Qirol Lyudovik X ning 1315 yil 3 iyul servlarni ozod qilish haqidagi qonuni
(ordonans)19
Tabiiy huquqlarga binoan har bir kishi erkin bo’lib tug’ilishi lozim, lekin ba’zi odatlarga ko’ra, juda qadimdan boshlab, bizning qirollik davrimizda ham ko’pchilik oddiy xalqlarimiz avlodlarining tasodifiy xato, gunohlari uchun servlik va boshqa qaramlik holatiga tushib qolganlar. Bizga bu butunlay yoqmaydi. Bizning qirollik davlatimiz franklar qirolligi deb ataladi, bizning ahvolimiz esa shu nomga20 mos kelishi lozim. Bizning katta kengashimizning mu-
hokamasi bilan hukmronligimizning boshlanishidan boshlaboq xalqlarimiz ahvolining tuzatilishi lozimligi haqida buyruq berildiki, bizning qirolligimizning hamma tomonida erksiz servlar erkin kishilarga, erkin bo’lmagan erlar erkin erlarga aylantiriladi. Erkinlik yaxish va durust shartlar asosida beriladi. Bizning oddiy xalqimiz buning uchun soliq yig’uvchi- lar va boshqa xizmatchilardan hech qanday zarar va ozor chekmasinlar... hozirgi kungacha davom etib kelgan bunday ahvol bizga sira yoqmaydi. Shaxsiy qaram kishilarga ega bo’lgan boshqa senorlar ham, bizdan namuna olib, ularni ozodlikka chiqazsinlar. Biz sizning sodiqligingizga va sinalgan aqlingizga ishonib ushbu yorliqni topshiramiz va buyuramizki, Sizlar Sanliss balyaji21 va uning mahkamalariga yuqorida aytilgan erkinlikni sizdan talab qiluvchi barcha joylarga,
19 Хрестоматия по истории средних веков. Под ред. Н. П. Грацианского и С. Д. Сказкина. II том., Учпедгиз, 1950, 45—46-бетлар.
20 Франк — эски француз тилида «эркин» демакдир.
21 Баляж — бальилар ихтиёридаги округлар.
shaharlarga va ayrim shaxslar oldiga darhol jo’nab kstinglar. Ular bilan biz etarli darajada foyda oladigan haq to’lash evaziga erishiladigan ozodlik haqida kelishib bir qarorga kelinglar. Yuqorida aytilgan mulklardan (servaj) bizga va bizning merosxo’rlarimizga foyda tegsin. Buping evaziga biz va bizning merosxo’rlarimiz ularga yuqorida aytilgan va biz siz- larga e’lon qilishni topshirgan to’liq ozodlikni beramiz. Biz o’z nomimizdai va merosxo’rlarimiz nomidan chii vijdon bilan va’da berib aytamizki. sizlarning ushbu ish yuzasidan qilgan haq to’lab ozodlikka chiqish haqidagi shartnomalaringizni shaharlarga, jamoalarga, qishloqlarga va ayrim shaxslarga ozodlik hadya qilish haqidagi qarorlaringizni siz bizning e’tiborimizga havola qilishingiz bilanoq, o’z yorligimiz bilan tasdiqlaymiz va ma’qullaymiz.
Parijda 1315 yilda, iyulning uchinchi kunida berilgan.
Jakeriya. Jana De Venett «Xronika»sidan22
1358 yilda uncha mustahkam bo’lmagan qishloqlar o’zlarini dushman hujumidan himoya qilish uchun cherkovlarni haqiqiy qasrlarga aylantirdilar. Atrofini
handaq bilai o’rab, qo’ng’iroq minoralariga harbiy ma- shinalar, tosh va o’qlar o’rnatdilar. Kechalari bu minoralarniig eng yuqorisida qo’riqchilar turadi. Dushmanning yaqinlashayotganipi xabar qilish uchun u erda bolalar turib ular uzoqdan dushmanning kelayotganini sezishlari bilanok karnay chalib va bong urib xabar berishadi. Bu signalni eshitgan dehqonlar o’z uylari va erlarini tashlab, mumkin qadar tezlik bilan cherkovda o’zlariga yashirinish joyi izlashadi. Luara qirg’og’ida boshqa aholi kechalarni o’z oila a’zolari va mollari bilan birgalikda o’z erto’lalaridan ancha uzoqda
— daryodagi orollarda yoki suvda oqim o’rtasiga mustahkamlanib qo’yilgan qayiqlarda o’tkazishadi.
Bu (1358) yili toklar — odamlarning ichimlik manbalari parvarish qilinmadi, dalalar chopilmadi va urug’lik sepilmadi, buqa va qo’ylar yaylovlarda yuritilmadi;
22 Хрестоматия по истории средних веков. Н. П. Грацианский ва С Д Сказкин
таҳрири остида, II жилд, Учпедгиз, М., 1950 г. 49-55-бетлар.
cherkov va uylar... hammani yamlab ketayotgandek emirilgan, o’t tushib tutun chiqib yotardi. Ilgari ko’m-ko’k yaylov va ekinzorlar o’rnida qarab, ta- nib bo’lmaslik darajada yovvoyi o’tlar o’sib. yoki tap-taqir er ko’ripib yotardi. Bonglar xursandchilik bilan sodiq dehqonlarni diniy e’tiqodga chaqirish uchun emas, balki dushmanning yaqinlashib kelayotganligi haqida xabar qilib, dehqonlarning qochishi uchun signal berardi. Men yana nima deyishim mumkii? Hamma joyda juda og’ir, mushkul ahvol hukm surardi. Ayniqsa, dehqonlar orasida, ahvol haddan tashqari yomon edi, chunki senorlar ularning mol-mulklariii olib, hayotlarini g’am-g’ussa bilan to’ldirgan edilar. Endilikda dehqonlar qo’lida qolgan mayda va yirik qora mollar juda oz bo’lsa-da, senorlar hamop har bir bosh mol uchun: buqaga 10 solid, qo’yga 4 yoki 5 solid soliq talab qilardilar. Yuqoridagi voqealarga qaramay, ular o’zlarining vassallarini dushman hujumidan himoya qilish uchun tashvishlanmasdilar.
Xuddi shunday paytda, boshqa shaharlar bilan birga Parij shahri ham xalqni dushman hujumidan saqlash o’rniga ularni yana ham siqib bordi. Kutilmaganda unga yaqin joyda bir voqea sodir bo’ldi. 1358 yil yozida Sen-Lu de Sheren, Klermon chekkasidagi Bova diotsezida23 yashovchi dehqonlar hamma tomondan qash-
shoqlik va zulmning kuchayishini ko’rib, qo’llariga qurol olib Fransiya zodagonlariga qarshi ko’tarildilar. Chunki mahalliy dvoryaplar ularpi mudofaa qilish orniga aksincha dushman singari azoblardilar. Qo’zg’olonchplar o’z oralaridan notiqligi va aqlliligi bilan ajralib turgan Melo qishlog’idan chiqqan Gilom Kal ismli dehqonni boshliq qilib belgiladilar. Shunday qilib, qurollangan va bayroqlar ko’tarib olgan deh- qonlar barcha okruglarga tarqalib, yo’llarida uchragan erkak zodagonlarni, hatto shaxsiy senorlariii shafqatsiz ravishda o’ldirdilar, yo’q qildilar. Qo’zg’olonchilar bu bilan qanoat qilmay, zodagoplarning uy va qasrlarini er bilan yakson qilib, tekislab tashladilar. Ularning xotinlarini, yosh bolalarini azob berib o’ldirdilar...
Dvoryanlar ancha vaqtgacha o’zlarini o’nglay olmadilar. Dehqonlarning harakatlari uzoqqa bormay tugadi va barcha harakatlari boshqacha tus oldi. Agar
23 Диоцез — епархия черков округи.
dastlab ular senorlarning zulm va siqpg’iga qarshi aql bilan, haqqoniyat uchun kurash qilgan bo’lsalar, lekin keyinchalik ularning ishi dahshatli mudhish tus oldi... Dvoryanlar ularning hammasini kuzatib bordi, aql bilan ularga qarshi sekin-asta kuch to’pladi. Tezlikda Navarra qiroli ularping ba’zi qo’shin boshliqlarini aldab qo’lga tushirdi va o’ldirdi.
«Katta Frantsuz xronikasi»24 dan
Do'stlaringiz bilan baham: |