126
dastavval sezilarli tarzda elektrolit muvozanatining buzilishlari xos. Aldosteron
buyrak kanalchalariga ta’sir etib, kaliy va suv reabsorbtsiyasi kamayishiga,
natriy reabsorbtsiyasi ko’payishiga olib keladi. Kaliyning siydik orqali jadal
suratda
chiqarilishi, gipokaliemiya rivojlanishiga (3,0 mmol/l dan kam) olib
keladi. Hujayradagi kaliy ionlari natriy va vodorod ionlari bilan almashinadi.
Natriyurez pasayishi ho’jayra ichi va hujayra tashqarisidagi bo’shliqda natriy
ionlari oshishiga olib keladi. Natriy gidrofil ion bo’lgani uchun suvni tutib turadi
va o’ziga tortib oladi. Natijada to’qimalar shishishi, ayniqsa qon tomir devori
shishi rivojlanadi, uning ichki bo’shlig’i arteriolalar darajasida kichrayadi. Qon
tomir tonusi, periferik qon tomir qarshiligi ortadi
va arterial gipertenziya
rivojlanadi.
Kasallik aksariyat navqiron yoshdagi ayollarda uchraydi. Aldosteroma
simptomlarini 3 guruhga bo’lish mumkin:
1)
gipokaliemiya xisobiga rivojlangan neyro-mushak simptomlar;
2)
aldosteronni bevosita buyrakka ta’siri natijasida vujudga kelgan
simptomlar;
3)
arterial qon bosimining oshishi bilan bog’liq bo’lgan simptomlar.
Neyro-mushak
simptomlari
gipokalemiya
va
nerv-mushak
o’tkazuchanligini buzulishi hisobiga kelib chiqadi. Bemorlar mushak
bo’shashidan noliydilar, uning darajasi turlicha bo’lib,
tez-tez charchashlar,
oyoq mushaklarini egallaydigan bo’sh falajliklargacha olib keladi. Paresteziya
va talsavalar (mushak tortishishi) ko’plab qayd etiladi.
Buyrak simptomlari orasida ko’proq poliuriya, nikturiya, gipostenuriya
kuzatiladi. Siydik orqali ko’p miqdorda suyuqlik yo’qotilishi sababli, polidipsiya
(tashnalik) yuzaga keladi.
Arterial gipertenziya –
aldosteromaning asosiy, ba’zan esa yagona
simptomidir. Gipertenziya, odatda barqaror kechadi. AQB oshish darajasi
o’rtachadan (160/100 mm Hg) to yaqqol 220-250/120-140
mm Hg gacha
o’zgarib turadi. Ko’pchilik bemorlar yuqori arterial bosim bilan bog’liq kuchli
bosh og’rig’iga shikoyat qiladilar.
127
Arterial gipertenziya yurak chap qorinchasining yaqqol gipertrofiyasiga
olib keladi, gipokaliemiya belgilari paydo bo’ladi. Ko’z tubi tomirlari zararlanib,
ko’pincha ko’rish faoliyati buziladi.
Konn sindromi diagnostikasi kasalliklarning klinik ko’rinishlarini va
laboratoriya tekshiruvlari ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan.
Radioimmun tahlil plazmada, bazal sharoitlarda aldosteron kontsentratsiyasini
oshishini va 4 soatlik yurish sinamasidan so’ng
uning parodoksal pasayishi,
plazma renini aktivligining kamayishini aniqlaydi. Biokimyoviy
tekshirilishlarda gipokaliemiya, gipernatriemiya topiladi. Siydik ishqoriy
reaktsiyasi muhim diagnostik qimmatga ega bo’lishi mumkin.
Asbob-uskuna
yordamida tekshiruv usullari orasida UTT va KT ning ahamiyati katta.
Aldosteromalar kichik o’lchamlarda (1,5-2 sm) bo’lganligi sababli ularni
UTT yordamida taxminan 60% bemorlarda topish mumkin. Diagnostikaning
eng aniq usuli kompyuter tomografiyasi hisoblanadi. KT da zichliga past
bo’lgan (10-14 N
+
birligi) tuzilmalar aniqlanadi (33-rasm).
33-rasm. Chap buyrak usti bezi aldesteromasi (kompyuter tomogramma).
Davolash: bemorlarga adrenalektomiya operatsiyasi bajariladi.