Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi


Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

2. Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari. 
Naqd pul aylanmasi bu pullarning naqd ko’rinishidagi harakatlarining yig’indisidir. Naqd 
pul aylanmasi 

bu naqd pullarning doiraviy aylanishining doimiy ravishda takrorlanishidir.
Na
qd pul aylanmasi bu pul mablag’larining naqd ko’rinishidagi aylanmasidir. Taraqqiy 
etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada rivojlanganligi, naqd pullarga 
bo’lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. AQSh va Yaponiyada plastik kartoc
hkalarga 
asoslangan to’lovlar rivojlangan. 
Yevropada plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan 
to’lovlar rivojlangan. 
Muomiladagi naqd pullar. FZT naqd pullarni chiqaradi. (Bu kulrang yashil 
qog’oz
bo’laklari
yuqori qismida "Federal Reserve Note" yozuvi 
bo’ladi
). Muomiladagi naqd 
pullar 
–bu aholi qo’lidagi naqd pullar hajmi. (Depozit tashkilotlarining seyfidagi naqd 
pullar markaziy bank passivi, lekin rezerv pul hisoblanadi.)
46
Naqd pulli hisob 

kitoblar bevosita naqd pullar bilan amalga oshiriladi. Iqtisodiyotda pul 
aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob 

kitoblarning ulushi sezilarsiz darajada bo’lib, taxminan 5 –
12 foiz atrofida tebranib turadi. Mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pulli hisob 

kitoblar 
ulushining pastligi yoki ortib borishi iqtisodiyotda ishlab chiqarish darajasi, moliya 

kredit tizimi 
va milliy valyutaning barqarorligi hamda boshqa qator omillar bilan izohlanadi.
46
Fredric S. Mishkin. The Economics of Money, Banking and Financial Markrts. 
44 2
ЧАСТЬ
IV.
Центральные
банки
и
проведение
монетарной
политики



193
Naqd pullar aylanishining amal qilishiga doir quyidagicha asosiy tamoyillar ajratib 
ko’rsatiladi

1) moliya muassasalari-emitentlarning mavjudligi; 
2) bozor qatnashchilarining mablag’larni sarflash yuzasidan iqtisodiy erkinligi;
3) ta’sis etilgan milliy pul birligining amal qilishi;
4) nazorat qiluvchi organlar oldida tushumlar va xarajatlar hajmlari uchun hisobotchilikni 
amalga oshirish mumkinligi; 
5) pul mablag’lariga egalik qilishning legitimligi.
Naqd pul aylanmasini tashkil qilish quyidagi printsiplar asosida amalga oshiriladi: 
1. Naqd pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solishni me’yoriy huquqiy asosl
arining 
mavjudligi. Masalan, Markaziy bankning kassa operatsiyalarini amalga oshirish to’g’risidagi 
yo’riqnomasi muhim meyoriy hujjat bo’lib hisoblanadi. 
2. Barcha korxonalar va tashkilotlar o’zlarining naqd puldagi mablag’larini tijorat banklarida 
saqlashlari shart.
3. Korxonalar va tashkilotlarga kassada kichik miqdorda naqd pul saqlab turishga ruxsat 
etiladi. Buning uchun ularning kassasiga tijorat banklari tomonidan limit belgilanadi. Bu limit 
ko’zda
tutilmagan xarajatlar uchun ajratiladi.
4. Naqd pullardan maqsadli foydalanish printsiplari 
Banklardan korxonalar naqd pullarni pul cheklari orqali oladi. Pul chekida nima 
maqsadda naqd pul olinayotganligi ko’rsatiladi. 
To’lovlar ma’lum ketma
-ketlikda amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda pullik 
to’lo
vlarni amalga oshirishning 2 xil ketma-ketligi mavjud: 
1.
Kalendar ketmaketlik. 
2.
Maqsadli ketmaketlik. 
Kalendar ketma 

ketlikda qaysi qarzdorlik oldin paydo bo’lgan bo’lsa, o’sha to’lanadi. Bu 
ketma-
ketlik taraqqiy etgan mamlakatlarda qo’llaniladi.
Maqsadli ketma-
ketlikda to’lovlar oldindan belgilangan maqsadlarga qarab to’lanadi. 
Bu ketma-
ketlik rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan O’zbekiston Respublikasida 
qo’llaniladi. 
Har qanday pullik to’lovlar pul aylanmasida ishtirok etuvchi subektlarining jori
y hisob 
raqamlaridagi pul mablag’lari hisobiga to’lanadi. Joriy hisob raqamlar AQSh bank amaliyotida 
transaksion depozit hisob raqanlari, Germaniyada jiro hisob raqamlari, Rossiyada “depoziti do 
vostrebovanie” deyiladi. Fransiyada joriy hisob raqami deyiladi, O’zbekistonda talab qilib 
olinadigan depozit hisob raqamlari deyiladi.
Naqd pul aylanmasi muomalaga 2 kanal orqali chiqadi: 
1)
 
Markaziy Bankning zaxira vakillik tizimi orqali (Tijorat banklarining buyurtmalari 
asosida). Tijorat banklarida naqd pulga 
bo’lgan qo’shimcha talab yuzaga kelganda ular bu talabni 
qondirish uchun markaziy bankga naqd pul olish uchun buyurtma beradilar. Markaziy Bank 
buyurtma qilingan naqd pulni emissiya qiladi va uni inkassatsiya xizmati orqali tijorat banklariga 
etkazadi. Emi
ssiya qilingan summaga Markaziy Bank balansining passiv qismidagi “Majburiyatlar 
moddasi” ko’payadi. Tijorat bankining Markaziy Bankning balansida ochilgan “
Vostro
” vakillik 
hisob raqamining qoldig’i ana shu summaga kamayadi.
2)
Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtrishda. Markaziy Banklarning tuman va shahar 
filiallari bo’lmaydi, shu sababli ular davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirish maqsadida 
tijorat banklarining xizmatlaridan foydalanishga majbur bo’ladilar. Moliya vazirligi byudjet 
tashkilotlari xarajatlarini naqd pulsiz shaklda moliyalashtrib beradi. Moliyalashtrilgan summaning 
naqd pul ta’minoti Markaziy bank tomonidan amalga oshirilinadi. Markaziy Bank inkassatsiya 
xizmati orqali naqd pulni tijorat banklariga etkazib beradi. Etkazib berilgan naqd pulning naqd 
pulsiz ekvivalienti tijorat bankining hisob raqamidan echib oladi.
Naqd pul aylanmasining tarkibi quyidagi qismlardan tashkil topadi: 
Naqd pul aylanmasi 

bu pullarning naqd shakldagi harakatlari yig`indisidir. Naqd pul 
aylanmasi tarkibi va qism umumiy nom bilan iyrarxik qism deyiladi. 


194
1. Markaziy bank va tijorat banklar o’rtasidagi naqd pul aylanmsi.
Davlat budjetining kassa ijrosi bilan bog`liq naqd pul aylanmasi Markaziy bankning tuman 
va shahar filiallari bo’lmaganligi sababli u 
davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshirishda 
tijorat banklarinig xizmatlaridan foydalanishga majbur. Moliya vazirligi davlat budjeti xarajatlari 
naqd pullik ta’minotining tijorat bankining NOSTRO hisob raqamiga naqd pulni tashlab beradi. 
Markaziy ba
nk tijorat bankiga budjet xarajatlariga naqd pullik ta’minotiga inkassatsa xizmati 
orqali yetkazib beradi. Yetkazib berilgan naqd pulning naqd pullik ekvivalenti tijorat banklarining 
NOSTRO vakillik hisob raqamidan olib qo’yiladi.
2. Tijorat banklari o’rtasidagi banklar va ularning mijozlari o’rtasidagi naqd pullik 
aylanmasi. B
archa naqd pul ko’rinishidagi pullarini tijorat banklariga topshirishlari shart.Tijorat 
banklari o’z mijozlariga naqd pul puldagi xarajatlarini moliyalashtrish uchun naqd pullar berad

(Ish haqi, mukofot, mehnat ta

tili pullari va boshqalar): 
a) Naqd pulning tijorat banklari uchun daromad keltirmaydigan aktiv hisoblanadi. Shu 
sababli bank kassasidagi ortiqcha pullarni unga muxtojlik sezayotgan banklarga foiz hisobiga 
sotadi; 
b) Banklar 
mijozlarga kassa xizmati ko’rsatadi ya’ni, ularning naqd pullarini qabul qiladi va 
ularga naqd pul beradi; 
3. Korxonalar, tashkilotlar va aholi o’rtasidagi naqd pul aylanmasi.
Bunda korxona tomonidan aholiga ish haqi, stependiya, pensiya, nafaqa, dividentlar, 
sug`urta qoplash summalari kabi to’lovlarni amalga oshiriah bilan bog`liq bo’lgan naqd pul 
aylamasi ko’zga tutiladi.
4. Aholi o’rtasidagi naqd pul aylanmasi.
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi pul aylanmasining tarkibiga bevosita 
ta’sir ko’rsatadi. Masalan, taraqqiy etgan mamlakatlarda iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan 
ta’minlanganlik darajasi yuqori bo’lganligi sababli, tovar pul munosabatlarida to’lovsizlik 
muammosi mavjud emas. 
M2 

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish