Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi


-MAVZU: PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

 
4-MAVZU: PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI 
 
REJA: 
1. “Pul aylanmasi” tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining tarkibiy 
tuzilishi.
2. Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari.
3. Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari.
4. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari.


187
1. Pul 
aylanmasi tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining tarkibiy tuzilishi. 
Pul aylanmasi-bu pulning naqd va naqdsiz shakildagi uzluksiz harakatlari yig`indisidir. 
Pulning doiraviy aylanishi 

bu pulning bir qo’ldan ikkinchi qo’lga o’tis
hidir. Pulning doiraviy 
aylanishining takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi. Demak, pul aylanmasini pulning aylanishi 
sifatida talqin qilish mumkin. I. Shakerning ta’rif berishicha pul aylanmasi bu pullarning naqd va 
naqd bo’lmagan shakllardagi doiraviy
aylanish jarayoni bo’lib, bunda pullar muomala vositasi va 
to’lov vositasi funktsiyasini bajaradi. Pulning bir qo’ldan ikkinchi qo’lga o’tishini Shaker doiraviy 
aylanish deb atadi. Pullarning bir subektdan ikkinchi subektga otishi, pulning doiraviy aylanishi 
takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi.
Naqd pul va naqd pulsiz shaklida hisob 

kitoblarni amalga oshirish pul aylanmasini tashkil 
etadii. Naqd pul aylanmasi 

bu qog’oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd 
pullar harakati jara
yonida namoyon bo’ladi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va 
yuridik shaxslar o’rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga 
xizmat qiladi. 
Naqd pulsiz aylanmalar 

bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar yordamida 
pullarni hisobdan hisobga ko’chirish orqali amalga oshiriladi. 
Pul doimiy ravishda “harakatda” bo’ladi, bu harakat davomida juda ko’plab tovar va 
xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga 
xizm
at qiladi. Xususan, pul o’z harakati jarayonida bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan 
holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu pulning qiymat o’lchovi, muomala vositasi va 
to’lov vositasi funksiyalari orqali amalga oshiriladi.
Pul vaqtinchalik hisob 

kitoblar va aylanmalarda ishtirok etmagan vaqtda jamg’arma 
vositasi funksiyasini bajarish orqali, o’zining sohibiga qo’shimcha daromad keltirdi va real 
iqtisodiyotda muhim rol o’ynaydi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob 

kitoblar bilan amalga oshirilayotgan 
to’lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning barqarorligi, milliy iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar ta’sir qiladi.
Pulning aylanmasi mohiyatini yanayam chuqurroq aniqlash uchun uning ob’ekti va
sub’ektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylanmasi sub’ektlari sifatida davlat va davlat 
muassasalari, Markaziy bank, kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va 
norezedentlari, korxona va tashkilotlarni keltirish mumkin. Uning ob’ekti 
esa tovar va tovarsiz 
operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisoblanadi. 
Pul aylanishi tushunchasi 

bu ma’lum davr davomida iqtisodiyotda pulning qanchalik 
darajada tez ko’chishib yurishi jarayonini anglatadi

Bu ko’rsatkich nominal YaIM ni pul taklifiga 
(
M
2
) bo’lish orqali topiladi. Shuningdek bu mamlakatdagi umumiy pul massasini aylanish 
darajasini bildiradi ya’ni masalan, 1 dollarni necha marta tovar yoki xizmatlar sotib olish uchun 
ishlatilinish darajasidir.
Pul aylanishi tushunchasini yanada aniqroq tushunishimiz uchun 2 ta A va B shaharchalarni 
olamiz. A shaharcha maydoni kichikroq biroq aholi soni B shaharchanikidan ko’proq. Shunga 
ko’ra, A sharchada bank strukturasi yaxshi rivojlangan, tadbirkor
lik faoliyati ham yuqori darajada 
tashkil qilingan. A shaharchada bank muassasalari soni ko’p bo’lib, pulni istalgan shaklda 
ishlatish bu sharcha aholisi uchun muammo emas. Natijada, bu shaharcha iqtisodiyotida pul 
aylanishi ko’rsatkichi yuqori bo’lib, bu uning iqtisodiyot ko’rsatkichlari yaxshi bo’lishiga ham 
olib kelgan.
Boshqa tomondan esa, B shaharcha maydon jihatdan A shaharchadan katta bo’lsa ham, aholi 
soni bo’yicha undan kichkina. Bank faoliyati yaxshi rivojlanmagan hamda bank tashkilotlari soni 
ye
tarli emas. Tadbirkorlik faoliyati ham o’z
-
o’zidan rivojlanishi past darajada bo’lib, bank orqali 
bo’ladigan hisob
-
kitob operatsiyalari yaxshi rivojlanmagan. Natijada aholi qo’lidagi pul 

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish