Aholini ishsizlikdan himoya qilish borasida davlat tadbirlari. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi (Yangi tahriri) Qonunining 4-bo‘limida keltirilgan moddalar ushbu bandni yoritishda muhim vosita hisoblanadi.
Jiddiy talafotlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat ish bilan ta’minlashni oshirish siyosatini o‘tkazadi. Chunonchi, ishsizlikning friktsion va boshqa turlari o‘sganda davlat:
• qaytadan kasb o‘rgatadi;
• ta’lim berish tizimini kengaytiradi;
• bo‘sh ish joylari haqidagi axborotlarni keng tarqatadi;
• mehnat birjalariga investitsiyalarni ko‘paytiradi.
• Agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat byudjet, fiskal, kredit-pul vositalarini ishga soladi, ya’ni:
• ish bilan ta’minlashni kuchaytirish uchun ishlab chiqarishga ko‘proq mablag‘ sarflaydi;
• tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun ssuda hamda kreditorlarning foiz stavkalarini pasaytiradi;
• ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi.
• Bu tadbirlardan tashqari, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solishda:
• aholi soni, yosh va jinsi salmog‘idagi o‘zgarishlarga;
• ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud o‘zgarishlariga;
• qo‘shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezonlariga;
• ishlab chiqarish hajmiga, uning o‘sish sur’atiga, ishlab chiqarish tarkibiga;
• ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga alohida e’tibor beradi.
Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bu esa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning miqyosini oshirishga qaratilgan bo‘lishi darkor. Bunga esa, mehnat unumdorligini oshirish, ish joylarining moddiy-texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash, yangi noqishloq xo‘jaligi mehnati zonalarini tashkil etish, ish vaqtidan unumli foydalanish, ishlovchilar moddiy manfaatdorligini oshirish va oqilona soliqlar orqali erishish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida bu ko‘rsatkichlarni tahlil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Iste’mol sektorida inflyatsiya darajasini tahlil qilish uchun iste’mol narxlar haqidagi har oylik axborotdan foydalaniladi. Bunda turli xildagi hisob-kitoblar qilinadi. Bular:
a) hisobot oyidagi iste’mol narxlarining indeksi (IPTS) oldingisi (LTR) ga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkich iste’mol tovarlari va xizmatlari narxlarining joriy oyda shu oyning o‘tgan oyidagiga solishtirgandagi o‘zgarishini ifodalaydi;
b) hisobot oyidagi iste’mol narxlari indeksi (IPTS) ning o‘tgan yil dekabrdagi indeksiga nisbati. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning yanvaridan hisobot oyigacha bo‘lgan davrda iste’mol tovarlari va xizmatlari;
v) bundan tashqari, uchinchi variantda joriy yilning hisobot oyidagi IPTS ning o‘tgan yilning xuddi shu davriga (LTRZ) nisbati hisob-kitob qilinadi. Bu nisbat joriy yilning alohida olingan oyida iste’mol tovarlari va xizmatlarning o‘tgan yilning shu oyiga solishtirilgan o‘zgarishni ifoda etadi. Bu indeks mavsumiy tebranishlarni hisobga olmaydi;
g) hisobot oyining iste’mol narxlari indeksining yil boshigacha o‘sib boruvchi natijasi bilan birga hisoblaganda o‘tgan yilning shu davriga (LTR4) nisbati. Bu indeks LTR3 ga o‘xshash, lekin narxlarning yil boshidan beri o‘tgan davr ichida o‘sib boruvchi natijalar bilan qo‘shib hisoblaganda hamda bunda o‘tgan davr ichida mavsumiy bo‘lmagan tebranishlarni hisobga olingan o‘zgarishlarini qayd etadi;
d) hisobot choragining IPTS sining o‘tgan chorakniki (LTR4a) ga nisbati. U hisobot choragida narxlarning o‘tgan chorak bilan solishtirgandagi o‘zgarishi;
e) hisobot choragi IPTS sining o‘tgan yilning shu davriga (LTR5) nisbati ham xuddi LTR4a dek. Faqat u narxlarning har xil yildagi bir xil davrdagi o‘zgarishini hisobga oladi.
Aniq tahlil qilish uchun iste’mol savatchasi o‘rganiladi, iste’mol savatchasi 3 qism: oziq-ovqat, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarga bo‘linishi kerak. Har bir qism ichida joriy oyning individual indeksi undan oldingisiga solishtirib tahlil qilinadi. Narxlarning o‘sishini tegishli tovarlar guruhining solishtirma salmog‘iga ko‘paytirish yo‘li bilan narxlarning o‘sishini iste’mol tovarlari va xizmatlarninng ayrim turlariga va iste’mol narxlari indeksining umumiy kattaligi (hajmi)ga ta’siri aniqlanadi. Bu usul yordamida qaysi viloyatlarda qaysi tovarlar va xizmatlar iste’mol narxlarining umumiy indeksining o‘sishiga eng katta ta’sir ko‘rsatganini aniqlash mumkin.
Respublikada har yili davlat dotatsiyalari pasaytirilmoqda. Shuning uchun foydalanish xarajatlari (kvartira haqi), issiqlik, elektroenertika, gaz, jamoat transportida yurish, aloqa xizmatlari uchun to‘lanadigan haq miqdori sezilarli darajada o‘smoqda. Bu o‘zgarishlarning hammasi narxlarni bashorat qilishda asoslanishi va hisobga olinishi lozim.
Inflyatsiya darajasini tahlil qilishida oylik o‘rtacha ko‘rsatkichi muhim ko‘rsatkichidir. U tahlil qilinayotgan davr uchun o‘rta kattalik sifatida hisoblab topiladi.
Aksilinflyatsiya yoki inflyatsiyaga qarshi siyosat - bu narxlar umumiy darajasini barqaror darajada saqlash, inflyatsiyani yumshatishga qaratilgan hukumat amalga oshiradigan chora-tadbirlaridir.
Inflyasiyaga qarshi siyosat yalpi talab va yalpi taklifni tartibga solishni qamrab oladi hamda bu siyosatni tovarlar va xizmatlar hajmini aholi daromadlariga muvofiqlashtirish, barcha ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish, hamda xarajatlarni qisqartirish, ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligining ildamroq o’sishni ta’minlash, ko’plab talab qilinadigan tovarlar va xizmatlarning hajmi o’sishiga muvofiq pul emissiyasini qat’iy nazorat qilish, tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar orasidagi vositachilar sonini kamaytirish, kredit berishni tartibga solish, kredit uchun foiz stavkalarini puxta yo’lga solib turish, davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatini ta’minlash yollari orqali amalga oshirish mumkin.Mavsum omili inflyatsiyaning umumiy darajasiga qishloq xo‘jalik oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishiga katta ta’sir qiladi. Inflyatsiya dinamikasining tegishli oylar bo‘yicha tahlili eng past sur’at yoz oylariga to‘g‘ri kelishidan guvohlik beradi. Bu sabzovotlar va mevalarning ommaviy pishishi, bozorlarda ularning taklifi oshishi davri bilan bog‘liqdir. Yuqori raqobat sharoitlarida sotuvchilar tez buziladigan mahsulotlarning narxlarini tushirishga majbur bo‘ladilar. Yoz oylarida nooziq-ovqat mahsulotlarining narxlari ham pasayadi, chunki aholining to‘lovga qobil talabi bu tovarlardan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga ko‘chadi. Inflyatsiyaning eng yuqori sur’atlari qish oylari va bahorning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davr qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tovar taklifi pasayishi, ularning zaxiralari kamayishi bilan ifodalanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining o‘sishi sanoat ishlab chiqarishini qo‘shgan holda boshqa iste’mol tovarlar narxining oshishida ham aks etadi.
Inflyatsiya boshqarilishi kerak. Shuning uchun inflyatsiyaga qarshi siyosat borasida to‘xtalamiz. Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar qisqa va uzoq muddatli siyosat bilan taqdim etilishi mumkin. Uzoq muddatli siyosat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
aholini inflyatsiyaga qarshi kutishlarini bartaraf etish. Buning uchun hukumat tomonidan ishlab chiqarishning rag‘batlantirilishi, inflyatsiyaga qarshi choralarni ko‘rishi, narxlarni erkinlashtirishi muhimdir;
byudjet tanqisligini soliq tizimini takomillashtirish va davlat xarajatlarini kamaytirish hisobiga qisqartirish;
pul massasi o‘sishining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi chegarasini, uning har yillik o‘sishiga qattiq limit kiritgan holda belgilash;
iqtisodiyotga hukumat byudjet tanqisligini moliyalashtirish uchun xorijdan kelgan va keyin ular konvertlanadigan va shu summada milliy valyutaning qo‘shimcha massasi chiqariladigan qisqa muddatli va zayomlarni kirishish yo‘li bilan ta’sir qilib inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi omillarni betaraflashtirish (neytrallash).
Inflyatsiyaga qarshi qisqa muddatli siyosat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1) yig‘ma taklifni yig‘ma talabni oshirmasdan, tovarlarni qo‘shimcha ishlab chiqarish, xizmatlarni qo‘shimcha ko‘rsatish, iste’mol tovarlarini ommaviy tarzda import qilish, korxonalarning aksiyalarini katta miqdorda sotish hisobiga kengaytirish;
2) sug‘urtalashni va jamg‘arishni rag‘batlantirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining ochiq yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Monetar siyosatning 2019 yil va 2020-2021 yillar davriga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari koʻrib chiqildi va tasdiqlandi. Oʻrta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyatsiya darajasini pasaytirish va inflyatsion targetlash rejimiga oʻtish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish kabi vazifalar belgilab olindi. Oʻrta muddatli istiqbolda inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi boʻlishi kutilmoqda. Bunda, davlat korxonalarini isloh qilinishi (xususiylashtirishi) doirasida iqtisodiyotga kapital qoʻyilmalar hajmining oʻsishi keyingi yillarda investitsion faollikni ragʻbatlantiruvchi asosiy omil boʻladi.
Xulosa. Ishsizlik muammоsini o’rganishdan maqsad ahоlining ish bilan bandligini yaхshilash оrqali mamlakat ishlab chiqarishini kеngaytirish va ahоlini turmush darajasini yanada yaхshilashga alоqadоr tadbirlarni ishlab chiqishdan ibоrat.
O’zbekistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyoti davlat sektorida ishlab chiqarishning qisqarishi bo’ldi. CHunki iqtisodiy o’sish dinamikasi bilan ishsizlik o’rtasidagi aloqa uzviy bog’liq ko’rsatkichlardir.
Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni umumiy sog’lomlashtirish, investitsion faollikni rag’batlantirish, barqarorlashtirish va keyinchalik iqtisodiy o’sishga erishish, iqtisodiyotni nodavlat sektorlarini rivojlantirish va kengaytirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, kichik biznes va o’z-o’zini ish bilan band qilishni qo’llab-quvvatlash, ish bilan bandlikning oqil tuzilmasini yaratish maqsadida kasbiy o’qitish, qayta tayyorlash va maslahat berishni ta’minlash ish bilan bandlikni tartibga solishning faol iqtisodiy usullari hisоblanadi.
Inflyatsiya ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi va pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishini anglatadi. Inflyatsiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’siri normal iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqarishida namoyon bo’ladi.
Inflyatsiya darajasi baho indekslari vositasida o’lchanadi.
Kelib chiqish sabablariga kqra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi o’zaro farqlanadi. Inflyatsiyaning bu ikki turi ko’pincha aralash holda yuzaga keladi. Kutilmagan inflyatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar, aholining turli qatlamlari hamda davlat va aholi o’rtasida qayta taqsimlaydi.
Ishsizlik va inflyatsiya sur’atlari o’rtasidagi teskari bog’liqlik Fillips egri chizig’ida aks etadi.
Hukumat Fillips egri chizig’iga asoslanib qisqa davr uchun ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Aksilinflyatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Aksilinflyatsiya siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi:
-yalpi talabni tartibga solish;
-yalpi taklifni tartibga solish.
O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan Inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturida ko’zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish inflyatsiya sur’atlarini cheklash imkonini beradi.