Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
O’tkir xoletsistit
O’t pufagining o’tkir yallig’lanishi kalkulyoz xoletsistitning eng ko’p 
uchraydigan asoratlaridan biridir. O’t pufagi devorida o’tkir yallig’lanish 
jarayoni paydo bo’lishining asosiy sabablari: pufak bo’shlig’ida mikroflora 
bo’lishi va o’t suyuqligi oqib ketishining buzilishi hisoblanadi. O’tkir 
xoletsistitning klinik turlari: kataral, flegmonoz va gangrenoz (o’t pufagi 
teshilgan va teshilmagan). 
Tana harorati subfebril raqamlargacha ko’tariladi. Minutiga 100 
martagacha taxikardiya, qorin nafas olish aktida qatnashadi, qorin devori o’ng 
yarmining nafas olish aktida bir oz orqada qolishi qayd qilinadi, qorinni 
paypaslab ko’rilganda o’ng qovurg’alar ostida, ayniqsa o’t pufagi proektsiyasi 
sohasida keskin og’riq paydo bo’ladi, qorin devori mushaklari taranglashgan 
yoki bu unchalik yuzaga chiqmagan, Ortner-Grekov, Myussi-Georgievskiy 
simptomlari musbat. Ba’zan kattalashgan, o’rta darajada og’rib turadigan o’t 
pufagini paypaslab ko’rsa bo’ladi. Tahlillarda leykotsitoz o’rtacha: 10000-
12000. 


467 
Flegmonoz xoletsistitning klinik simptomatikasi birmuncha ifodalangan 
bo’ladi. Og’riq kasallikning kataral formasiga qaraganda kuchliroq. Og’riq nafas 
olishda, yo’talishda, gavda vaziyatini o’zgartirishda kuchayadi. Ko’pincha 
ko’ngil ayniydi, bemor ko’p marta qayt qiladi, umumiy ahvoli yomonlashadi, 
tana harorati subfebrilgacha etadi, taxikardiya minutiga 100-120 gacha oshadi. 
Ichaklar parezi hisobiga qorin birmuncha kepchigan, ichak shovqinlari 
sustlashgan. Paypaslab ko’rilganda qorinning o’ng qovurg’alar ostida keskin 
og’riq paydo bo’ladi, infiltrat yoki kattalashgan va og’riydigan o’t pufagini 
aniqlash mumkin. O’ng yuqori kvadratida Shyotkin-Blyumberg simptomi 
musbat. Ortner-Grekov, Myussi-Georgievskiy simptomlari musbat. Tahlillarda 
leykotsitoz 20000-22000 gacha, leykotsitar formulasi chapga surilgan. 
Morfologik tekshirganda pufak o’lchami kattalashgan, uning devori 
qalinlashgan, to’q, qizil-ko’kimtir rangda, uni qoplab turgan qorin pardasi fibrin 
bilan qoplangan, bo’shlig’ida yiringli eksudat bo’ladi. 
Gangrenoz xoletsistit klinik jihatdan jadal kechadi, odatda flegmonoz 
bosqichdagi yallig’lanishning davomi hisoblanadi, bunda organizmning himoya 
kuchlari virulent mikrob florasi bilan kurasha olmaydi. Intoksikatsiya 
simptomlari bilan mahalliy yoki tarqalgan yiringli peritonit birinchi o’rinni 
egallaydi. Yalig’lanishning gangrenali formasi to’qimalarning regenerativ 
xususiyatlari pasayib ketgan, organizmning reaktivligi pasaygan yoshi katta va 
keksa yoshdagi odamlarda ko’proq kuzatiladi. Pufak yorilganda tarqalgan 
peritonit simptomlari tez rivojlanadi. Bemorlarning ahvoli og’ir bo’ladi, ular 
bo’shashgan, kam harakat, tili quruq, qorni ichak parezi hisobiga kepchigan
uning o’ng bo’limlari nafas aktida qatnashmaydi, ichak peristaltikasi keskin 
pasayib ketgan, qorin old devori ushlab ko’rilganda taranglashadi, qorin 
pardasining qo’zg’alish simptomlari bor. Laboratoriya taxlillarida: yuqori 
leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga keskin siljigani, EChT oshishi, qon 
elektrolit tarkibi va kislota-ishkor xolatining buzilishi, proteinuriya, tsilindruriya 
aniqlanadi. 


468 
Agar o’tdagi mikrob florasining virulentligi kam bo’lsa va o’t pufagi 
bo’yni yoki pufak yo’li okklyuziyasi saqlanib qolgan bo’lsa, o’t pufagi istisqosi 
o’tkir xoletsistit xuruji tugagandan keyin rivojlanadi. 
O’t pufagida o’t tarkibiy qismlarining so’rilishi sodir bo’ladi, bakteriyalar 
xalok bo’ladi, o’t pufagi ichidagi suyuqlik rangsiz, shilimshik bo’lib qoladi. 
Bemorlarni fizikal tekshirganda o’t pufagining kattalashgan, cho’zilib 
ketgan, og’rimaydigan tubini paypaslab ko’rish mumkin. O’t pufagi empiemasi 
rivojlanishi mumkin. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish