Xirurgik kasalliklar


Jigarning anatomik nuqsonlari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Jigarning anatomik nuqsonlari 
Jigarning anatomik nuqsonlari jigarning joylanishi (situs viscerus inversus) 
va uning tuzilish xususiyatlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Jigarning bir qator 
hayvonlarga xos bo’lgan bo’laksimon tuzilishi, insonda ham atavizm 
ko’rinishida uchrashi mumkin. Kamdan-kam hollarda qo’shimcha bo’lakchalar 
tutqichga (mezenteriy) ega va buralib qolishi mumkin, bu jarrohlik 
operatsiyasini o’tkazilishini talab qiladi. 
Jigar tomirlarining tug’ma patologiyasi jigar bo’lagining atrofiyasiga olib 
kelishi mumkin, fibroz rivojlangan sayin jigarning o’lchamlari keskin 
kichrayadi. Jigar o’ng bo’lagining ageneziyasi birmuncha kam uchraydi, u 
jigardan tashqari portal gipertenziya holatiga olib kelishi mumkin. 
Ridel bo’lagi borligi jigardan anatomik tuzilishining boshqacha turi 
hisoblanadi, bunda jigarning o’ng bo’lagi til ko’rinishida o’sib chiqqan bo’lib, 
pastga o’ng yonbosh sohasi sathigacha osilib tushib, katta hajmli tuzilmaga 
o’xshab ko’rinadi. 
Ko’pchilik hollarda jigar nuqsonlari klinik jihatdan yuzaga chiqmaydi, 
davolashni talab qilmaydi va boshqa patologiyani aniqlash uchun bemorni 
tekshirilayotganda tasodifiy topilma bo’lishi mumkin. 


444 
Jigarning jarohatlanishlari 
Jigar jarohatlanishlari odatda yo’l-transport hodisalari oqibatida, 
balandliklardan yiqilish, o’tkir predmet yoki o’q otar qurol, turli-tuman qattiq 
buyumlar ta’siridan kelib chiqib, teshib kirgan yaralanishlarga bog’liq bo’lishi 
mumkin. Ular yatrogen tabiatga ega bo’lishi mumkin. Jigar jarohatlari aksariyat 
hollarda ko’krak, qorin bo’shlig’idagi boshqa a’zolarning, shuningdek bosh va 
sklet suyaklarining jarohatlanishi bilan birga o’tadi. 
Jigar jarohatlari ochiq yoki yopiq turlarga bo’linadi. Jigar jarohatlarining 
tabiatiga va darajasiga ko’ra ularning klinik belgilari juda kam yoki shok, ichga 
qon ketishi, peritonit belgilari ko’rinishida yaqqol namoyon bo’lishi mumkin. 
Qorinning oldingi devorida qontalash sohalarning borligi, jarohat kanalining 
joylashuvi va yo’nalishi operatsiyaga qadar jigarning jarohatlanganligiga shubha 
uyg’otishi mumkin. Tashxis qo’yishda laparoskopiya, qorin bo’shlig’i 
suyuqligini diagnostik aspiratsiya qilish, ultratovush yordamida tekshirish, 
kompyuter tomografiyasi katta yordam berishi mumkin. Bunda qorin 
bo’shlig’ida qon yoki o’t suyuqligining borligi, jigar yorilganligi yoki uning 
kapsulasi ostida suyuqlik yig’ilganligini aniqlash mumkin. Ayrim hollarda jigar 
parenximasida gaz to’planganligi aniqlanadi. KT da pasaygan singish 
koeffitsenti sohasi fonidagi gaz, gematomaning yiringlagani haqida axborat 
beradi. Qorinning yopiq jarohatida diagnozni aniqlash uchun, ba’zan 
laparotomiya o’tkazish zarurati tug’iladi. 
2-jadval 
Jigar jarohatlanishining og’irlik darajasi 
(Amerika xirurglari assotsiyasining tasnifi bo’yicha) 
Og’irlik 
darajasi 
Jarohatlanish tabiati 

Yuzasi 10% dan kichik kapsula osti gematomasi, ortib bormaydi, 
parenxima yirtilishi chuqurligi 1 sm dan oshmagan, qonamaydi.
II 
Yuzasi 10-50% kapsula osti gematomasi, ortib bormaydi. Yirtilish 


445 
maydoni 10 sm kam va chuqurligi 1-3 sm, qon oqishi davom qiladi. 
III 
50% dan ortiq kapsula osti gematomasi yoki ortib boradigan, 
gematoma yirtilib qon oqadi, markaziy gematoma chukurligi 2 sm 
dan ko’p. Parenxima ichkariga 3 sm dan ko’p yirtilgan. 
IV 
Markaziy gematoma yirtilib qon oqadi. Jigarning 25-50% 
parenximasi emirilgan. 

Jigar parenximasining 50% kupi emirilgan. Pastki kovak yirik 
jigar venalari jarohatlangan. 
VI 
Jigar uzilib tushgan. 
Jigar jarohatlarini davolash ko’pchilik hollarda xirurgik usulda, 
jarohatlanish tabiati va og’irligi bilan belgilanadi. Jigardagi kichikroq 
gematomalar qunt bilan kuzatib borilib, gemodinamika ko’rsatkichlari barqaror 
bo’lganda, konservativ usulda davolash olib boriladi. Qorin bo’shlig’ida 
patologik suyuqlik bo’lganda, shuningdek sanchilgan, kesilgan jarohat 
bo’lganida yoki o’q otar qurollardan jarohatlanishda laparotomiya va qorin 
a’zolari taftishi (reviziya) o’tkazilishi zarur bo’ladi. 
Jigar jarohatlarida operatsiyaning maqsadi: qon oqishini to’xtatish, 
jigarning jarohatlangan to’qimasiga ishlov berish va qorin bo’shlig’ini 
drenajlashdan iborat bo’ladi. Qon oqishini to’xtatish uchun gepatoduodenal 
bog’lamdan o’tadigan jigar arteriyasi, darvoza venasini barmoq bilan bosib 
turish yoki oqayotgan qonni to’xtatishni imkonini beradigan qisqichlar ishlatish 
yo’li bilan vaqtincha gemostazni ta’minlash va qulay joyda qon tomirlarini 
tikish yoki bog’lash kabi amaliyotlar qo’llanadi. Jarohatlangan jigarga xirurgik 
ishlov berish, mahalliy gemostaz uchun kichikroqlarini koagulyatsiya qilish, 
majaqlangan va xayotga layoqatsiz to’qimalarni kesib olib tashlash, atipik 
rezektsiyalar, П-simon choklar quyish yoki klipsalar yordamida qonni 
to’xtatishdan iborat. Ba’zi hollarda, jarohatlangan qismni katta charvining 
tutami bilan tompanada qilish yoki maxsus gemostatik preparatlar qo’llash yo’li 
bilan qonni to’xtatish talab etiladi (95-rasm). 


446 
95-rasm. Jigar jarohatini bartaraf etish amaliyotining bosqichlari. 
Jigar parenximasining yirik qon tomirlar va o’t yo’llarini qamrab olgan 
jarohatlanishlari, jigarni bir qismini rezektsiya qilishni talab etadi va bu holda 
jigarning sektoral va segmentar tuzilishlari hisobga olinishi lozim bo’ladi. 
Operatsiyadan keyingi davrda kechikkan qon ketishi, o’t oqmalari, o’t 
yo’llari strikturalari, darvoza venasi stenozlari, portal gipertenziya va jigar 
abstsesslari shakllanishi, koagulopatiya va sepsis kabi asoratlar yuzaga kelishi 
mumkin. Odatda, katta jarohatlarda qon ketishining asosiy sabablaridan biri 
jigar arteriyasining uzilishi yoki unda anevrizma shakllanishi, uning esa yorilib 
o’t yo’llariga tushishi (gemobiliya) paydo bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu 
asoratlarni aniqlash uchun jigar arteriyasi selektiv arteriografiyasini bajarish 
lozim bo’ladi. 
O’t oqmalari magistral o’t yo’llarida o’tkazuvchanlikning buzilishi 
(yorilishi yoki to’siq paydo bo’lishi) oqibatida va o’t qopchasi gipertenziyasida 
yuzaga kelishi mumkin. Bu hollarda oqmadan chiqayotgan o’t suyuqligini 
tashqariga faol ravishda aspiratsiya qilish orqali, qorin bo’shlig’iga o’t 
suyuqligining tarqab ketishini oldini olish va o’t oqmasini shakllantirish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 




447 
O’t chiqaruvchi yo’llar strikturasida toraygan qismlarni dilyatatsiya qilib 
kengaytirish, stentlar o’rnatish vositasida, endoskopik yoki jigar orqali 
endobiliar operatsiyalar yordamida dimlanib qolgan o’t suyuqligini tashqariga 
yo’llash orqali vaqtincha bemor ahvolini yaxshilash, keyin esa rejali amaliyot 
o’tkazib qoniqarli natijaga erishish mumkin. Rejali usulda bajariladigan bunday 
xirurgik operatsiyalarga, aylanma yo’l orqali o’t oqimini ta’minlaydigan 
biliodigestiv anastomozlar qo’yishlar kiradi.
Jigar jarohatlanishlarida o’lim darajasi yuqori (10-60%) bo’lib, jarohatga 
qo’shilib keladigan shokning og’irligiga, jarohatlanishning hajmi, tabiati va 
xususiyatiga, operatsiyadan keyingi asoratlar turiga va uning og’irligiga bog’liq 
bo’ladi. Jigarning pastki kovak venasi, darvoza venasi va jigar venalari bilan 
birgalikdagi jarohatlanishi, ayniqsa o’ta xavfli hisoblanadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish