Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi


Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

3.Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari. 
To’lov aylanmasining asosiy qismi naqd pulsiz to’lov aylanmasidan tashkil
topadi. Bu 
to’lov aylanmasi naqd pulsiz hisob
-kitoblar asosida amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar 
deganda, korxona va tashkilotlarning 
tovar ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz 
operatsiyalar bo’yicha
bir-
biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni pul mablag’larini naqd pul
ishlatmasdan bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqg
a o’tkazish orqal
i bajarilishi tushuniladi.
Naqd pulsiz pul aylanishi 

banklarda pul mablag’larini to’lovchilar va oluvchilarning 
hisobvaraqlari bo’yicha yozuvlar yordamida yoki o’zaro talablarni hisobga olish yo’li bilan 
amalga oshiriladigan pul aylanishidir. 
Iqtisodiyo
t rivojlanib borgan sari to’lov oborotida naqd pulsiz
to’lov oborotining ulushi ortib 
boradi. 
Chunki iqtisodiy taraqqiyotni 
belgilovchi omillar naqdsiz to’lov oborotining o’sishiga 
ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. 
 
 
 
 
 
7-rasm. 
To’lov oborot
ida pulning harakati
47

Milliy iqtisodiyot pul aylanishining 80-90 foizini naqd pul ishlatmasdan, naqd pulsiz hisob-
kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ichki mahsulotni ishlab 
47
Navro’zova K.,Ortiqov O.
Banklarda hisob va to’lov tizimi. T.2005y
Savdo maishiy 
xizmat tashkiloti 
Hunarmand
dehqon 
Aholi 
Korxona tashkilot 
Bank 


196
chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarini o’zida aks ettirishiga ko’ra ikki kismga 
bo’linadi:
1. 
Tovar operatsiyalari bo’yicha pul aylanishi.
2. 
Moliyaviy majburiyatlar bo’yicha pul aylanishi.
 
Birinchi guruhga tovarlarni sotish, xizmatlar ko’rsatish va kapital qurilish jarayonidagi 
hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi.
Ikkinchi, moliyaviy majburiyatlar, guruhiga esa byudjetga to’lovlar, ya’ni foydadan 
to’lanadigan soliq, qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan 
tashqari fondlar, bank ssudalarini qay
tarilishi, kredit uchun foizlarning to’lanishi, sug’urta 
kompaniyalari bilan hisob-kitoblar kiradi.
Naqdsiz pul aylanmasi quyidagi printsiplar asosida tashkil etiladi:
1.
Naqdsiz pul aylanmasining me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. O’zbekistonda 
naqd
siz pul aylanmasining qonunchilik asoslari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
-
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
-
O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi qonuni 
-
O’zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to’g’risid
agi qonuni
2. Naqd pulsiz hisob kitoblarni asosan banklarda ochilgan hisob raqamlar orqali o’tkazilishi.
Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz 
to’lovlar to’lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag’lari his
obidan amalga oshiriladi. 
Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd 
pulsiz to’lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2
-
bankka o’tayotgan to’lovlar banklarning Nostro 
vakillik raqamlari orqali o’tadi. Banklarni
ng 2 turdagi nostro vakillik hisob raqamlari mavjud:
1.
Vertikal vakillik hisob raqami 
2.
Gorizontal vakillik hisob raqami 
Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob 
raqamiga ega bo’ladi. 
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi. 
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida ochiladi.
O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta nostro vakillik hisob 
raqamga ega. Bu hiso raqam O’zbeki
ston Respublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. 
Aniqrog’i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasidaochilgan. 
3. To’lovchining va to’lovchining bankini likvidli bo’lishi. To’lovchining va to’lovchining 
bankini likvidli bo’lishi deganda ularni o’z majburiyatlarini pul mablag’lari bilan o’z vaqtida va 
to’liq to’lay olish qobiliyatiga aytiladi. Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki ekspertlari 
korxonalarning likvidligini baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlarni taklif qilishgan:
Joriy likvidlik koeffitsienti 

(Jlk) 
JA-joriy aktivlar
JP-joriy passivlar 
Jlk=JA/JP 
Jahon banki ekspertlari tomonidan bu koeffitsientining eng past normativ darajasini 1.25 
qilib belgilangan.
4. Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz 
to’lovlar to’lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
5. To’lovni amalga oshirish uchun to’lovchining roziligi bo’lishi kerak. Ammo 
qonunchilikda ayrim hollarda to’lovchidan so’ramay uning pulidan olib
qo’yishga ruxsat etilgan. 
Misol uchun soliq inspeksiyasi tomonidan qo’yilgan Inkasso topshiriqnomalar, sudlarning qarori 
bilan qo’yilgan ijro varaqalari to’lovni to’lovchining roziligisiz amalga oshiriladi.
6. To’lovlarning muddatliligi.
7. Naqdsiz hisob 
kitoblarni to’g’ri amalga oshirilganligi ustidan o’tkaziladigan nazoratning 
mavjudligi.
8. Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning mulkiy javobgarligining 
mavjudligi. 


197
9. 
To’lovchi va mablag’larni oluvchi o’rtasidagi naqd pulsiz hisob
-kitoblar va pul-hisob-
kitob hujjatlarining aniq shakli mustaqil ravishda shartnoma (bitim)ga muvofiq belgilanadi. 
Bank hisobvarag’i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo’yilgan bo’lmasa, bank pul 
mablag’larini, tegishli to’lov hujjati bankka kelib tus
hgan kunda, agar u bankning operatsiya kuni 
mobaynida tushgan bo’lsa, mijozning hisobvarag’iga kiritib qo’yishi yoki uning hisobvarag’idan 
o’tkazib berishi shart.
To’lov hujjati operatsiya kuni tugaganidan keyin tushgan taqdirda, bank to’lovni keyingi ish 
kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart. 
Hisob-
kitoblar bo’yicha to’lovchi va mablag’larni oluvchi o’rtasidagi o’zaro da’volar 
qonunda belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasi hududida banklararo hisob
-kitoblar tijorat banklarining Markaziy 
bank Hisob-
kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali elektron to’lovlar tizimi 
bo’yicha milliy valyutada amalga oshiriladi. Banklarda hisob
-
kitoblar bo’yicha elektron hujjat 
aylanmasi “Markaziy bankning banklararo to’lov tizimi
orqali elektron to’lovlarni amalga oshirish 
tartibi to’g’risida»gi Nizom ga muvofiq, tashkil qilinadi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bankdagi hisob raqamlar orqali bank ichida, bosh bankda 
ochilgan filiallarning tranzit hisob-
raqamlari hamda banklararo o’r
natilgan vakillik munosabatlari 
asosida amal qiladi.
Banklararo to’lov tizimi orqali naqd pulsiz hisob
-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi 
talablarga rioya etiladi: 
a) O’zbekiston Respublikasi banklari o’rtasida naqd pulsiz hisob
-
kitoblar bo’yicha 
mabl
ag’larni tezkorlik bilan o’tkazishni ta’minlash;
b) uzatilayotgan elektron to’lov hujjatlarini ruxsatsiz kirishdan himoya qilish;
v) elektron to’lovlarni tartibga soluvchi qonunlar va qoidalarga rioya qilish.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida
naqd pulsiz hisob-
kitoblar «O’zbekiston 
Respublikasida naqd pulsiz hisob-
kitoblarni amalga oshirish to’g’risida» 2002 yil 12 yanvar 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida olib boriladi. 
Ushbu Nizom 

Fuqarolik kodeksi
”, «Markaziy bank to’g’risida»gi, «Banklar va bank faoliyati 
to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’g’risida»gi Qonunlari va Markaziy 
bankning O’zbekiston hududida naqd pulsiz hisob
-
kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy 
hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan. 
“O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob
-
kitoblar to’g’risida»gi nizom
O’zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to’g’risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi, "Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
faoliyatining shartnomaviy-
huquqiy bazasi to’g’risida"gi, "Sud hujjatlari va boshqa organlar 
hujjatlarini ijro etish to’g’risida"gi Qonunlariga, O’zbekiston Respublikasining boshqa 
qonunchilik xujjatlariga muvofiq ishlab chiq
ilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi hududida naqd 
pulsiz hisob-
kitoblarni o’tkazish tartibini belgilaydi. Ushbu tartib naqd pulsiz hisob
-kitoblarni 
amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga - 
O’zbekiston Respublikasining rezidentlari va 
norezidentlariga tadbiq qilinadi. 
Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob 

kitoblar hajmini oshirishga qator omillar ta’sir 
qiladi. Xususan: 
1.Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo’lgan ishonchining yuqoriligi
. Agar yuridik 
va jismoniy shaxslar banklarga 
nisbatan ishonchi yuqori darajada bo’lmasa, banklarga naqd 
pullarni topshirishga bo’lgan moyilligi pasayadi, hisob –
kitoblarni naqd pullarda amalga 
oshirishga intiladi. 
2.Iqtisodiyotda monetizatsiya koeffitsienti darajasining tegishli me’yori ta’minlanga

bo’lishi lozim. Iqtisodiyotning etarli darajada pul bilan ta’minlanganlik darajasi monetizatsiya 
koeffitsienti asosida aniqlanadi. Monetizatsiya koeffitsienti mamlakat yalpi ichki mahsulotiga 
nisbatan aniqlanib, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ekspertl
arning fikrlariga ko’ra uning miqdori, 
o’tish iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda 45
-
60 foizdan iborat bo’lishi lozim. Agar 


198
mamlakatda monetizatsiya koeffitsienti ushbu miqdordan past bo’lsa iqtisodiyotda pul taqchilligi, 
tijorat banklarida likvid mabl
ag’lar va resurslarning etishmasligi, kreditlar va omonatlar bo’yicha 
foiz stavkalarining yuqoriligi kuzatiladi. Bularning barchasi naqd pulsiz hisob 

kitoblar hajmiga 
salbiy ta’sir ko’rsatadi;
3.Tijorat banklarining resurslarga bo’lgan ehtiyojining etarl
i ravishda qondirilmasligi. 
Ma’lumki, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan pullar o’zining boshlang’ich 
nuqtasiga qaytib kelmasligi banklarning resurs bazasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning oqibatida 
tijorat banklarining real sektorni kredi
tlash uchun yo’naltirayotgan resurslarning taqchilligi, 
omonatlarga to’lanadigan to’lovlar miqdorining oshib ketishi, bu esa o’z navbatida naqd pulsiz 
hisob 

kitoblar hajmini pasayishiga olib keladi. 

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish