Xirurgik kasalliklar


O’T PUFAGI VA O’T YO’LLARI KASALLIKLARI



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
O’T PUFAGI VA O’T YO’LLARI KASALLIKLARI 
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar 
O’ng va chap tomondagi jigar o’t yo’llari jigarning shu nomidagi 
bo’laklaridan chiqib, umumiy jigar yo’lini hosil qiladi. Jigar yo’lining eni 0,4 
dan 1 sm gacha o’zgarib turadi va o’rta hisobda 0,5 sm ni tashkil qiladi. O’t 
yo’lining uzunligi taxminan 2,5-3,5 sm. Umumiy jigar yo’li o’t pufagi yo’li 
bilan qo’shilib, umumiy o’t yo’lini hosil qiladi. Umumiy o’t yo’lida to’rtta 
bo’lim farq qilinadi: o’n ikki barmoqli ichak ustida joylashgan supraduodenal, 
o’n ikki barmoqli ichak yuqori gorizontal qismi orqasidan o’tadigan 
retroduodenal, retropankreatik (me’da osti bezi boshchasi orqasidagi) va o’n ikki 
barmoqli ichakning vertikal qismi devoridagi intramural bo’limlar. 
Umumiy o’t yo’lining distal bo’limi o’n ikki barmoqli ichak shillik pardasi 
ostidagi qavatda joylashgan katta duodenal so’rg’ich (Fater so’rg’ichi) hosil 
qiladi. Katta duodenal so’rg’ich uzunasiga ketgan, doirasimon va qiyshik 
tolalardan iborat avtonom mushak sistemasiga - Oddi sfinkteriga ega, bu sfinkter 
o’n ikki barmoqli ichakka bog’liq emas. Pankreatik yo’l katta duodenal 
so’rg’ichga yaqinlashib, umumiy o’t yo’lining terminal bo’limi bilan birga 
duodenal so’rg’ich ampulasini hosil qiladi. Katta duodenal so’rg’ichda 
operatsiya bajarishda o’t yo’li bilan pankreatik yo’llarning o’zaro 
munosabatlariga doir turli variantlar hisobga olinishi lozim. O’t pufagi jigarning 
pastki yuzasida unchalik katta bo’lmagan chuqurchada joylashgan. O’t 
pufagining sig’imi tahminan 50-70 ml ni tashkil qiladi. O’t pufagining shakli va 
o’lchamlari uning yallig’lanishi va chandiqli jarayonlarida o’zgarishlarga 


462 
uchrashi mumkin. O’t pufagining tubi, tanasi, bo’yni farq qilinib, bo’yni pufak 
yo’liga o’tadi. Aksariyat o’t pufagi bo’ynida qo’ltiqsimon bo’rtma – Gartman 
cho’ntagi hosil bo’ladi (100-rasm). 
100-rasm. O’t yo’llarining sxematik tasviri. 
Pufak yo’li ko’pincha xoledox o’ng yarim doirasiga o’tkir burchak ostida 
tushadi. O’t pufagi devori uchta parda: shiliq, mushak va fibroz pardalaridan 
iborat. Pufak shilliq pardasi ko’p sonli burmalar hosil qiladi. Pufak bo’yni 
sohasida va uning yo’lining boshlang’ich qismida Geyster klapanlari mavjud
pufak yo’lining bir-muncha distal bo’limlarida silliq mushak tolalari dastalari 
bilan birga Lyutkins sfinkterini hosil qiladi. Shilliq parda mushak dastalari 
orasida joylashgan ko’p sonli burmalar – Rokitanskiy-Ashoff sinuslarini hosil 
qiladi. 
O’t pufagi o’t pufagi bo’yni tomonidan xususiy jigar arteriyasining bitta 
yoki ikkita shohi, yoki uning o’ng tarmog’idan keladigan pufak arteriyasi orqali 
qon bilan ta’minlanadi. Limfatik tugunlarga limfa oqib ketishi jigar 
darvozasidan va jigarning o’zidagi limfatik sistemadan sodir bo’ladi. O’t pufagi 
innervatsiyasi qorin chigali tarmoqlari, chap adashgan nerv va o’ng diafragmal 


463 
nervdan tashkil topgan jigar tarmog’idan amalga oshiriladi. Jigarda ishlanadigan 
va jigardan tashqaridagi o’t yo’llariga tushadigan o’t suyuqligi (safro) suv 
(97%), o’t tuzlari (1-2%
)
, pigmentlar, xolesterin va o’t kislotalaridan (taxminan 
1%) iborat. Jigarning o’t ajratish o’rtacha debiti minutiga 40 ml. O’t pufagida 
suv va elektrolitlar so’rilishi hisobiga o’t suyuqligi kontsentratsiyasi ro’y beradi. 
Bunda o’tning asosiy komponentlari kontsentratsiyasi ularning jigar o’tidagi 
dastlabki miqdoridan 5-10 marta oshgan bo’ladi. Ovqat, nordon me’da shirasi, 
yog’lar va qondagi intestinal gormonlar – xoletsistokinin, sekretin o’t pufagining 
qisqarishini va ayni vaqtda Oddi sfinkterining bo’shashishini vujudga keltiradi. 
Ovqat o’n ikki barmoqli ichakda ishqoriy muhitga ega bo’lib qolgandan 
keyin qonga gormonlar ajralishi to’xtaydi, Oddi sfinkteri qisqarib, o’tning 
ichakka tushib turishiga to’sqinlik qiladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish