Mavzuning dolzarbligi. Barcha davrlarda din va madaniyat masalalari jamiyatning eng muhim sohalaridan bo`lib kelgan. XVIII asr fransuz inqilobi davrida ham, oradan 200 yildan ziyodroq vaqt o`tganligiga qaramay bugungi kunda ham u dolzarbligini yo`qotmagan. Chunki din doimo jamiyatda kuchli ta’sirga ega. Islohotlar amalga oshirilayotgan, yangilanishga yuz tutgan ko`pchilik jahon davlatlarida ayni vaqtda din masalasini inobatga olishi lozimligini ushbu inqilob ko`rsatib berdi. Buning uchun esa inqilob davrida dinga munosabatdan tegishli xulosa chiqarib olishi mumkin. Isloh qilinayotgan jamiyatlarda diniy tashkilotlarning ham o`rni borligini siyosatchilar doimo inobatga oladilar. O`rganilayotgan davrda yangi “Oliy mavjudot” dinining joriy qilinishi o`zini oqlamaganligi, bugungi kunda turli diniy sektalar vujudga kelishiga qiyos qilib bu yaxshi oqibatga olib kelmasligini tushunish lozim.
Madaniyat jamiyatning ko`zgusi hisoblanadi. U barcha davrlarda kuchli ta’sir vositasi bo`lib kelgan. Ammo uning ustidan siyosat yuritishda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Inqilob yangi jamiyatni barpo qilishda undan keng foydalandi. Bugun ham islohotlar amalga oshirilishida undan ko`mak olishi, hamda inqilob tajribalaridan foydalanishni taqozo etadi.
Mavzuning maqsad va vazifalari. Mavzuni o`rganishdan maqsad XVIII asr fransuz inqilobida din va madaniyat masalalarining kam o`rganilgan tomonlarini, hamda unga bildirilgan `siyosiy munosabatni yoritib berishdan iboratdir. Uni bugungi kunda jamiyatning turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan taqqoslab, ularning o`xshash tomonlarini, vorisiylik an’analarini ko`zdan kechirib chiqish va imkon darajasida yoritib berishni ko`zlaydi.
Uning vazifasi ko`zlagan maqsaddan kelib chiqqan holda bugungi kun diniy va madaniy sohalardagi o`zgarishlarning amalga oshishi, bu boradagi siyosatning to`g`ri amalga oshirilishini kuzatishdir.
Mavzuning tarkibiy qismi. Ushbu disertatsiya tarkibiy jihatdan kirish, ikki bob va xulosa qismlaridan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o`rganilish darajasi va bugungi kunda dunyo tarixidagi ahamiyati xususida to`xtaladi.
“Fransuz inqilobchilari siyosatida madaniyat masalalari”-deya nomlangan birinchi bob uch qismga ajratilib tahlil qilingan. Birinchi qismda Xalq ta’limining isloh qilinishi, uning cherkovdan ajratilib dunyoviy bilim maskaniga aylantirilishi hamda, unga doir masalalarning Milliy Konventda ko`rib chiqilishi yoritilgan. Ikkinchi qism inqilob davrida akademiya faoliyati bilan bevosita bog`liq. Unda akademiyaning inqilob amalga oshishida tutgan roli, ichki o`zaro kurashlar, bu davrdagi ilmiy yutuqlari va olimlar faoliyati, Konvent tomonidan nizomlarning o`zgartrilishi tahlil qilingan. Uchinchi qismda bayramlar, nashriyotlar va yodgorliklar borasidagi siyosat o`z aksini topgan.
Ikkinchi bob “Diniy masalalar siyosatchilar muhokamasida”-deb nomlanib u ham uch qismda yoritilgan. Birinchi qism cherkovning hokimiyatda ta’sirini kamaytirish, u bilan bog`liq turli munosabatlarning Konvent va departamentlardagi muhokamasi xususida. Ikkinchi qism bevosita Konvent tomonidan qabul qilingan cherkov va uning mulkiga doir hujjatlarning tahliliga bag`ishlangan. Uchinchi qism isloh qilingan cherkovda ruhoniylarning vazifasi, huquq va burchlari haqida.
Bundan keyin yuqorida keltirilgan bob va qismlarni umumiylashtirib xulosa yasalgan. Eng so`nggida foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ham keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |