Xirurgik kasalliklar


Korin aortasining surunkali okklyuziyalari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Korin aortasining surunkali okklyuziyalari 
Qorin aortasining surunkali stenozlari va okklyuziyalari oyoq ishemiyasi 
manzarasi bilan o’tadigan og’ir kasalliklar hisoblanadi, ularni Lerish 1940 yilda 
yaxshi tasvirlab bergan. Terminal qorin aortasining stenozlovchi zararlanishlari 
tug’ma va orttirilgan kasalliklarga bog’liq, bo’lishi mumkin. Aorta qorin 
bo’limining gipoplaziyasi va atreziyasini tug’ma kasalliklarga kiritish mumkin. 
Etiologiya va patogenez.
Qorin aortasining torayishi va to’liq obturatsiyasi 
yallig’lanishsiz o’tadigan va yallig’lanish bilan o’tadigan orttirilgan 
kasalliklardan kelib chiqishi mumkin. Yallig’lanishga aloqador bo’lmagan aorta 
kasalliklaridan aterosklerozni ko’rsatib o’tish mumkin. Aortaning intimal 
sarkoma, qorin bo’shlig’i va genitaliy o’smalaridan zararlanish imkoniyati juda 
kam bo’ladi. 
Aortaning yallig’lanish kasalliklari orasida uning stenozga uchrashiga zaxm 
arteriiti, infektsion arteriitlarning boshqa turlari, shuningdek nospetsifik aortit 
sabab bo’ladi (V.S. Smolenskiy, 1964). So’nggi yillarda qorin aortasi 
okklyuziyalarining birmuncha ko’p uchrashi isbotlab berildi. 
Tomirlarning obliteratsiyalovchi kasalliklari bo’lgan bemorlar orasida qorin 
aortasi okklyuziyalari 1-3% hollarda uchraydi. Lerish sindromi bo’lgan 
bemorlar orasida bu patologiyaning salmog’i yanada yuqori. Qorin aortasi 
okklyuzion zararlanishlarining asosiy etiologik omili ateroskleroz hisoblanib, u 
50-100% ni tashkil etadi (B.V. Petrovskiy, M.D. Knyazev va b.). 


155 
Sovet Ittifoqida aorta bifurkatsiyasi rezektsiyasi bilan birga alloprotezlash 
operatsiyasini birinchi marta 1960 yilda V.S. Savelev bajargan. 
O’zbekistonda qorin aortasi okklyuzion kasalliklari to’g’risidagi ta’limotga 
Sh.I. Karimov, U.O. Oripov, V.V. Voxidov katta xissa qo’shdilar. 
Qorin aortasi surunkali okklyuziyalarining klinik manzarasi. Qorin 
aortasining terminal bo’limidagi okklyuziyaning klinik manzarasi ko’pincha 
oyoqlardagi ishemiyalardan iborat. Biroq, okklyuziya jarayonining turli 
variantlari va darajalari, ularning qancha joyni egallagani, aorta distal yoki 
proksimal segmentlari va oyoq, buyrak va vistseral arteriyalarining shunday 
zararlanishi bilan birga uchrashi kasallikning kechishini va klinik manzarasini 
keskin o’zgartiradi hamda prognozni og’irlashtiradi. Bu diagnostikaga, taktika 
tanlashga va operatsion aralashuv hajm iga o’z ta’sirini ko’rsatadi, Lerish 
sindromi bilan qorin aortasi okklyuziyasi o’rtasida aniq chegara bo’lishi 
zarurligini talab etadi. Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib, qorin aortasi 
okklyuziyasining zararlanish darajasi va hajmiga ko’ra quyidagi variantlarini 
farq qilish maqsadga muvofik: 
1. Pastki ichak tutqich arteriyasi darajasigacha bo’lgan qorin aortasi 
okklyuziyasi, unda antegrad qon oqimi saqlanib qolgan – past okklyuziya. 
2. Yuqori ichak tutqich arteriyasi darajasigacha tromb chetki ichak tutqich 
arteriyasi darajasidan yuqoriga tarqalgan qorin aortasi okklyuziyasi – o’rta 
okklyuziya. 
3. Tromb buyrak arteriyalari og’zigacha tarqalgan aorta qorin bo’limi 
okklyuziyasi – yuqori okklyuziya. 
4. Tromb buyrak arteriyalari og’zigacha yoki undan yuqori tarqalib, 
patalogik jarayonga antegrad qon oqimi reduktsiyasi yoki u yo’qligi tufayli 
buyrak arteriyasi trombozi qo’shilib o’tadigan aorta qorin bo’limi okklyuziyasi – 
qorin aorta bo’limining yuqori okklyuziyasi vazorenal gipertenziya va surunkali 
abdominal ishemiya sindromi bilan. 
Qorin aortasining past okklyuziyasida oyoqlarda qon aylanishi 
etishmovchiligining klinik manzarasi quyidagicha xarakterlanadi: yurishda oyoq 


156 
og’rishi, 100-200 m yurilganda oqsoqlanish. Og’riq oyoqning xar qanday 
bo’limida, jumladan distal bo’limlarida bo’lishi mumkin. Biroq og’riq ko’prok 
son va dumbalarda bo’lib, yurishda va jismoniy xarakatda paydo bo’ladi. 
Qorin aortasi yuqoriga ko’tiriladigan trombozi jarayoniga pastki ichak 
tutqich arteriyasi tortilgan o’rta okklyuziyada oyoq, ishemiyasining yuqorida 
tasvirlangan ko’rinishi og’irlashadi. Bundan tashqari, o’nga chanoq, 
organlaridagi yo’g’on ichak terminal bo’limi ishemiyasining klinik manzarasi 
qo’shiladi. Bu patologiyada sonlar ichki yuzasi, chov, jinsiy organlar terisida 
uvishib qolish sezgisi ko’zatiladi. Aksariyat bemorlar bel soxasida doimo 
og’irlik yoki og’riq sezadilar, shu sababli bel-dumgaza radikulita va 
deformatsiya qiladigan spondilyozdan muvaffakiyatsiz davolanadilar. To’g’ri 
aniqlangan diagnozgina bu og’riqlarning xaqiqiy tabiatini aniqlashiga imkon 
beradi. Ishemik sindromning belgilaridan biri ichning kabziyat yoki ich ketishi 
ko’rinishida buzilishidir, og’irroq, hollarda ich kelmay va siydik ajralmay 
qoladi. Tez charchab qolish, yurish va xarakat vaqtida son va dumbalarda og’riq, 
paydo bo’lishi qorin aortasining o’rta okklyuziyasi deb shubxa qilishga imkon 
beradigan simptomdir. Yangi kollaterallar vazifasi buzilib, kasallikning yanada 
avj olishi ishemiya zonasi kengayishiga olib keladi va odatda oyoq distal 
bo’limlarining qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi. Bu kasallik klinik 
manzarasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu qorin aortasi o’rta okklyuziyasi bor bemor 
uchun xos. Ayrim xollardagina distal bo’limlarda ishemiya proksimal 
yo’nalishda ortib borishi mumkin. Vizual ko’zdan kechirishda amalda hamma 
hollarda boldir va son muskullari atrofiyasi hamda teri qoplamlarining 
rangparligi yoki marmarsimonligini payqash mumkin. Oyoq panjasidagina 
emas, balki boldir, son va dumba soxasida teri xarorati pasayishi mumkin. Qorin 
aortasi yuqori okklyuziyalarning doimiy va xarakterli belgilaridan biri bu 
patologiya uchun patognomonik bo’lgan impotentsiya hisoblanadi. Uning 
etakchi sababchisi gorsimon tanalardan antegrad qon bilan to’liqligining 
pasayishidir. Jinsiy ojizlik qorin aortasi inter- va suprarenal segmentlari 
zararlangan qorin aortasi yuqori okklyuziyasi bo’lgan
 
bemorlarning 55 foizida 


157 
aniqlanadi. Oyoqlar, shok organlari va yo’g’on ichak ishemiyasi simptomlariga 
arterial gipertenziya simptomatikasi qo’shilib keladi. Ko’pchilik hollarda ular 
buyraklar qon ta’minoti bo’lishi bilan bog’liq. Biroq qator hollarda arterial 
gipertenziya buyrak arteriyalari zararlanmay o’tadigan qorin aortasining pastki 
okklyuziyasi bo’lgan bemorlarda aniqladi. 
Ichak tutqich arteriyasidan pastdagi qorin aortasi okklyuziyasi 
bemorlarning 35 foizida, o’rta va yuqori okklyuziyalarda esa bu raqam 65 foizga 
etadi. Bu dalil shuni ko’rsatadiki, okklyuzion jarayon qorin aortasida proksimal 
tarqalganda arterial gipertenziyali bemorlar soni ko’payadi. Qorin aortasi 
okklyuziyasiga shubxa tug’diradigan simptomlardan biri oyoqning hamma 
nuqtalarida pulsatsiyaning yo’qligi hisoblanadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish