Mavzuning tarixshunosligi. XVIII asr fransuz inqilobi nihoyatda katta voqeya bo`lganligi uchun uning xususiyatlari, sabablari, natijalari haqida juda ko`plab tarixchilar shug`ullandilar. Inqilobning umumiy xarakteri yoki undagi yirik namoyondalar faoliyati haqida alohida maxsus kitoblar chop etilgan.
Ikkkinchi jahon urushidan so`ng dunyo ikki qarama – qarshi tomonga bo`linib ketganidan so`ng inqilob xarakteriga bir-biriga zid nashrlar e’lon qilina boshlandi. G`arbiy Yevropa va Amerika tarixchilari unga o`z qarashlari bilan baho bersa, sotsialistik davlatlar uning sinfiyligini ochib berishga urindilar.
Inqilobning din va madaniyat masalalaridagi tarixini o`rganishda A.Olarning 1918-yilda rus tiliga tarjima qilingan “Политическая история французкой
революции”3 asari umumiy voqealarni qamrab olsada unda din va madaniyat masalalariga ham alohida boblar ajratilgan va mavzuni hujjatlarga tayanib yoritib bergan. Bu sohada rus tarixchilarining faoliyati ham ancha samarali. N.Konchevskiy fransuz tilidagi bir nechta inqilobga doir kitoblarni qo`shimcha mulohazalar bilan rus tiliga tarjima qildi. M.Ya.Domnich bu davrning diniy masalalari bilan shug`ullandi va 1960-yilda bu haqda kitobini nashr qildirdi.4 Unda diniy masalalar to`liq yoritib berildi. XX asrning 80-90 yillarida ayniqsa unumli faoliyat olib borildi. Din va madaniyatga doir bir necha hujjatlar bevosita rus tiliga tarjima qilinib to`plam shaklida nashr qilindi, xususan A.V.Ado muharrirligida turli hujjatlar 1990-yili ikki tomlik kitob qilib nashr etildi. Shunday hujjatlar Ye.Ye. Yurovskaya rahbarligida va shu yili V.G.Sirotkin muharrirligida yana hujjatlar to`plami chop etildi.5 Bundan tashqari biz Ya.M.Zaxer, V.M.Dalin, N.M.Lukin, A.F.Yefimov, V.A.Orlovlarning faoliyatini ham ta’kidlab o`tishimiz lozim.
Ilmiy – amaliy ahamiyati. Inqilobdan meros qolgan ta’lim tizimi, teatr, muzey, nashriyot, bayramlar, diniy udumlarning bugungi kunga qadar davom etayotgan an’analari, ularning jamiyat hayotidagi o`rni, taraqqiyot va farovonlik uchun qilayotgan xizmatlarining ahamiyati kattadir. Uni rivojlantirish, saqlab qolish va ommaga yetkazish uning ilmiy – amaliy ahamiyati hisoblanadi.
3 Олар А., Таржимон: Н.Кончевский. «Политическая история французкой революции» Пг., 1918. с. 3.
4 M.Я.Домнич. «Великая французкая буржуазная революция и католическая церков», Aкадемия наук, М., 1960. с 5 Е.Е.Юровская Сборник документов по истории нового времени стран Европы и Америки (1640-1870) M., Высшая школа 1990. С. 4.
Do'stlaringiz bilan baham: |