baholanadi.
25. Guruhlar tomonidan bajarilgan shartlar quyidagi tartibda baholanadi:
– noto`g`ri berilgan javob va bajarilmagan mashq uchun ball berilmaydi;
– savolga qoniqarsiz javob berilgan vaziyatda, har bir savol uchun 1 jarima bali qo`llaniladi;
– mashq bajarish davomida belgilangan reglamentdan chiqqan guruhga 2 jarima bali qo`llaniladi;
– bir marotaba bajarilgan noto`g`ri harakat uchun 2 jarima bali qo`llaniladi;
– guruh murabbiyi yoki sardori tomonidan qabul qilingan noto`g`ri qaror uchun 1 jarima bali qo`llaniladi;
– mashq bajarish vaqtida texnika va boshqa xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmaganlik uchun 3 jarima bali qo`llaniladi;
– musobaqa (shart) jarayonida boshqa guruh hamda hakamlar hay`ati a`zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo`lganligi yoki odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun 5 jarima bali qo`llaniladi.
26. Guruhlarning barcha shartlar davomida tezkorligi, epchilligi, o`zini tanishtirish va sahnaviy ko`rinishlar jarayonida mamlakatimizda aholining barcha qatlamlarini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar va ular mohiyatini oddiy tarzda ochib berishlari, belgilangan vaqtga qat`iy rioya qilishlari, kiyimi, ijodiy, badiiy hamda voqea hodisalarni xalqchil asosda tayyorlashi - baholashning asosiy mezoni hisoblanadi.
27. Jamoalarni nominasiyalar bo`yicha baholash mezonlari.
1. Jamoaning nomi va shiori ko`rigi.
Ushbu shartda jamoaning barcha a`zolari ishtirok etadi. Jamoa a`zolarining safda turgan holda o`z jamoalari nomini aytib tanishtiradilar va shiorini aytadilar. Bunda nafaqat jamoaning shiorining mazmun-mohiyatiga va uni ijro etish mahoratiga ham alohida e`tibor qaratiladi. Jamoaning shiori insonlarni xayotini asrab qolish va qutqaruvchilarni hayot faoliyati bilan bog`liq so`zlardan foydalangan bo`lishi kerak. Jamoaning shiori hakamlar hay`atining barcha a`zolari tomonidan kelishilgan holda aniqlanadi hamda g`olib bo`lgan jamoa “Jamoaning eng yaxshi shiori” faxriy yorlig`i bilan taqdirlanadi.
2. Foto albom va vimpellar ko`rigi.
Ishtirokchi jamoalar o`zlari bilan musobaqaning tuman va hududiy bosqichlaridagi ishtirokini hamda “Yosh qutqaruvchi” klubning faoliyatini o`zida aks ettiruvchi foto albomini, 40x30 sm hajmdagi vimpelini, hudud va jamoa nomi yozilgan taxtachasini olib kelishi lozim. Albom va vimpellarni “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar klublari a`zolari tomonidan qo`l bilan tayyorlanganligiga alohida e`tibor qaratiladi. Ushbu shartda jamoaning sardori ishtirok etadi hamda albom, vimpellar hamda ta`lim muassasasida “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar klubining faoliyati bo`yicha amalga oshirilgan ishlar haqida so`zlab beradi. Shart hakamlar hay`atining barcha a`zolari tomonidan kelishilgan holda g`olib jamoa “Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan foto albom” faxriy yorlig`i bilan taqdirlanadi.
3. Jamoalarning maxsus ustki kiyimi ko`rigi.
Ushbu shartda jamoaning barcha a`zolari ishtirok etadi. Jamoaning ustki kiyimi (shu jumladan, bosh kiyimi) maxsus tiktirilgan, barcha guruh a`zolari uchun bir turda bo`lishi talab etiladi. Qurolli Kuchlar harbiy kiyimlari va boshqa tashkilotlarning maxsus kiyimlarida (shu jumladan, bosh va oyoq kiyimlarida) ishtirok etish taqiqlanadi. Ustki kiyimdagi shaxsni tasdiqlovchi, namlikdan himoyalangan 10x6 sm hajmdagi ko`krak nishoni (emblemasi) ko`krakning chap tomoniga taqiladi. Ko`krak nishonida musobaqa qatnashchisining ism-sharifi to`liq yozilishi, 4x6 sm hajmdagi fotosurati yopishtirilgan va ta`lim muassasasining muhri bilan tasdiqlangan bo`lishi lozim. Guruhlarning kiyimlarida qutqaruvchilik kasbiga mehr, iftihor va harbiy vatanparvarlik shukuhi aks etib turishi hamda bosh kiyimi bir turda bo`lishi hamda maxsus ustki kiyimning ko`rinishiga qolaversa, kiyimda qutqaruvchilarning kiyimidek ajratiib turuvchi maxsus yozuvlar va qutqaruvchi ekanligini bildiruvchi belgilar bilan bezatilganliga ham alohida e`tibor qaratiladi. Musobaqa hakamlari tomonidan jamoalarning ustki kiyimida kamchiliklar aniqlansa (boshqa musobaqalar uchun tiktirilgan ustki kiyimlardan foydalanilgan bo`lsa), jamoaga “5” ball jarima beriladi yoki jamoa ushbu shartdan cheklashtiriladi.
Shart hakamlar hay`atining barcha a`zolari tomonidan kelishilgan holda jamoa
“Eng yaxshi klubning formasi” faxriy yorlig`i bilan taqdirlanadi.
4. Eng yaxshi tashkil etilgan ko`rgazma.
Ko`rgazmada “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar klubini viloyat miqiyosidagi faoliyatini aks ettiruvchi fotoalbom va ko`rgazmali vositalar hamda klubning me`yoriy hujjatlari, fuqaro muhofazasi burchagi, klub a`zolari tomonidan erishilgan yutuqlarni o`zida aks etirgan vositalardan shuningdek, o`z viloyatlarining boy ma`naviy a`analarini o`zida aks ettirgan ko`rgazmali vositalar qo`yiladi.
Ushbu shartda jamoaning a`zolaridan biri ishtirok etadi hamda ko`rgazmadagi vositalar bo`yicha tushunchalar beradi. Bu shartda ko`rgazmadagi vositalari viloyatdagi mavjud kollej va lisey o`quvchilarning qo`l mehnati yordamida tayyorlanganligi, did bilan joylashtirilishiga va sifatiga shu bilan birga, ko`rgazma bilan tanishtiruvchining nutq madaniyatiga alohida e`tibor qaratiladi.
Shart hakamlar hay`atining barcha a`zolari tomonidan kelishilgan holda g`olib jamoa “Eng yaxshi tashkil etilgan ko`rgazma” faxriy yorlig`i bilan taqdirlanadi.
5. Eng yaxshi qutqaruvchi (qiz bolaga).
Bu naminasiya bo`yicha g`olibni aniqlashda ishtirok etayotgan qizlarni barcha ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchi qizlardan biri mashqlarni bajarishdagi to`g`ri va aniq harakatlari, mohirligi, aqlliy salohiyati hamda o`z harakatlari bilan boshqalarga o`rnak bo`lgan yoki ikki va undan ortiq mashqlarni bajarishda boshqalarga nisbatan eng yaxshi natijalarga erishgan qiz bola “Eng yaxshi qutqaruvchi” (qiz bolaga) faxriy yorlig`i bilan taqdirlanadi.
6. Eng yaxshi qutqaruvchi (o`g`il bolaga).
Bu naminasiya bo`yicha g`olibni aniqlashda ishtirok etayotgan o`g`il bolalarni barcha ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchi o`g`il bolalardan biri mashqlarni bajarishdagi to`g`ri va aniq harakatlari, mohirligi, aqlliy saloxiyati va o`z harakatlari bilan boshqalarga o`rnak bo`lgan yoki ikki va undan ortiq mashqlarni bajarishda boshqalarga nisbatan eng yaxshi natijalarga erishgan o`g`il bola “Eng yaxshi qutqaruvchi” (o`g`il bolaga) faxriy yorlig`i bilan taqdirlanadi.
7. Eng yaxshi jamoaning bayrog`i.
Jamoa musobaqaning tegishli bosqichiga O`zbekiston Respublikasi va “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar klublari bayroqlarini (o`lchami 90x120 sm dastasi 210x5sm) olib kelishlari shart. Bayroqning rangi, uning matosi hamda tayyorlanishiga, bayroqda vatanparvarlik, milliy g`urur, qutqaruvchilik kasbiga mehr-iftixor va odamlarga yordam berishdek oliy tuyg`ularini o`zida aks etirgan bo`lishiga alohida e`tibor qaratiladi. Shart hakamlar hay`atining barcha a`zolari tomonidan kelishilgan holda aniqlanadi va g`olib jamoa “Eng yaxshi jamoaning bayrog`i ” faxriy yorlig`i bilan taqdirlanadi.
8. Eng yaxshi tog` tayyorgarligiga ega jamoa.
Ushbu shartda jamoaning barcha a`zolari ishtirok etadi. Jamoaning har bir ishtirokchisi tog` tayyorgarligidan tugun bog`lash va jumarlar yordami tepaga ko`tarilish hamda tushish bo`yicha amaliy bilimlarini amalda ko`rsatadi. Bunda guruh ishtirokchilari tomonidan mashqni aniq, tez, xatosiz va qisqa vaqt ichida bajargan jamoa g`olib deb topiladi hamda unga “Eng yaxshi tog` tayyorgarligiga ega jamoa” faxriy yorlig`i bilan taqdirlanadi.
9. Eng hamjihat jamoa.
Ushbu shartda jamoaning barcha a`zolari ishtirok etadi. Jamoaning har bir ishtirokchisi daryodan arqonlar yordamida pereprava, hamda to`siqlardan o`tishda va belgilangan vaqtda palatka yoyish mashqini bajarish davomida jamoani har bir a`zosi mashqni bajarishdagi birdamliligini ko`rsatadi. Shu bilan birgalikda, palatkani yoyishda bir-biriga o`zaro yordam berishi va qo`yilgan vazifani bajarishda hamjihatligiga e`tibor beriladi.
Bunda guruh ishtirokchilari tomonidan mashqni aniq, tez,xatosiz va qisqa vaqt ichida bajargan jamoa g`olib deb topiladi hamda unga “Eng hamjihat jamoa” faxriy yorlig`i bilan taqdirlanadi.
10. Eng bilimdon jamoa.
Ushbu shartda jamoaning barcha a`zolari ishtirok etadi. Jamoaga favqulodda vaziyatlar borasida umumiy savollar beriladi va savollarga to`liq, aniq, ishonch bilan, to`ldirishlarsiz, shu bilan birgalikda amaliy mashqlarni belgilangan vaqt davomida bajarsa, tayyorgarlik ko`rish uchun belgilangan vaqtda foydalanmasda javob bergan jamoa g`olib deb topiladi hamda unga “Eng bilimdon jamoa” faxriy yorlig`i bilan taqdirlanadi.
.
Ushbu shartda jamoaning barcha a`zolari ishtirok etadi. Jamoaga favqulodda vaziyatlarda jabrlanuvchiga tezkor tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha beshta amaliy savollar beriladi va berilgan topshiriqni to`g`ri ketma-ketlikda, to`liq, aniq, ishonch bilan, izohlar orqali shu bilan birgalikda amaliy mashqlarni belgilangan vaqt davomida bajarsa, jabrlaganlarga favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam ko`rsatish qoidalarini xatosiz bajargan jamoa g`olib deb topiladi hamda unga “Eng yaxshi tibbiy yordam ko`rsatgan jamoa” faxriy yorlig`i bilan taqdirlanadi.
28. Musobaqadagi savollar O`zbekiston Respublikasining “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to`g`risida”gi va “Fuqaro muhofazasi to`g`risida”gi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, “Hayot xavfsizligi asoslari” va “Fuqaro muhofazasi” (yoki vazirlik tomonidan ushbu yo`nalishda joriy etilgan fanlar) fanlari hamda klub dasturi asosida o`tilgan mavzular bo`yicha tuziladi.
Savollar tashkiliy qo`mita tomonidan tuziladi hamda musobaqa kunidan bir kun avval maxsus konvertga solinib, a`zolari ishtirokida muhrlanadi.
. Musobaqa shartlarini baholash hamda g`oliblar va boshqa ishtirokchilarni taqdirlash tashkiliy qo`mita tomonidan tuziladigan hakamlar hay`ati tomonidan amalga oshiriladi.
Hakamlar hay`ati tarkibiga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Favqulodda vaziyatlar, Xalq ta`limi vazirliklari, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazining mas`ul xodimlari, fan, san`at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo`lgan mutaxassislar (o`qituvchilar, amaliyotchilar) kiritilishi mumkin.
Barcha shartlar bo`yicha umumiy ballar qo`shib hisoblanganda eng yuqori ko`rsatkichga ega bo`lgan guruh musobaqaning mutlaq g`olibi deb topiladi. Yuqori ballar teng bo`lgan holatda, g`olib guruhni aniqlash hakamlar hay`ati raisi tomonidan hal etiladi. Musobaqa davomida hakamlar hay`ati ko`rsatilgan baholar uchun izoh bermaydi, shuningdek, qarorlar qayta ko`rib chiqilmaydi hamda muhokama etilmaydi.
. Musobaqaning tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichlarida g`oliblikni qo`lga kiritgan ishtirokchilar Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi, Favqulodda vaziyatlar, Xalq ta`limi, Sog`liqni saqlash, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari hamda O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi va ularning quyi tizimlari tomonidan I, II va III darajali diplomlar va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, g`oliblarni taqdirlashda boshqa tashkilotlar ham homiylik qilishlari mumkin.
VI. Yakuniy qoidalar
Musobaqani o`tkazish bilan bog`liq barcha harajatlar mas`ul tashkilotchilarning mablag`lari hisobidan belgilangan tartibda qoplanishi mumkin.
. Davlat va nodavlat tashkilotlari musobaqada homiylik qilishlari mumkin.
. Mazkur musobaqaning hududiy bosqichlari bilan bog`liq barcha hujjatlar O`zbekiston Yoshlar Ittifoqinig hududiy Kengashlarida, yakuniy (respublika) bosqichi bo`yicha hujjatlar O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashida saqlanadi.
Topshiriq:
1. “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar musobaqalarini tayyorlash va o`tkazish hukumatimizning qaysi qarori bilan belgilab berilgan va ularni o’tkazish bosqichalarini sanab o’ting ?;
2. “Yosh qutqaruvchilar” ko`ngillilar klubi 52 soatlik o`quv mashg`ulotlari hisobini yo’zib ko’rsating;
3. “Yosh qutqaruvchi” ko`ngillilar klublari qayerlarda tahkil etiladi va unga kimlar a’zo bo’lishlari mumkin ?
4. “Yosh qutqaruvchi” musobaqalarini o`rta-maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan bosqichi shartlarini ayting.
12- seminar mashg`uloti (2 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |