23. Mashg’ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foydalanish.
Mashg’ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foydalanishga turli yosh guruhlarida tashkil etilgan kitob burchagida ishlash, bolalar uchun mo’ljallangan badiiy asarlarni sahnalashtirish, ya’ni qo‘g’irchoq teatri, soya teatri ( ko’lanka ) , stol teatri, diafilmlar namoyish etish, radio va teleeshittirishlar tashkil etish kiradi. Tarbiyachi mashg’ulotdan tashqari qulay vaqtda bolalarni kitob burchagidagi kitoblar bilan tanishtiradi, kitobdagi rasmlarni ko‘rsatib, u haqda suhbat o 'tkazadi.
24. Bolalarga asarlarni o’qib berish va hikoya qilish. Bayramlar va badiiy viktorinalar tashkillashtirish.
Bolalarni ifodali she’r yodlatishga o’rgatish . Bolalarni ifodali she‘r yodlatishga o’rgatishda tarbiyachi oldidagi vazifalar. Turli tosh guruhlarida bolalarni ifodali she‘r yodlatishga o’rgatish.Adabiy viktorinalar o’tkazish.
25. Badiiy asrni sahnalashtirish.
Badiiy asarni sahnalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Sahnalashtirish o‘yinlari, bu bolalaming mustaqil ijodiy o‘yin turi boiib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga boiib ijro etiladi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom va o‘z xattiliarakatlarini boshqara olish, boshqalaming harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlarni shakllantiradi. Sahnalashtirish o‘yinlarida bolalar o‘yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador boigan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlami o‘zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalaming nutq faolligi, lug‘at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi. Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi.
26. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda axborot texnologiyalasidan foydalanish.
Bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyati. Bolalar badiiy adabiyoti ularga aqliy, axloqiy va estetik tarbiya berishda, nutqini har taraflama rivojlantirishda va boyitishda kalta ta'sir etuvchi vosita hisoblanadi. Badiiy adabiyot bolalarga jamiyat hayotini va tabiatni, kishilik dunyosining ichki his-tuyg’ularïni va o‘zaro munosabatlarni poetik obrazlarda ochib beradi, tushuntiradi. U bolaning his-tuyg‘ularini rivojlantiradi, xayolini tarbiyalaydi va o’zbek adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishtiradi. Bu nam unalar o ‘zining ta’siri jihatidan xilma-xildir: hikoya orqali bolalar so'zlarning aniqligini, ma'nodorligini anglab oladilar; she'rlardan esa ularning musiqaviyligini, kuylanuvchanligini, ohangdorligini bilib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |