Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Diagnostika. 
Tekshirishning instrumental usullari oyoqlardagi qon oqimi 
buzilishlari xarakterini aniqlashga imkon beradi. Ultratovush bilan 
o’tkaziladigan usullar g’oyat oddiy. Chunonchi, doppler effektida ishlayotgan 
ultratovush datchigi oyoq magistral arteriyalari o’tkazuvchanligini va arterial 
bosimni aniqlashga yordam beradi. Reovazografiya, pletizmografiya, hajmli 
sfigmografiya va boshqalar oyoqlarda magistral qon oqimi pasayganini qayd 
qilish, ultratovush to’lqinining kechikishini aniqlab berishi mumkin. 
Hajmli sfigmografiya va reovazografiyani qayd qilishda distal o’zan 
funktsional holatiga baho berish uchun nitroglitserin bilan sinamaga katta 
ahamiyat beriladi. 


150 
Punktsion polyarografiya odatda to’qimalarda kislorodning anchagina 
pasayishini aniqlaydi. Biroq bu usullarning hammasi oyoqdagi qon aylanishini 
mikdoriga qaraganda ko’proq sifat holatini xarakterlaydi. Mushakdagi qon 
oqimini izotop usulida mikdoriy aniqlash – oyoqdagi qon aylanishini 
xarakterlaydi. Birok tinch turilganda mushakdagi qon oqimi ko’rsatkichi kam 
ma’lumot beradi, ishemiya darajasi xarakat vaqtida aniqlaydi. 
Radioizotop angiografiya aortani ko’ribgina qolmay, balki undagi qon 
oqimi buzilishini qayd qilishga imkon beradi, biroq qorin aortasi zararlanishi 
topik diagnostikasining asosiy usuli rentgen kontrast aortografiyasi bo’lib 
qoladi. Uni xirurgik davolash taxmin qilinganda utkazish lozim. Translyumbal 
aortografiya tanlanadigan usul hisoblanadi. Qorin aortasi zararlanishining 
angiografik manzarasi juda xilma-xil, qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh 
arteriyalarning stenotik o’zgarishlari eng ko’p uchraydi. 
Aterosklerotik jarayonlar uchun chekka to’lish nuksonlari, aorta va arteriya 
konturlarining stenoz uchastkalari bilan tekislanib qolganligi xos. Travmatik 
shikastlar uchun okklyuziyadan proksimalroqda aortaning normal ko’rinishi va 
zararlanishining segmentar xarakteri tipikdir. Postembolik okklyuziyada bu 
joydan yuqoridagi aorta devorlari tekis, ateroskleroz belgilari yo’q. Yonbosh 
arteriyasining tug’ma gipoplaziyasida uning bo’shligi bir tekis toraygan 
kontrastlanish nuqsoni yo’q. Yonbosh arteriyasining fibroz-mushak displaziyasi 
ko’p sonli torayish zonalari bilan xarakterlanadi, bunda arteriya cho’tkalar 
ko’rinishiga ega bo’ladi. 
Ishemik belgilar xarakteri jarayonga distal tomir o’zani tortilishiga bog’liq. 
Katta kollaterallar (pastki ichak tutqich, ichki yonbosh, bel, dumgaza 
arteriyalari va b.) arteriya tarmoqlari va oyoq arteriyalari o’rtasida katta 
anastomoz bog’lanishlar hosil qiladi. 
Oyog’ida og’riq borligidan shikoyat qilayotgan bemorda loaqal bitta son 
arteriyasida pulsatsiya bo’lmasa va agar qorin aortasi, yonbosh va son 
arteriyalari ustida sistolik shovqin eshitilsa, Lerish sindromiga osonlikcha 
diagnoz qo’yish mumkin. Instrumental tekshirish usullari bilan oyoqlardagi qon 


151 
aylanishi buzilishlari aniqlanadi. Agar operatsiya bilan davolash to’g’risidagi 
masala xal qilinayotgan bo’lsa, bemorni aortografiya qilish kerak. 
Differentsial diagnostika qilishda obliteratsiyalovchi endarteriit – 20-30 
yoshdagi erkaklar kasalligi to’g’risida unutmaslik kerak, bunda boldir tomirlari 
zararlanadi. Bunday bemorlarda son, ko’pincha esa taqim osti arteriyasi yaxshi 
pulsatsiya qiladi, sistolik shovqin bo’lmaydi. Endarteriitli bemorlarda 
aortografiyada odatda aorta, yonbosh va son arteriyasi o’tkazuvchanligining 
sonning uchdan bir pastki qismigacha normal bo’lishi qayd qilinadi. Arteriyalar 
konturlari tekis, silliq. Takim osti arteriyasi va boldir arteriyalari odatda 
okklyuziyalangan va boldirda shtoporsimon kollaterallarning mayda 
tarmoqdagina ko’rinib turadi. 
Aorta okklyuziyalarida dumbada sonning orqa yuzasi bo’ylab paydo 
bo’ladigan og’riq ba’zan kuymich nervi yallig’lashi diagnozi qo’yilishiga sabab 
bo’ladi. Periferik arteriyalar spazmga uchraganligi va oyoq panjasida pulsatsiya 
aniqlanmasligi, oyoqlarning esa muzdayligi bu spazmni yanada oshiradi. Biroq 
kuymich nervi yallig’lashida og’riq, jismoniy harakatga bog’liq bo’lmaydi, ular 
tinch turganda yo’qolmaydi va tunda qo’zishga moyil bo’ladi. Bunday 
bemorlarda tomir shovqini bo’lmay, balki kuymich nervi yallig’lanishining
 
butun nevrologik simptomatikasi aniqlanadi. 
Operatsiya qilib davo qilinmasa, kasallik prognozi jiddiy, chunki buzilishlar 
tobora avj olib boradi. Ko’pchilik bemorlar simptomlar paydo bo’lgandan 1-2 
yil o’tgach mexnatga layokatsiz bo’lib qoladilar. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish