4.O’zbekistonda inflatsiya va ishsizlik jarayonlarining Fillips egri chizig’i bo’yicha tahlili
Fillips egri chizig’i shundan dalolat beradiki, agar talabni kengaytirish va yangi ish joyini ko’paytirish orqali ishsizlikni qisqartirishga erishilsa, bu inflyatsiya darajasini tezlashishiga olib keladi. Shuningdek ishsizlik darajasining o’sishi pul massasini qiqarishiga (ya’ni ish sifatida to’lanadigan), bu esa inflyatsiyaning pasayishiga imkon beradi. XX asrning II yarmiga kelib, Filips egri chizig’idan foydalanish har doim ham yutuq olib kelmasligini isbotlab berdi. Asosan, ishsizlikni o’sishi qisqa muddat davomida narx o’sishini pasayishiga olib kelishini ko’rsatmoqda. Lekin, 70 yillardan boshlab bunday bog’liqlik buzildi va Fillips egri chizig’i zamonaviylashtirildi - endi u o’ng tomonga siljib, G’arb mamlakatlarida vujudga kelgan real makroiqtisodiy vaziyatni aks ettira boshladi. Ya’ni ishlab chiqarishni qisqarishi va ishsizlikni ko’payishi narxlarni oshishi bilan kuzatiladi. Bu hodisa stagflyatsiya deb atalib, ham inflyatsiyani, ham ishsizlikni o’sishi bilan ifodalanadi.
Uzoq muddatli jarayonda buning natijalari boshqacha bo’lishi mumkin. Ayrim mamlakatlardagi real iqtisodiy holat ham ishsizlikni o’sishi ham narxlarning o’sishini ko’rsatmoqda. Bu holatda ham ishsizlikka, ham inflyatsiyaga ijobiy ta’sir etuvchi omillarni izlab topish kerak. Ishsizlik orqali bo’ladigan yo’qotishlar, oxir-oqibat ishsizlarning o’zi uchun og’ir yuk bo’lib qoladi.
Mamlakat iqtisodiyotining hususiyatiga ko’ra, shuningdek, inflyatsiyaning qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizig’idagi inflyatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflyatsiyaning sur’atiga bog’liq. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo’lsa ishsizlikning har qanday darajasida (sur’ati past bo’lgan inflyatsiya darajasiga nisbatan) haqiqiy inflyatsiya darajasi yuqori bo’ladi.
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi ichki omillar iqtisoddagi mutanosiblikning buzilishi, ishlab chiqarishda yakka hukumronlikka yo’l qo’yish, investitsiyalashda nomutanosiblik, narxlarni shakllantirishda davlatning yakka hukmronligi, kredit siyosatining noto’g’ri olib borilishi, davlat moliyasi sohasidagi inqirozlar, davlat byudjetining taqchilligi, davlat qarzlarining o’sishi, pul emissiyasi, pul muomalasi qonunining buzilishi va boshqalarni qamrab olsa, tashqi omillarga jahon iqtisodida bo’lgan inqirozlar, davlat valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo’ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqa shu kabilarni o’z ichiga oladi.
Odatda iqtisodiyotda talabning keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirilishi mumkin emasligi paytida talab inflyatsiyasi holati ro’y beradi. Bunga sabab harbiy xarajatlarning o’sishi va iqtisodning harbiylashuvi, davlat qarzlarining o’sishi va byudjet taqchilligining mavjudligi, milliy iqtisodiyotga keragidan ortiqcha kredit berish bo’lishi mumkin.
Iqtisodiyotda tovar va xizmatlar taklifi kamayib borsa va uning oqibatida narxlar ko’tarilsa taklif inflyatsiyasi paydo bo’ladi. Buning sababi mehnat unimdorligining pasayishi natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi, har xil yangi xizmat turlari paydo bo’lishi mumkin.
Inflyatsiyani tahlil qilishda mavsumiylik omili alohida ahamiyatga egadir. Bozorda yil davomida emas, balki ma’lum bir mavsumda bo‘ladigan tovarlar va xizmatlar mavsumiy deb nomlanadi. Bular mevalar va sabzovotlardir. Iste’mol savatchasida ularning solishtirma salmog‘i sezilarlidir. Shuning uchun bahor va qish davrlarida bunday mahsulot narxlarining o‘sishi iste’mol narxlarining indeksiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ayrim tovar guruhlari va xizmatlar bo‘yicha o‘zgarishlarning hisob-kitoblari inflyatsiyaning umumiy darajasidagi ulushni aniqlashga imkon beradi. Bunda iste’mol narxlarining umumiy yig‘ma indeksiga 100 foizga qabul qilinadi. Boshqa ko‘rsatkichlar esa foiz nisbatida, arifmetik yo‘l bilan hisoblab chiqariladi. Iste’mol tuzilmasidagi o‘zgarishlarni 100 foiz deb qabul qilinadigan iste’mol savatchasidan uni tashkil qiluvchi guruhlarni ayirish yo‘li bilan aniqlash mumkin.
1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |